Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari
Download 42.52 Kb.
|
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI FANNING MAQSADI VA VAZIFALARIOʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng geologiya-qidiruv 6 ishlarini oqilona va tejamkorlik bilan olib borish maqsadida mazkur ishlarni bosqichma-bosqich bajarishning quyidagi ketma-ketligi qabul qilingan: 1) regional geologik tadqiqotlar; 2) 1:50000 (yoki 1:25000) masshtabdagi davlat geologik xaritalash ishlari; 3) qidirish ishlari; 4) baholash ishlari; 5) razvedka qilish ishlari; 6) qoʻshimcha razvedka qilish ishlari; 7) ekspluatatsion razvedka qilish ishlari.Fanni oʻqitishdan maqsad konlarni qidirish va razvedka qilishning nazariy asoslarini va usullarini, foydali qazilma konlarining sanoat va genetik turlarini, geologiya qidiruv ishlari bosqichlarini, qidirish belgilari va mezonlarini, foydali qazilmalarni namunalash, foydali qazilma konlarini qidirish hamda razvedkasida texnik vositalarni qoʻllash va foydali qazilma konlari zaxiralarini hisoblashning turli usullarini oʻrganishdir.«Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish asoslari» oʻquv fanining vazifasi shundan iboratki, fanni oʻzlashtirish jarayonida oʻzlashtiriladigan masalalar doirasida bakalavr: − foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning nazariy asoslari; − geologik va geologik-iqtisodiy kategoriyalarning farqi; − foydali qazilma konlarini qidirishning iqtisodiy va matematik nazariy asoslari haqida tasavvurga ega boʻlishi; − foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning obyektlarini; −foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishning geologik asoslarini; − FQKlarini qidirishning stratigrafik, litologik, magmatik, strukturaviy, mineralogik, geokimyoviy va boshqa mezonlarini;− FQKlarini qidirishning bevosita va bilvosita belgilarini; − qidirish usullarini va ularni qoʻllash sharoitlarini; − qidirish va razvedka qilishning texnik vositalarini; − razvedka vazifalari va tizimlarini; − geologiya-qidiruv ishlarida namunalash maqsadlari va usullarini; − namunalarga ishlov berish qoidalarini; − zaxira hisoblash usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi; − oʻquv-geologik xaritalari boʻyicha qidirish mezonlari va qidirish belgilarini aniqlash; − turli geologik vaziyatlar uchun namunalash usullarini tanlash − zaxira hisoblash usullarini qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlishi lozim. Download 42.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling