Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


NAMUNALASH JARAYONINI NAZORAT QILISH


Download 42.52 Kb.
bet22/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

43. NAMUNALASH JARAYONINI NAZORAT QILISHNamunalash jarayonini nazorat qilish Namunalash natijalarining ishonchliligi namuna olish, unga ishlov berish va tahlil qilish usullariga bogʻliq. Lekin bu usullarni toʻgʻri tanlab olishning oʻzi namunalash ishonchliligini toʻla ta’minlay olmaydi. Buning uchun namuna olish, unga ishlov berish va tekshirish operatsiyalarini aniq va toʻgʻri bajarish talab etiladi. Shunday qilib, namunalash jarayonida turli uslubiy va ishlab chiqarish xususiyatlariga ega boʻlgan sabablar tufayli koʻpchilik xatoliklar vujudga keladi. Namunalashni nazorat qilish doimo, asosiy va nazoratlangan ma’lumotlar oʻrtasidagi tafovutni baholashdan iborat boʻladi. Bu baho toʻgʻri boʻlishi uchun, tafovutlarning kelib chiqishi haqida toʻgʻri tushunchaga ega boʻlish va ularni tahlil qilishning toʻgʻri usulini tanlash kerak. Namunalash jarayonida paydo boʻladigan hamma xatoliklar odatda ikkita asosiy guruhga boʻlinadilar: 1) tasodifiy; 2) sistematik. Bular orasida eng xavflisi sitematik xatoliklar boʻlib, ular koʻrsatkichlarni faqat kattalashtirib yoki faqat kichiklashtirib koʻrsatadi, ya’ni bir belgili xatoliklardan iborat boʻladi. Tasodifiy xatoliklar turli belgiga ega boʻlib, oʻzaro bir-birini kompensatsiyalaydilar va umumiy koʻrsatkichlarga katta ta’sir koʻrsatmaydilar. Namunalash jarayonini nazorat qilishning asosiy mazmuni sistematik xatoliklarni aniqlash, ularni keltirib chiqaruvchi sabablarni topish va iloji boʻlsa yoʻqotishdir. Agar xatolikni keltirib chiqaruvchi sababni yoʻqotish mumkin boʻlmasa, aniqlangan koʻrsatkichlarga ma’lum tuzatishlar kiritish lozim. Namuna olish jarayonini nazorat qilish. Namuna olish jarayonini nazorat qilish geologik partiyaning bosh geologi yoki yetakchi geologlari tomonidan bajarilishi lozim. Bunda birinchi navbatda olinayotgan namunaning miqdori uning massasiga qarab kuzatilib boriladi. Namunani olish jarayonida uslubiy xatoliklarga yoʻl qoʻyilmaslikni ta’minlash talab etiladi. Tanlangan namuna olish usuli toʻgʻriligini tekshirish uchun namuna olingan joydan qaytadan namuna olish yoki boshqa ishonchliroq usul bilan nazoratlovchi namunalar olish kerak. Bunda umumiy namunalarning taxminan 10% qismini nazorat qilish talab etiladi. Nazorat namunalari yangi raqam ostida tahlilga yuborilib, olingan natijalar solishtirib koʻriladi. Agar natijalar 15% 183 gacha farqlansa, natijalar ishonchli deyish mumkin. Agar farq undan oshib ketsa, xatoliklar bor deb hisoblanadi. Namunalarga ishlov berishni nazorat qilish. Bu nazorat turi olingan namuna bilan unga ishlov berib maydalashning bir necha martda kamayishi natijasida, qisqartirilgan qismini solishtirganda tarkibida farq qilishiga asoslangan. Shu jarayondagi nuqson ham tasodifiy va sistematik, metodik yoki texnik sabablariga koʻra kelib chiqishi mumkin. Nuqsonlarga quyidagi uchta empirik (amaliy materiallarga asoslangan) holda baho berish usullari mavjud: – Richard-Chechyott sxemasi boʻyicha namuna qisqartirlgandan soʻng, 10-50-100 grammli namunalarni laboratoriyaga joʻnatiladigan ishonchli qismiga ega boʻlgach, qolgan materialni birlashtirib, takroran shu jarayonni oʻtkazishadi va ishonchli olingan naveska oldingisi bilan solishtiriladi. Natijada hosil boʻlgan miqdorlarning farqi ishlov berish nuqsoni deb qabul qilinadi. – namunaning ishonchli qismi olingandan soʻng, qolgan materialni birlashtirib qisqartirmasdan kerakli diametrgacha (0,1-0,07 mm) maydalanadi va birdaniga djonson uskunasi yordamida kerakli ogʻirlikkacha qisqartiriladi. – namuna materiali qisqarqartirilishi bilan dubl nazorat olinadi va tahlildan oʻtkaziladi.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling