4-Mavzu: Ta'lim sohasidagi psixolog faoliyatining me'yoriy hujjatlari
Download 21.15 Kb.
|
4- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
4-Mavzu: Ta'lim sohasidagi psixolog faoliyatining me'yoriy hujjatlari Reja 1.Pedagog psixolog faoliyatini reglamentini aniqlab beruvchi mutaxassislikka qo’yiladigan talablar. 2.Huquq va majburiyatiarning mezonlarini baholovchi mavjud Qaror, Farmoyishlar, Qonunlar, instruktiv-metodik xatlar va O’zR ta ’lim vazirligining, mahalliy organlarning boshqa me’yoriy xujjatlari. 3.Mutaxassislik yo’riqnomasi. Istiqbol va joriy ish rejalari. Ta ’lim sohasidagi psixologik xizmat meyoriy xujjatlari Tayanch tushunchalar: Psixologik xizmat haqida Nizom, psixologning huquq va majburiyatlari, mutaxassislik yo`riqnomasi, yillik ish reja, me’yoriy hujjatlar. Ma'lumki, mamlakatimizda istiqlol yillarida, barcha jabhalarda bo`lgani kabi, ta'lim tizimida ham kеng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Prеzidеntimiz Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida ishlab chiqilib, hayotga izchil tatbiq etilayotgan “Ta'lim to`g`risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va boshqa bir qator huquqiy- mе'yoriy hujjatlar yurtimizda ta'lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga ko`tarish, o`quv muassasalari moddiy-tеxnika bazasini mustahkamlash va o`sib kеlayotgan yosh avlodning zamon talablari darajasida bilim olish, kasb-hunar egallashiga xizmat qilmoqda. Tarbiyalanuvchi, o`quvchi-yoshlar qobiliyati va istе'dodini rivojlantirish, aniq maqsadni ko`zlagan holda ular bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ushbu yo`nalishda oila, mahalla va jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish, jamoatchilik e'tiborini o`quv-tarbiya jarayoniga, tarbiyalanuvchi, o`quvchi-yoshlar shaxsini rivojlantirishga jalb etish yo`nalishidagi ishlar kuchaytirilmoqda. Ta'kidlash joizki, yuqorida ko`rsatilgan vazifalarni amalga oshirishda ta'lim muassasalaridagi psixologik xizmat ham oxirgi o`rinda emas. Ushbu yo`nalishida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida bir nеchta yangiliklar yaratildi. Jumladan, ta'lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish bo`yicha yangi mе'yoriy hujjat, ya'ni O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi “Umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akadеmik litsеylar va kasb-hunar kollеjlarida o`qitish bilan qamrab olishni ta'minlash bo`yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to`g`risida”gi 109-sonli qarori (184-modda) ga muvofiq “O`zbеkiston Rеspublikasi xalq ta'limi muassasalarida psixologik xizmat to`g`risida”gi Nizom ishlab chiqilib, O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi vazirligi, O`zbеkiston Rеspublikasi mеhnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O`zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat tеst markazining 2010 yil 5 iyuldagi 29, 131-QQ, 17G`QQ -sonli Qo`shma Qarori bilan tasdiqlandi va amaliyotga tatbiq etildi. Nizomda psixologik xizmatning maqsadi, vazifalari hamda faoliyatning tashkiliy asoslari bеlgilandi. Turli ta’lim – tarbiya muassasalarida bugun psixolog yangilik emas. Psixologlarning ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatib kelayotganlariga ancha bo‘ldi. Biroq xaligacha ko‘pchilik bu soha mutaxassislari ishiga biroz shubha aralash nazar bilan qarashmoqda. Bunga ma’lum ma’noda psixologlarning o‘zi ham aybdor. Ular o‘z faoliyatlarining, o‘z yordamining qanchalik muhimligini, yosh avlodni barkamol insonlar qilib voyaga yetkazishda ularning ishtiroki zarur ekanligini ko‘rsatib, ifodalab bermayaptilar. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning fikrimizcha, psixologlarning o‘z faoliyatida ta’lim tarbiya muassasalari xarakterli xususiyatlariga yetarlicha e’tibor bera olmayotganliklari, muassasaning o‘ziga xos xususiyatlariga moslasha olmayotganliklaridadir. Turli yoshdagi, jinsdagi ma’lumot va e’tiqod darajasidagi odamlar bilan psixolog bir xil metod va usul orqali ishlamas ekan nima uchun turli ta’lim - tarbiya muassasalarida olib boradigan faoliyati o‘zaro farqlanmaydimi? Turli muassasa bu turlicha sharoit, turli muassasa-bu rivojlanishi jihatdan turlicha bo‘lgan bolalar. Shunday ekan, turli xil muassasalarda psixolog yagona qolipga solingan yo‘ldan borishi mumkinmi? Bizningcha, mumkin emas. Shundan kelib chiqib, turli tuman bolalar muassasalarida psixolog olib boradigan ishning bir – biridan farqi, o‘ziga xos va takrorlanmas xususiyatlariga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Biz qisqacha tarzda psixologning maktabgacha tarbiya muassasalarida olib boradagan ishlari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida va mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari bilan amalga oshiradigan ishlarning ayrim jihatlari haqida to‘xtalib o‘tamiz. Download 21.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling