Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


CHIZIQLI USULLARGA QAYSI USULLAR KIRADI?


Download 42.52 Kb.
bet17/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

31. CHIZIQLI USULLARGA QAYSI USULLAR KIRADI?Chiziqli usullar guruhiga ariqcha, punktir-ariqcha, nuqtaviychiziqli, shpur, kern va shlam usullari kiradi.Ariqcha (borozda) usuli. Bu usul eng koʻp qoʻllaniladigan namuna olish usuli boʻlib, miqdori jihatidan faqat kern usulidangina orqada qolishi mumkin. Ariqchali namuna olishning bir necha xil turlari mavjud boʻlib, ular ichida asosiysi toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi koʻndalang kesimli 169 ariqchadir. Ba’zan «punktir» ariqcha keng ariqcha koʻrinishida olinishi mumkin. Punktir ariqcha deb namuna olinayotgan joydan koʻndalang kesimi bir xil boʻlgan va namuna uzunligi boʻyicha uzuq chiziq boʻyicha olinadigan ariqchaga aytiladi. Ba’zi hollarda koʻndalang kesimi uchburchak shakldagi ariqchalar ham olinishi mumkin. Hamma hollarda ariqchaning yoʻnalishi ma’danlarning eng yuqori oʻzgaruvchanlikka ega boʻlgan yoʻnalishga mumkin qadar yaqin boʻlishi kerak.
32. NAMUNALSHNING SHPUR USULIShpur usuli. Bu usulning mohiyati shundaki, shpur qazilayotgan paytda hosil boʻlgan maydalangan materiallar yigʻib olinadi. Buning uchun lahimlarni qazish paytida oʻtiladigan shpurlardan foydalanish mumkin yoki maxsus shpurlar kovlash mumkin. Shpurlarning yoʻnalishi ma’dan yoʻnalishiga koʻndalang boʻlishi kerak. Shpurlarning chuqurligi oddiy perfaratorlardan foydalanganda 7- 8 m.ga, maxsus perfaratorlardan foydalanganda esa 50 m, hatto 70 m gacha yetishi mumkin. Shpur qazishda hosil boʻlgan maydalangan mahsulotlar havo yoki suv yordamida shpurdan chiqarib olinadi va toʻplanib namuna sifatida foydalaniladi (68-rasm). Shpur namunasi 1-2 m, ba’zi hollarda 3 metrli boʻlaklarga (seksiyalarga) boʻlinishi mumkin. 68-rasm. Shpurlardan namuna olish sxemasi: (a - katta qalinlikli jismni namunalashda; b - parallel joylashgan ma’dan tanalarini namunalashda). Namuna olishning shpur usuli boshqa usullarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega: 1)lahimlarni qazish uchun oʻtilgan shpurlardan namunalash uchun foydalaniladi; 2)namuna olish jarayoni lahimlarni qazish ishiga xalaqit bermaydi; 3)namunaga ishlov berish ishlari ancha kamayadi, chunki mahsulotning boʻlaklari 2 mm dan katta boʻlmaydi; 4)shpur usuli boshqa usullarga nisbatan ancha tejamkordir. Bu usulning kamchiliklari esa quyidagilardir: a) shpur yoʻnalishi ba’zi hollarda ma’dan tanasiga koʻndalang boʻlmasligi; b 172 b) oson yemiriladigan, oʻta darzlangan ma’danlarni namunalashda sistematik xato kelib chiqishi mumkin. Bu usul bizda koʻp tarqalmagan.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling