Erkaklar kiyimlarning bichilgan bo’laklariga ishlov berish, kiydirib ko’rishga tayyorlash. Mundarija: kirish
Download 1.84 Mb.
|
ERKAKLAR KIYIMLARNING BICHILGAN BO’LAKLARIGA ISHLOV BERISH, KIYDIRIB KO’RISHGA TAYYORLASH.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shim asosiy bo’laklariga NII berish
Vitochkalarga ishlov ber
Shimning ort bo’lagida uloq bo’lib, uni asosiy bo’lakka ulashdan oldin qirqimlarni maxsus mashinada yo’rmab chiqiladi. Uloqlarni ulashda shim bo’laklarining o’ngi tomonlarini ichkariga qaratib qo’yiladi. Qirqimlari tekislanadi va 10 mm kenglikda chok solib, ulab tikiladi. Vitochkalarning kengligi, qanday joylashishi soni shimning gavdaga qanchalik yopishib turishiga va gavdaning to’laligiga bog’liq. Shim old bo’laklarida qirqma vitochkalar yoki dazmollanmaydigan taxlama-vitochkalar qilinadi. Shim old bo’lagini vitochkaning belgilangan o’rta chizig’i bo’ylab bukib, yuqori qirqimidagi nazorat belgilari to’g’ri keltiriladi. Vitochkaning yon tomoni, bo’yi yuqori qirqimidan boshlab chokni tobora yo’q qila borib, biriktirib tikiladi, baxyaqatorning boshlanishi va oxiri puxtalab qo’yildi. Taxlama-vitochkani yuqori-qirqimdan boshlab pastga tomon belgilangan chiziq bo’ylab 40-50 mm biriktirib tikib, boshlanishi va oxiri puxtalab qo’yiladi. Pastki puxta o’rniga bukilgan joyga nisbatan to’g’ri burchak hosil qilgan baxyaqator yuritib qo’ysa ham bo’ladi. Shim ort bo’laklarida yuqori qirqimdan boshlab bittadan yoki ikkitadan vitochka qilinadi ular qirqma yoki noqirqma bo’lishi mumkin. Noqirqma vitochkalar, old bo’laklardagi singari, bo’rlangan chiziqlar bo’ylab tikiladi. Qirqma vitochkalarni tikishda bo’lakning o’ngi tomoni ichkariga qaratib qo’yiladi, vitochka qirqimlari tekislanadi va ularni 7-8 mm kenglikdagi chok kenglikda tabora yo’qota borib biriktirib tikiladi va baxyaqator vitochka qirqimidan 10-15 mm pastroqda puxtalanadi. Vitochka qirqimlari maxsus mashinada yo’rmalanadi. Shu bilan bir vaqtda yon, odim va o’rta qirqimlar ham yo’rmalanadi. Ort bo’laklarga uloqlar tikilib vitochkalarga ishlov berilgandan keyin namlab- isitib ishlov berishga kirishiladi. Shim asosiy bo’laklariga NII berish Namlab isitib ishlov berish shim tikishdagi ma’suliyatli operatsiya hisoblanadi. Tayyor holdagi shimning tashqi ko’rinishi va shakli shunga bog’liq. Tarkibida sun’iy tolalar ko’p bo’lgan gazlamalardan shim tikilganda namlab-isitib ishlov berish nihoyatda murakkab bo’ladi. Shuning uchun bunday holda shimning shakli konstruktsiya yordamida hosil qilinadi. Namlab isitib ishlov berish uloqlarni va vitochkalarni yorib dazmollashdan boshlanadi. Shimni ort bo’laklariga chap va o’ng bo’laklarini, o’ngini ichkariga qaratib qo’yib, maxsus yostiqlari bor presslarda shakl beriladi. Pressda shakl berishning mohiyati yostiqlarning qabariq-botiq shaklda ekani oqibatida kerakli joylarda qirqimlarni chizishdan iborat bo’ladi. Shim bo’laklariga namlab isitib ishlov berishda, uning kanstruktsiyasiga, materialning tolasiga bog’liq bûladi, bu ishni bichiqchi belgilaydi. Buyurtmachi gavdasiga mos shakl berish uchun old va ort bûlaklariga namlab isitib ishlov beriladi. Namlab isitib ishlov berish mumkin bûlgan materilalardan tikiladigan klassik bichimli shimlarga quyidagi tartibda ishlov beriladi: shim old bûlagiga namlab isitib ishlov berish; shim ort bûlagiga namlab isitib ishlov berish; shim astariga namlab isitib ishlov berish. Download 1.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling