| - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4059 sonli «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to’g’risida»gi
- Farmoni
| - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4436 sonli ««Angren» maxsus industrial zonasini barpo etish to’g’risida»gi Farmoni
|
- Investitsiya miqdoriga qarab imtiyozlar-
- ning amal qilish muddati
| - 3 mln.dan 10 mln. evrogacha – 7 yil;
- 10 mln. dan 30 mln.evrogacha – 10 yil, keyingi 5 yil davomida foyda solig’i va yagona soliq to’lovi hajmi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi;
- 30 mln. evrodan ortiq bo’lganda – 15 yil, keyingi 10 yil davomida foyda solig’i va yagona soliq to’lovi amaldagi stavkadan 50 foiz miqdorida belgilanadi
| - – 300 ming dan 3 mln. AQSh dollarigacha – 3 yil;
- – 3 mln.dan 10 mln. AQSh dollarigacha – 5 yil;
- – 10 mln. AQSh dollaridan ortiq bo’lganda – 7 yil.
|
- Soliq va majburiy to’lov imtiyozlari
| - «Navoiy» EIIZda ro’yxatdan o’tgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yagona soliq to’lovi, foyda, er, mol-mulk hamda obodonchilik va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlari va majburiy to’lovlardan (Pensiya jamg’armasiga majburiy ajratmadan tashqari) ozod etiladi.
| - «Angren» MIZ qatnashchilari foyda, mol-mulk, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovi va Respublika yo’l jamg’armasiga ajratmalar to’lashdan ozod etiladi.
|
| - EIIZda faoliyat ko’rsatadigan butun muddatga eksportga yo’naltirilgan mahsulot ishlab chiqarish maqsadida olib kelinayotgan asbob-uskunalar, xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar bojxona to’lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig’imlardan tashqari) ozod qilinadi.
| - «Angren» MIZ hududiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro’yxatlar bo’yicha olib kiriladigan uskunalar, butlovchi buyumlar va materiallar boj to’lovlari (bojxona yig’imlaridan tashqari) to’lashdan ozod qilinadi.
|