Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


NAMUNALASHNING HAJMIY USULLARIGA QAYSILAR KIRADI?


Download 42.52 Kb.
bet19/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

36. NAMUNALASHNING HAJMIY USULLARIGA QAYSILAR KIRADI?Hajmiy usullarga sidirib olish va butunlay toʻliq olish usullari kiradi.37. SIDIRIB OLISH USULISidirib olish usuli. Bu usulda togʻ lahimlari yoki tabiiy ochilmalar yuzasida ochilgan foydali qazilma tanasidan bir xil qalinlikda qatlam sidirib olinadi. Sidirib olingan namuna uzunligi 1-2 m, qalinligi 5-10 sm boʻladi. Bunday namunaning ogʻirligi ma’dan tanasining qalinligiga bogʻliq. Bunday namuna olishda asosiy e’tibor sidirib olinadigan qatlamning qalinligi hamma yerda bir xil boʻlishiga qaratilishi kerak.Katta qalinlikka ega boʻlgan ma’danlardan sidirib namuna olishga va bunday namunalarga ishlov berishga koʻp vaqt va mehnat sarf boʻladi. Shuning uchun bu usulning qoʻllanilishi cheklangandir. Sidirib olish usulini, boshqa usullar yetarli darajada ishonchli ma’lumotlar bermaydigan quyidagi holatlarda: 1) kichik qalinlikdagi tomirsimon ma’dan tanalarini razvedka qilishda, agar foydali komponent notekis va oʻta notekis taqsimlangan boʻlsa; 2) yer osti lahimlarida mayda tomirsimon ma’danlarni namunalashda; 3) yirik oltin zarralari boʻlgan oltin konlarini namunalashda qoʻllash mumkin.
38. NAMUNALSHNING TO’LIQ HAJMLI USULIToʻliq hajmli usul. Bu usulda namunaga togʻ lahimlarini qazish vaqtida hosil boʻlgan jinslarning hammasi olinadi. Koʻpincha bunday namunalar yer osti kon lahimlarini qazishda bir yoki bir necha oʻtish sikllaridan chiqqan ma’dan mahsulotlaridan iborat boʻladi. Bu usul ma’danlar tarkibida foydali komponentlar oʻta notekis tarqalgan joylarda, konlar mayda ma’dan tanalaridan tuzilgan boʻlsa, brekchiyasimon va konglomerat teksturali ma’danlarda, namunani tekshirish turiga qarab (masalan slyudalar) turli maxsus sharoitlarda qoʻllaniladi. Bunday namunalarning miqdori 1-1,5 t. dan 2-3 t. gacha yetadi. Bunday usul texnologik tekshirishlar uchun eng muhim b 174 ahamiyatga ega. Chunki bunday tekshirishlar uchun koʻp miqdordagi ma’dan namunasi talab etiladi. Bundan tashqari ma’danlarning ba’zi fizik, mexanik va kimyoviy xususiyatlarini (hajmiy ogʻirlik, gʻovaklik, boʻlaklanganlik, maydalanish koeffisiyenti va hokazolar) tekshirishda faqat shu usuldan foydalaniladi. Texnologik tekshirishlar uchun olingan toʻliq hajmli namunalar ma’danlarning turli navlari fazoda qanday tarqalganligini, ularning zaxiralarini hisobga olgan holda olinadi.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling