Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


-34. NAMUNALSHNING KERN USULI


Download 42.52 Kb.
bet18/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

33-34. NAMUNALSHNING KERN USULIKern va shlam usullari. Burgʻilash quduqlarini namunalash. Burgʻilash quduqlarini namunalashda namuna sifatida kern (agar uning chiqishi yetarli boʻlsa), kern bilan shlam (agar kern chiqishi yetarli boʻlmasa), yoki faqat shlam (agar kern butunlay chiqmasa) olinadi. Namuna uzunligi 1m. dan 2-3 m gacha, ba’zi hollarda 5 m gacha olinadi. Ma’dan tanasining ustidan va ostidan 0,25-0,50 m. gacha namunalar olinadi. Ma’dan tanasining chegaralari aniq koʻrinmaydigan hollarda butun burgʻilash qudugʻining uzunligi boʻyicha namunalar olinishi mumkin. Namunaga kernning yarmi olinadi. Buning uchun kern uzun oʻqi boʻyicha ikkiga boʻlinadi va yarmi namunaga olinadi. Yarmi esa mineralogik tekshirishlar uchun va saqlash uchun olib qoʻyiladi. Agar burgʻilash quduqlaridan olingan materiallardan texnologik tekshirishlar uchun namuna olish kerak boʻlsa, unda kernning qolgan yarmi yana uzun oʻq boʻyicha ikkiga boʻlinadi va bir qismi texnologik namunaga, ikkinchi qismi qoldirishga ajratiladi. Bir texnologik namuna uchun oʻnlab burgʻilash quduqlaridan olingan kern qismlari toʻplanadi. Ba’zi hollarda texnologik namuna uchun kernning yarmi, kimyoviy namuna uchun choragi, mineralogik tekshirish va qoldirish uchun chorak qismi ajratiladi. Suvda eruvchan tuzlarning konlarida oʻtilgan burgʻilash quduqlarini namunalashda, quduqdan olingan kernning markaziy qismini namunaga olish tavsiya etiladi. Buning uchun kern tokarlik stanogi yordamida markaziy oʻqi boʻyicha 8 mm li parma bilan parmalanadi va parmalash paytida hosil boʻlgan kukun namuna sifatida olinadi. Shlamdan namuna olish ma’danli konlarda kern chiqishi 60-80% dan kam boʻlgan hollarda bajariladi.
35. ARIQCHA USULIAriqcha (borozda) usuli. Bu usul eng koʻp qoʻllaniladigan namuna olish usuli boʻlib, miqdori jihatidan faqat kern usulidangina orqada qolishi mumkin. Ariqchali namuna olishning bir necha xil turlari mavjud boʻlib, ular ichida asosiysi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi koʻndalang kesimli 169 ariqchadir. Ba’zan «punktir» ariqcha keng ariqcha koʻrinishida olinishi mumkin. Punktir ariqcha deb namuna olinayotgan joydan koʻndalang kesimi bir xil boʻlgan va namuna uzunligi boʻyicha uzuq chiziq boʻyicha olinadigan ariqchaga aytiladi. Ba’zi hollarda koʻndalang kesimi uchburchak shakldagi ariqchalar ham olinishi mumkin. Hamma hollarda ariqchaning yoʻnalishi ma’danlarning eng yuqori oʻzgaruvchanlikka ega boʻlgan yoʻnalishga mumkin qadar yaqin boʻlishi kerak. Bu yoʻnalish odatda ma’danning qalinligi boʻyicha oʻtadi. Lekin ariqchani olish qulayroq boʻlishi uchun ma’dan tanasining yotish burchagi 450 dan 900 gacha boʻlsa, gorizontal ariqcha, yotish burchagi 0 0 dan 450 gacha boʻlsa, vertikal ariqcha olish mumkin. Yer osti gorizontal togʻ lahimlarini namunalashda agar ular ma’dan tanalarining yoʻnalishi boʻyicha oʻtilgan boʻlsa, ariqchalar lahimlarning surilib boruvchi old devorlaridan oʻtqaziladi. Biror sabablarga koʻra buning iloji boʻlmasa, lahimning shiftidan yoki yon devorlaridan ariqchalar oʻtqazish mumkin (lekin bu juda noqulay boʻladi). Agar gorizontal yer osti togʻ lahimi ma’dan tanalarining qalinligi boʻyicha kesib oʻtadigan boʻlsa, ariqchalar lahimlarning yon devorlaridan olinadi (bitta yoki ikkala devordan) va koʻpincha gorizontal yoʻnalishda boʻladi. Agar yer osti lahimlari ma’dan tanalarining yotish burchagi yoʻnalish boʻyicha pastga yoki yuqoriga yoʻnalgan boʻlsa, ariqchalar bunday lahimlarning yon devorlaridan olinadi. Ariqchalarning yoʻnalishi, agar ma’dan tanasining yotish burchagi 45o dan kichik boʻlsa, vertikal holatda boʻladi. Shaxtalar va shurflarda ariqchalar devorlardan vertikal yoʻnalishda olinadi (67-rasm). Kanavalarni namunalashda yuqorida koʻrsatilgan umumiy qoidalarga rioya qilgan holda kanava tubidan yoki devorlaridan ariqchalar olinadi. Ba’zi konlarda ma’danlarning yoʻl-yoʻl qatlamsimon va boshqa turdagi teksturalari uchrashi mumkin. Turli teksturali ma’danlarni alohida xarakterlash uchun har bir qatlamchadan yoki turli teksturali ma’danlardan olinadigan namuna alohida-alohida olinadi, ya’ni ariqcha bir necha boʻlaklarga (seksiyalarga) boʻlinadi. 170 67-rasm. Togʻ lahimlarining zaboy va devorlarida ariqcha namunalarni joylashtirish sxemalari Ariqcha shaklidagi namunalarning uzunligi odatda 1m ga teng qilib olinadi. Ba’zi hollarda ariqchalarning uzunligi 2-3 m. dan boʻlishi mumkin. Eng kalta ariqcha 0,5m boʻladi. Undan kalta ariqchalarni olish tavsiya etilmaydi. Ariqchalar koʻndalang kesimining oʻlchamlari 2x5 sm dan 3x12 sm gacha olinadi. Namunalashning ariqcha usuli deyarli hamma turdagi konlarda yaroqlidir. Faqatgina bu usulni ba’zi hollarda qoʻllash mumkin emas. Masalan, brekchiya teksturali va notekis tarqalgan tomirsimon ma’danlarni kesib oʻtgan ariqchalarni namunalashda, mayda tanalardan tuzilgan oltin konlarida, qimmatbaho toshlarning konlarida namunalashning ariqcha usuli yaroqsizdir. Ariqchalarni olishda asosan qoʻl mehnatidan foydalaniladi. Bu jarayonni mexanizatsiyalashtirishga qaratilgan koʻp yillik urinishlar hozircha qoniqarli natija bermagan. Shuning uchun bu usulning eng asosiy kamchiligi koʻp vaqt va mehnat talab qilishidir.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling