Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


Download 42.52 Kb.
bet9/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

19. MINERALOGIK USULMineralogik qidirish usullari gipergenez maydonida rivojlangan mexanik oreol sochilma konlarini aniqlash va oʻrganishga asoslangan. Bu usul insonlar tomonidan qadim zamonlardan foydalaniladi. Mexanik oreollarning xarakteriga qarab mineralogik usullar daryo vodiysida jinslarning chaqiq boʻlaklari boʻyicha; muzlik yotqiziqlari boʻyicha; shlixlash usullariga ajratiladi. Mineralogik usullar klassifikatsiyasi: – daryo vodiysida jinslarning chaqiq boʻlaklari boʻyicha; – muzlik yotqiziqlari boha; – shlixlash usuli.a) daryo vodiysida jinslarning chaqiq boʻlaklari boʻyicha qidirish usuli Bu usul foydali qazilma boʻlaklarini yoki shagʻal toshlarini, oʻzgargan togʻ jinslarini daryo tarmoqlari boʻyicha topish va kuzatishga asoslangan. Kuzatish asosan daryo oqimiga qarama-qarshi tomonga qarab olib boriladi. Kon yoki tub ma’dan ochilmasiga yaqinlashgan sari boʻlaklar soni koʻpayib boradi va ularning yumaloqlanish darajasi kamayadi. Allyuviy yotqiziqlarida foydali qazilma shagʻal toshlarining yoʻqolishi bilan qidirish ishlari vodiyning qirgʻogʻi boʻyicha yuqoriga qarab olib boriladi. Olingan ma’lumotlar orqali boʻlaklarning yelpigʻich sxemasi tuziladi, keyin boʻlaklarning tub manbasi togʻ qazilmalar orqali oʻrganiladi. Daryo boʻyicha ma’dan shagʻal toshlarini kuzatish bilan bir qatorda togʻ etaklari va yon bagʻrida toʻplangan ma’danli jinslarning boʻlaklarini diqqat bilan oʻrganish talab qilinadi. b) muzlik yotqiziqlari boʻyicha qidirish usuli Bu usul qalinligi 15-20m boʻlgan muz yotqiziqlari (muzlik morenasi) bilan qoplangan shimoliy rayonlardagi (Kola yarim oroli, Kareliya, Shimoliy Ural) foydali qazilmalarni qidirishda foydalaniladi. Morenalarda togʻ jinsi boʻlaklari va xarsangtoshlar bilan bir qatorda foydali qazilma xarsangtoshlari yoki yondosh togʻ jins boʻlaklari ham uchrashi mumkin. Ma’danli xarsangtoshlarining oreol sochilmasi katta maydonlarga tarqalgan boʻlishi mumkin. Ma’lumki, ma’danli harsangtosh tub konlardan 120 km masofaga olib keltirishi mumkin (Shvetsiya). 139 Qidirishning asosiy d) Shlixlash usuli Shlixlash usuli togʻ etaklarida, soylarda, suvaygʻichlarda tarqalgan allyuvial, delyuvial va elyuvial yotqiziqlaridan namunalar olishga va ularni laboratoriya yoʻli bilan tahlil qilishga asoslangan. Ma’danli maydonlarda tarqalgan chaqiq yotqiziqlarni shlixlash ikki muammoni hal qiladi. Birinchidan, litogeokimyoviy namunalash yoʻli bilan ma’dan minerallarining mexanik yoyilish oreollarini aniqlaydi. Ikkinchidan, chaqiq yotqiziqlardagi sanoatga yaroqli sochilma foydali qazilmalarini topishda vosita sifatida foydalaniladi.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling