Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


QIDIRISH VA RAZVEDKA QILISH OBEKTLARI


Download 42.52 Kb.
bet2/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

2.QIDIRISH VA RAZVEDKA QILISH OBEKTLARIQidirish va bashoratlash obyektlari. Geologiya qidiruv ishlari turli masshtabdagi obyektlarda olib boriladi. Bu obyektlarning barchasida ma’lum miqdordagi va muayyan sifatli foydali qazilma borligi asosiy belgidir. Bunday obyektlarga: foydali qazilma, minerallashgan nuqta, ma’dan namoyoni, foydali qazilma koni, ma’danli maydon, ma’danli provinsiya va boshqalar kiradi. Foydali qazilma – hozirgi paytdagi iqtisodiy, texnik va texnologik nuqtayi nazardan xalq xoʻjaligining biron sohasida ishlatishga arziydigan mineral modda. Minerallashgan nuqta – oʻlchamlari va sifati jihatdan sanoat talabiga javob bermaydigan foydali qazilmaning tabiiy toʻplami. Ma’dan namoyoni – faqat sifat jihatdan sanoat talablariga javob beradigan foydali qazilmaning tabiiy toʻplami. Foydali qazilma koni – foydali qazilmaning son va sifat jihatdan sanoat talablariga javob beradigan foydali qazilmaning tabiiy toʻplami. Ma’danli maydon – bir yoki bir nechta foydali qazilma koni yoki ma’dan namoyoni joylashgan hudud. Ma’danli provinsiya – bir qancha ma’danli maydonlarni oʻz ichiga oladigan hudud.
3.FANNING BOSHQA FANLAR BN ALOQASI. Bu fan boshqa geologik fanlar orasida eng oxirida oʻqitiladigan fan boʻlib, barcha geologik fanlarning bilimiga tayanishi zarur. Boʻlajak geolog mutaxassis sifatida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishi uchun barcha geologik fanlarni (umumiy geologiya, stratigrafiya, strukturalar geologiyasi, mineralogiya, petrografiya, gidrogeologiya, burgʻilash, kon-qidiruv lahimlarini oʻtish, foydali qazilmalar geologiyasi va h.k.) mustahkam egallagan boʻlishi kerak. Umumta’lim fanlaridan esa matematika va iqtisodiyot alohida ahamiyatga ega.
4.QIDIRISH VA RAZVEDKA QILISHNING NAZARIY ASOSLARINazariya faqat shunda nazariya deyilishi mumkinki, agar u hodisa va jarayonlarni, ularning xususiyatlarini bashorat qila olsa. Har qanday umumlashtirish va xulosa chiqarish oʻz ichiga bashoratlashni oladi. Qidirish va razvedka qilishning bosh obyekti – «boʻsh jinslar» bilan oʻralgan foydali qazilma (yoki ma’dan). «Foydali qazilma koni» obyekt sifatida iqtisodiy samara bilan foydalanish uchun qidirish va razvedka jarayonida ajratiladi. Boʻsh jins va foydali qazilma (yoki ma’dan) bir-birlaridan oʻzlarining iqtisodiy yoki geologik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan farqlanadilar. Shuning uchun qidirish va razvedkaning nazariy asoslaridan birini minenral xomashyo iqtisodiyoti tashkil etadi. Foydali qazilma (ma’dan) va foydali qazilma koni oʻz mohiyatiga koʻra geologik jismlardir. Ularning paydo boʻlishi va joylashishi geologik qonuniyatlarga boʻysunadi. Shuning uchun ularni bilish va ulardan qidirish va razvedka jarayonida foydalanish «FQKlarini qidirish va razvedka qilish»ning geologik asosini tashkil etadi. Geologik jarayonlar juda koʻp holatlar, sharoitlar, vaziyatlar va sabablarga bogʻliq boʻlgan koʻp faktorli jarayonlardir. Geologik qonuniyatlar ehtimollik xarakteriga egadir. Bu qonuniyatlarni aniqlash geologik va geofizik uslublardan tashqari matematik asoslanishni ham talab etadi. Shuning uchun geologik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni hisoblashda, ayniqsa ularning oʻrtacha miqdorlarini hisoblashda matematikaning «ehtimollar nazariyasi» qoidalarini qoʻllash talab etiladi. Shunday qilib, qidirish va razvedka qilish obyektining mohiyati uchta fan (geologiya, iqtisodiyot, matematika) uslublari yordamida ochib berilishi va tavsiflanishi mumkin.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling