Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


QIDIRISHNING GEOFIZIK USULLARI


Download 42.52 Kb.
bet11/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

22. QIDIRISHNING GEOFIZIK USULLARIFoydali qazilmalarni qidirishning geofizika usullari foydali qazilma va yondosh togʻ jinslarining fizik xossa hamda xususiyatlarining har xil boʻlishiga asoslangan.a) Magnitometriya usuli ; Bu usul magnitometrlar yordamida magnit maydonlarini oʻlchashga asoslangan. Bu usul oʻz tarkibida magnetit, titano-magnetit, gematit va pirrotin boʻlgan magnitlashgan togʻ jinslarini qidirishda yaxshi natija beradi. Magnitometriya usuli bilan yaxshi aniqlanadigan uzilma zonalarida, intruziv jins yonlarida joylashgan magnitlashgan temir ma’danlarini, rangli va nodir metallarni qidirishda aeromagnitometriya usulidan foydalaniladi b) Radiometriya usuli Bu usul tabiiy yotqiziqlarning radioaktivligini aniqlashga asoslangan. Gamma-nurlanishning aktivligini gamma usuli bilan aniqlanadi. Bu usullar yer usti marshrut qidirishida va aerotasvirlashda foydalaniladi. Har xil gamma usullarning xususiyatlariga qarab burgʻilash quduqlarida olib boriladigan karataj ishlarining radiometriya sistemasi ishlab chiqilgan. d) Gravimetriya usuli Bu usul ma’danlar va ularni qamrovchi togʻ jinslarining mineral tarkibiga va gʻovakligiga bogʻliq boʻlgan, har xil zichlikdagi togʻ jinslari anomaliyasining yer yuzidagi tortilish kuchi maydonlarini oʻrganishga asoslangan. Boʻshoq jinslarning (qum, tuproq) va toshkoʻmirning zichligi 2g/sm3 atrofida; kvars, dala shpatlari, slyudalar va boksitning zichligi 2,5-3g/sm3 atrofida; temir va marganes karbonati, flyuoritning zichligi 3-4g/sm3 ga yaqin. Tarkibida yuqoridagi keltirilgan minerallar ishtirok etgan togʻ jinslari mos ravishda turlicha zichlikka ega boʻladilar. Zichlik gravimetriya yoʻli bilan aniqlanadi. Bu usul orqali neft va gaz toʻplanadigan strukturalarni aniqlash mumkin. Shuningdek bu usuldan temir va xromit konlarini, mis-nikel ma’danlarini, tuz va koʻmir konlarini qidirishda ham keng foydalaniladi. e) Elektrometriya usuli Bu usul yordamida togʻ jinsi va ma’danlarining har xil elektr xususiyatlari oʻrganiladi. Izlanish jarayonida massa qarshiligi, oʻtqazuvchanligi, elektr maydonlarining kattaligi oʻlchanadi. Bu usul sulfidli polimetall va kolchedan konlarini qidirish va razvedka qilishda, pegmatitlarni, kvars tomirlari, daykalarni qidirishda, xaritalash jarayonida magmatik jinslar, boʻshoq yotqiziq va suvli gorizontlarning qalinligini aniqlashda qoʻllaniladi. f) Seysmometriya usuli 151 Bu usul burgʻilash quduqlarida maxsus portlatish yoʻli bilan hosil qilingan koʻndalang va boʻylama toʻlqinlarning yer poʻstidagi tarqalishi tezligini oʻrganishga va bu toʻlqinlarni qaytaruvchi tekisliklarni aniqlashga asoslangan. Bu qaytaruvchi tekisliklar turli fizik xususiyatlarga ega boʻlgan togʻ jinslaridir. Togʻ jinslaridagi toʻlqinlarning tarqalishi tezligi togʻ jinsining fizik xossalariga, yotish chuqurligiga bogʻliq. Masalan, magma jinslarda toʻlqinning tarqalish tezligi koʻproq, karbonat va qumtosh-gilli jinslarda kamroq, boʻshoq jinslarda esa juda kam boʻladi. Seysmik toʻlqinlar jinslarning toʻlqin tarqatish tezligi farqlanuvchi chegaralaridan yaxshiroq qaytadi va bu chegaralar seysmogrammalarda yaxshi koʻrinadi. Seysmik tebranishlar seysmik stansiyalar yordamida aniqlanadi. Natijada chuqurlikdagi burmalangan va uzilgan strukturalar aniqlanadi.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling