Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


Download 42.52 Kb.
bet25/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

46. RAZVEDKA SISTEMALARIRazvedkaning bosh maqsadi boʻlgan har bir geologik-sanoat parametrining qiymatini aniqlash qiyin emas, lekin amalda quyidagi qiyinchiliklar mavjud: – hech qanday kon butunligicha bizning oʻrganishimiz uchun ochiq emas, ya’ni barcha xohlagan nuqtalarimizni oʻrgana olmaymiz; – tabiatda barcha xususiyatlari boʻyicha bir xil konlar yoʻq; – sanoat uchun parametrlarning ham alohida, ham oʻrtacha koʻrsatkichlarini hamda bu koʻrsatkichlarning oʻzgarish dinamikasini aniqlash muhimdir; – ma’lumotlar muayyan aniqlikda va ishonchlilikda aniqlangan (oʻlchangan) boʻlishi kerak. Razvedkaning bosh maqsadiga yetish uchun quyidagi vazifalarni bajarish zarur: 1) ma’dan tanalari va qamrovchi jinslarni qator nuqtalarda «ochish» va kesib oʻtish; 2) har bir ochilgan nuqtada geologik-sanoat parametrlarini oʻrganish; 196 3) ma’dan tanalarini barcha ochilgan nuqtalar boʻyicha kuzatib chiqish va chegaralarini belgilash; 4) geologik-sanoat parametrlarining oʻzgaruvchanligini oʻrganib chiqish; 5) foydali qazilma konini qazib olishga tayyorlash va uni qazib olishning gidrogeologik, injener-geologik, kon-texnik sharoitlarini oʻrganish uchun tajriba-sinov ishlarini olib borish. Yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun maxsus texnika, turli yoʻllar va usullar talab etiladi. Bularga geologik kesimlar tuzish usullari, namunalash usullari va baholovchi solishtirish usullari kiradi. Usullar quyidagilardan iborat: 1.Geologik, topografik va marksheyderlik ma’lumotlari asosida (yer yuzasida 1:10000 dan 1:500 gacha va yer ostida 1:1000 dan 1:500 gacha masshtabda) razvedka lahimlari hamda burgʻilash quduqlaridagi kuzatish nuqtalarini tasvirlash ishlariga bogʻlab va birlashtirib, belgilangan talabga muvofiq masshtab boʻyicha, katta masshtabli, razvedka maqsadiga toʻgʻri keladigan, geologik xaritaga asos yaratiladi. Razvedka jarayonida lahimlar yoki burgʻilash quduqlarini oʻlchash natijasida olingan ma’lumotlar ayniqsa qimmatli hisoblanadi. Ishchi geologik xarita va razvedka oʻtkazish profillari boʻyicha lahimlar va quduqlardan iborat boʻlgan qirqimlarning dastlabki varianti mufassal baholashda, toʻlasi esa razvedka bosqichida tuziladi. Bu ishchi geologik xaritada petrografik va formatsiyalari, ma’danlarning chegarasini belgilaydigan gorizontlar(qatlamlar), ma’- dan tanalari chegaralari, vujudga kelgan tektonik harakat elementlari, metasomatik oʻzgargan togʻ jinslari belgilanadi. 2.Kon lahimlari va burgʻilash quduqlarida geofizik tadqiqotlar oʻtkazish usullari (karotaj ishlari) hal qilinuvchi masalalar kompleksi boʻyicha universal va yuqori samarali hisoblanadi. Ular quyidagi holatlarda keng qoʻllaniladi: lahimlar va burgʻilash quduqlari ma’danni kesib oʻtgan joylarni aniqlashtirishda; interpolatsiya hamda ekstrapolatsiya

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling