Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


RAZVEDKA QILISHNING ASOSIY TAMOYILLARI


Download 42.52 Kb.
bet24/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

45. RAZVEDKA QILISHNING ASOSIY TAMOYILLARI2) Razvedka qilish tamoyillari. Foydali qazilma konlarining tabiatdagi turli-tumanligiga qaramay, har qanday konni razvedka qilish asosida bir xil tamoyillar yotishi mumkin. Chunki geologiya-qidiruv jarayoni ishlab chiqaruvchi kuchlarning ma’lum bir rivojlanish bosqichida olib boriladi va pirovard natijada bir maqsadga 187 yoʻnaltirilgan, ya’ni zamindagi sanoatbop zaxiraga ega boʻlgan foydali qazilma koni aniqlanadi. Razvedka qilish jarayonining ilmiy negizi boʻlib geologiya fanlarining toʻliq majmui xizmat qiladi. Boshqa geologiya fanlaridan ajratilgan «Foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilish haqidagi ta’limot» oʻz ma’no-mohiyatini yoʻqotib, amaliy ahamiyatga ega boʻlmay qoladi. Shuning uchun razvedka qilish tamoyillarining har biri alohida va hammasi birgalikda geologiya asosida, avvalo geostrukturaviy tushunchalar asosida qurilgan. Shu bilan birga, qidirish va razvedka qilish haqidagi ta’limot, amaliy geologik fan boʻlib, sanoatbop foydali qazilma konlarining joylashish sharoitlarini va ularni topishning eng samarali metodlarini aniqlaydi. Shuning uchun bu ta’limot ham, geologiya-qidiruv ishlari amaliyoti ham xalq xoʻjaligini yuritishning umumiy tamoyili – iqtisodiy samaradorlik tamoyiliga boʻysundirilishi kerak. Shunga binoan quyida koʻrib chiqiladigan xususiy tamoyillar umumiy iqtisodiy samaradorlik tamoyiliga tayanadi. Razvedka qilish muammolarini koʻrib chiqishda shuni esdan chiqarmaslik kerakki, oʻrganilayotgan obyekt tabiiy jismdir. Uning xususiyatlari ma’lum darajadagi oʻzgaruvchanlikka ega, FQK larining shakli va zaminda joylashishi hamda kon ichida ma’danli jinslarning joylashishi turli-tuman qonuniyatlarga boʻysinadi. Foydali qazilmalarning sanoatbop zaxiralarini qidirib topish qiyin vazifadir. Faqatgina razvedka qilishning asosiy tamoyillariga tayangan holda bu vazifani muvaffaqiyatli yechish mumkin. Bu asosiy tamoyillar jumlasiga quyidagilar kiradi: 1) Toʻliq tekshirish tamoyili; 2) Bosqichma-bosqich «yaqinlashib» borish tamoyili; 3) Bir tekis tekshirish (bir xil ishonchlilik) tamoyili; 4) Eng kam mehnat va materiallar sarflash tamoyili; 5) Eng kam vaqt sarflash tamoyili. Birinchi tamoyil razvedka ishlarining pirovard maqsadini, ya’ni foydali qazilma zaxirasini iloji boricha toʻliq aniqlash kerakligini ifoda etadi. Keyingi ikki tamoyil razvedka jarayonining metodikasini aniqlab beradi. Toʻrtinchi va beshinchi tamoyillar ijtimoiy ishlab chiqaruvchi kuchlarning muayyan rivojlanish davrida mavjud boʻlgan texnikiqtisodiy imkoniyatlari va sharoitlarini hisobga oladi. Boshqacha qilib 188 aytganda, foydali qazilma koni toʻliq, oqilona ketma-ketlikda, bir tekis, tejamkor va imkon qadar tez razvedka qilinishi kerak. Toʻliq tekshirish tamoyili, avvalo, razvedka qilinayotgan kon egallab turgan joyning hammasini ma’lum darajada aniqlik bilan tekshirish zarurligini ifodalaydi. Bu tamoyilga rioya qilmaslik xalq xoʻjaligiga zarar yetkazadi, ortiqcha sarf-xarajatlarga olib keladi yoki foydali qazilmaning bir qismini «yoʻqotilishiga» olib keladi. Bu tamoyil toʻrtta asosiy talablarni oʻz ichiga oladi: 1) konning hamma chegaralarini toʻliq aniqlash yoki konni tashkil qiluvchi hamma foydali qazilma uyumlarini chegaralash; 2) razvedka lahimlari foydali qazilma tanalarini yoki ma’danli zonalarni toʻliq kesib oʻtishi kerak; 3) asosiy foydali qazilma va qoʻshimcha foydali mineral uyumlarining ham sanoatbop, ham sanoat uchun vaqtincha yaroqsiz (balansdan tashqari) turlarining sifatini toʻliq va har tomonlama tekshirish; 4) razvedka lahimlarini qazish yordamida olingan va boshqa kuzatuvlar natijasida toʻplangan barcha ma’lumotlardan foydalanish. Lekin, toʻliq tekshirish tamoyili oʻrganilayotgan konni oxirigacha toʻliq oʻrganishni nazarda tutmaydi. Balki, bu nisbiy tushuncha boʻlib, muayyan davr talablari bilan chegaralanadi.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling