4. Mavzu: Psixikaning filogenetik taraqqiyoti Glossariy Makroevolyutsion


Download 18.83 Kb.
Sana21.02.2023
Hajmi18.83 Kb.
#1216900
Bog'liq
4 psixikaning filogenetik


4. Mavzu: Psixikaning filogenetik taraqqiyoti
Glossariy
Makroevolyutsion- bu hodisalarning ulkan ko’lamlari ularni bevosita ekperimental usulda tadqiq etish imkoniyatini bermaydi; buning sababi- yangi oila va turkumlar o’n million yillar davomida paydo bo’ladi. Mikroevolyutsiya muammolarni hal qilishda paleontologiya, biogeografiya, morfofiziologiya fanlarining tasnifiy usullaridan hamda DNK strukturasining yoki gemoglabin molekulasining taqqoslash usulidan foydalaniladi. Bu xildagi tadqiqotlarning natijalarini faqat mikroevolyutsiya nuqtai nazardan qaralganda tushunish mumkin.
Filogenetik- bu guruhlar organik olam vakillarining evolyutsion jihatdan taraqqiy etgan yirik yig’indilaridir. Ularning tarixiy kelib chiqishi (filogenezi) evolyutsiyaning birlamchi filetik va divergent shakllarini ajratishga imkoniyat beradi; shu bilan birgalikda, konvergensiya va paralellik kabi filogenezning ikkilamchi formalari ham o’rganilgan.
Evolyutsiya-bu birlamchi shakllaridan biri filetik evolyutsiya hisoblanib, u faqat bir filogenetik ustun ichida (divergent shoxlanishlardan tashqari)sodir bo’luvchi o’zgarishlardan iborat. Shuning uchun ham, filetik evolyutsiyani evolyutsion jarayonning elementar shakllaridan biri debhisoblasa bo’ladi. Paleontologik jihatdan tadqiq etilgan shu xildagiustunlar tiriklikevolyutsiyasining asosan shu xilda borishini ko’rsatadi.
Filetik- bu evolyutsiya tirik shajaraning istalgan shoxi chegarasida sodir bo’ladi. Har qanday tur vaqt davomida rivojlana boradi. Bir necha ming avlodlar bilan ajratilgan tur individlari bir biriga o’xshamasin, tur shu vaqt davomida o’zgarishi kerak.
Biologic - bu evolyutsiyaning boshqa birlamchi shakli divergensiyadir. Bir ajdoddan rivojlanayotgan avlod turlarida, ajdod belgilariga nisbatan (paydo bo’layotgan yangi formalar oralig’ida ham) ilgari bo’lmagan belgilar taraqqiy eta boshlaydi, yoki belgilarning bir biriga nisbatan uzoqlashishi sodir bo’ladi.
Divergensiya- bu davomida bir ajdoddan evolyutsiyalanib boruvchi avlod turlar qanchalik o’zgargan muhit sharoitlariga tushib qolishsa, shunchalik darajada ular ajdodidan uzoqlashadi. Bir so’z bilan aytganda, divergent turlar har xil muhitlarning o’ziga xos maxsulidir.
Sinxron parallelik- bu yani bir vaqtning o’zida mavjud bo’lgan qarindosh guruxlarning o’xshash yo’nalishida mustaqil rivojlanishiga misoli qilib litopterna va juft tuyoqlilarning (Perissodactyla) filogeniyasini keltirish mumkin. Ochiq maydonlarda moslangan holda panjalarga tayanib yrish mazkur filogenetik guruxlarni yagona genetik asosda o’zgarganligidan dalolat beradi. Shunga asoslangan holda, birlamchi genetik jihatdan yaqin bo’lgan va divergentlashgan guruxlarda o’xshash fenotipik ko’rinishlarning shakllanishini parallelik deb aytish mumkin.
Monofiletik- bu va polifiletik evolyutsiya. Organizmlar guruhi yagona ajdoddan paydo bo’lganligi haqidagi monofiletik prinsip hozirgi zamon filogenetik sistemaning asosini tashkil etadi. Monofiletik evolyutsiyani talqin qilishda keyingi vaqtda ba’zi bir muhim o’zgarishlar ro’y bermoqda. Darvin o’z davrida yangi turlar bir individdan emas, ko’p individdan ham paydo bo’lishi mumkin, deb hisoblagan edi. 
Download 18.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling