Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


Download 42.52 Kb.
bet7/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

16. BASHORATLASH XARITALARIBashoratlash xaritalari. Qidirish mezonlari va belgilari asosida bashorat qilingan ma’danlar koʻrsatilagan xaritalar bashoratlash xaritalari deyiladi. Ma’lumki, har qanday geologik xarita ma’lum miqdorda bashoratlovni oʻz ichiga oladi. Bashoratlash xaritalari oddiy geologik xaritalardan shunisi bilan farq qiladiki, bunday xaritalarda hududning geologik tuzilishini ifodalovchi axborotlardan tashqari, hali aniqlanmagan yoki faqat qismangina kuzatilgan foydali qazilma obyektlari 137 (minerallashgan nuqtalar, ma’dan tanalari, ma’danli zonalar, ma’dan namoyonlari yoki foydali qazilma konlari) bashoratlangan koʻrinishda maxsus shartli belgilar yordamida ifodalangan boʻladiBashoratlash xaritalari koʻpincha qidirish ishlarini bajarish uchun loyiha tuzish jarayonida, shu hududda ilgari bajarilgan barcha ishlarni koʻrib va tahlil qilib chiqish asosida tuziladi. Bu xaritada qidirish ishlarining maqsadini ifodalovchi “ishchi gipoteza”ning nimalarga asoslanganligi koʻrinib turadi va xarita qidirilishi rejalashtirilgan bashoratlangan obyektlarning grafik ifodasi boʻlib xizmat qiladi. Bunday xaritalar geologiya-qidiruv ishlarining har bir bosqichi oxirida, toʻplangan materiallar asosida tuzilishi ham mumkin. Bundan tashqari, maxsus tematik (ilmiy tadqiqot) ishlari natijalari asosida ham deyarli har doim hududlarning bashoratli xaritalari tuziladi.
17. QIDIRISH USULLARIQidirish usullarining asosiy tasnifi. Qoʻllaniladigan usullarning xarakteriga qarab geologiya-qidiruv amaliyotida qidirish usullari 4 turga boʻlinadi: geologik xaritalash; mineralogik; geokimyoviy; geofizik usullar. Qidirishning bosh maqsadi – FQKni qidirib topish. Qidirishning bosh maqsadini muvaffaqiyatli, planli, va ilmiy asoslangan holda bajarish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish zarur: 1) FQKlari joylanishini belgilovchi qonuniyatlar (faktorlar – mezonlar)ni bilish va ularni tahlil qilib chiqish; 2) turli sharoitlardagi konlarning qidirish belgilarini oʻrganish; 3) samarali qidirish usullarining kompleksini ishlab chiqish va ularni tabiiy sharoit va qidirish belgilariga qarab ishlatish sharoitlarini aniqlab olish; 4) qidirish ishlarining natijalari boʻyicha konning sanoat uchun ahamiyatiga baho berish va sanoat uchun yaroqsiz obyektlarni oʻz vaqtida «brakovka» qilish.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling