Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari
TEKTONIK STRUKTURAVIY MEZON
Download 42.52 Kb.
|
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14. BEVOSITA BELGILAR
- 15. BILVOSITA BELGILAR
12. TEKTONIK STRUKTURAVIY MEZONTektonik-strukturaviy mezonlar foydali qazilmalarning turli tektonik harakatlar va ular natijasida paydo boʻlgan plikativ va dizyunktiv strukturalar bilan bogʻliqligini ifodalovchi ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. Yer qobigʻidagi strukturalar turli masshtablarga (oʻlchamlarga) egadir. Bularning eng asosiy(yirik)lari – burmalangan zonalar (geosinklinallar), platformalar va alohida aktivlashgan zonalar. Yer qobigʻining ana shu asosiy strukturaviy elementlari bir-biridan prinsipial jihatdan turlicha boʻlgan geologik rivojlanish tarixiga egadir. Natijada ularda joylashgan foydali qazilma konlari turlichadir.Qalqonlarda slyuda, nodir va radioaktiv elementlar, apatit konlari uchraydi; platformalarda fosforit, neft, gaz, koʻmir konlari; geosinklinal zonalarda esa asosan metalli foydali qazilmalar tarqalgan. Shunday qilib, birinchi guruh strukturalarini oʻrganishning maqsadi ma’dan maydonlarining joylashish qonuniyatlarini aniqlashdir
14. BEVOSITA BELGILARYer qobigʻining biron bir nuqtasida foydali qazilma borligidan yoki bor boʻlishi mumkinligidan darak beruvchi dalillar - qidirish belgilari deyiladiYer qobigʻining biron bir nuqtasida foydali qazilma borligidan yoki bor boʻlishi mumkinligidan toʻgʻridan-toʻgʻri darak beruvchi dalillar – bevosita qidirish belgilari deyiladi.Bevosita qidirish belgilari quyidagicha tasniflanadi: 1. FQ larning yer yuzasiga chiqishi (ma’danli jinslarning tabiiy va sun’iy ochilmalari); 2. FQ larning oreollari va tarqalish oqimlari; 3. FQ larning alohida fizik xususiyatlari; 4. tarixiy ma’lumotlar 15. BILVOSITA BELGILARYer qobigʻining biron bir nuqtasida foydali qazilma borligidan yoki bor boʻlishi mumkinligidan biron-bir vosita orqali darak beruvchi dalillar – bilvosita qidirish belgilari deyiladi.Bilvosita qidirish belgilari quyidagicha tasniflanadi: 1.ma’danoldi oʻzgarishlari; 2. tomirsimon minerallarning mavjudligi; 3. FQ va qamrovchi jinslarning fizik xususiyatlaridagi farqlanish (geofizik anomaliyalar); 4.relyefning oʻziga xos xususiyatlari; 5. gidrogeologik belgilar; 118 6. botanik belgilar; 7. va boshqalar.Endogen konlardagi yondosh jinslarning ma’dan oldi oʻzgarishlari skarnlanish, greyzenlanish, kvarslanish, kaolinlanish, dolomitlanish, seritsitlanish va boshqalardan iborat. Skarn va skarnli jinslar kuchsiz nordon va oʻrtacha tarkibli magmatik intruziyalarning karbonatli choʻkindi yoki vulkanogenchoʻkindi jinslar bilan kimyoviy reaksiyasi natijasida vujudga keladi.Tomirsimon agregatlar hosil boʻlish usuliga qarab, ikki xil boʻlishi mumkin: 1)ochilgan darzlik boʻshligʻini toʻldirish usuli bilan hosil boʻlgan tomirsimon agregatlar; 2)darzlik atrofidagi jinslarning mineral hosil qiluvchi eritmalar ta’sirida qayta kristallanishi usuli bilan hosil boʻlgan tomirsimon agregatlar. Download 42.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling