O’zbekiston pandimiya davrida oziq-ovqat eksportida vujudga keladigan xavflar
Download 168 Kb.
|
O’zbekiston pandimiya davrida oziq-ovqat eksportida vujudga kela
- Bu sahifa navigatsiya:
- РИСКИ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОГО ЭКСПОРТА В УЗБЕКИСТАНЕ ВО ВРЕМЯ ПАНДИМИИ Аннотация
- RISKS OF FOOD EXPORT IN UZBEKISTAN DURIMG PANDIMIA Annotattion
УДК:332964 O’ZBEKISTON PANDIMIYA DAVRIDA OZIQ-OVQAT EKSPORTIDA VUJUDGA KELADIGAN XAVFLAR Z.G’.Davronova TDIU magistranti. Annotatsiya Bu maqola bugungi Pandemiya davrida boshqa sanoat tarmoqlari kabi oziq-ovqat eksportida vujudga kelgan muammolar va ularni bartaraf etishda chora-tadbirlari to’g’risida ma’lumotlar berilgan. Sohadagi o‘sish sur’atining pasayishiga va muayyan darajada bandlikning kamayishiga hissa qo‘shuvchi omillar, import qiluvchi mamlakatlardagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga bo‘lgan talabning kamayishidan iborat. Pandemiya keltirib chiqargan iqtisodiy inqiroz natijasida daromadlarning hamda mehnat muhojirlari tomonidan pul o‘tkazmalarining kamayishi natijasida O‘zbekiston aholisidagi xarid qilish qobiliyatining pasayishi xam salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. РИСКИ ПРОДОВОЛЬСТВЕННОГО ЭКСПОРТА В УЗБЕКИСТАНЕ ВО ВРЕМЯ ПАНДИМИИ Аннотация В этой статье представлена информация о проблемах, которыевозникли в экспорте продуктов питания в преиод пандемии, а также о других отраслях, а также о мерах по их решению. Факторами, способствующими замедлению роста отрасли и, в определенной степени, снижению занятости, являетсия снижение спроса на экспорт фруктов и овощей из стран-импортеров. Экономический кризис, вызванный пандемией, также может оказать негативное влияние на покупательную способность населения Узбекистана в результате снижения доходов и денежных переводов от трудовых мигрантов. RISKS OF FOOD EXPORT IN UZBEKISTAN DURIMG PANDIMIA Annotattion This article provides information on the problems that have arisen in food exports during the Pandemic period, as well as other industries, and measures to addresss them. Factors contributing to the slowdown in the sector and, to a certain extent, the decline in demand for fruit and vegetable exports from importing countries. Trhe economic crisis caused by the pandemic could also have a negative impact on the purchasing power of the Uzbek population as a result of declining incomes and remittances from migrant workers. 2020 yilda mazkur sohadagi o‘sish, O‘zbekistonning butun iqtisodiyoti kabi, katta ehtimol bilan sekinlashadi (Jahon bankining prognozlariga muvofiq, mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi joriy yilda 5.7% dan 1.6% ga pasayadi — tah.). Ayni paytda agrar sohaning o‘sishi boshqa sohalar bilan taqqoslaganda o‘rtachadan yuqoriroq bo‘ladi, chunki pandemiya davrida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab yuqori bo‘lib, milliy iqtisodiyotning boshqa sohalari to‘g‘risida bunday deb bo‘lmaydi. Kuzgi bug‘doy ekini yaxshi qishlab oldi va don ekinlarining hosili o‘tgan yilgi hajmi 6 mln tonnaga yetgan hosildan kam bo‘lmaydi. Paxta klasterlarining yaxshi tayyorgarligi sababli paxtani ekish jarayoni me’yorida o‘tmoqda. Bundan tashqari, fermerlarga urug‘larni, yonilg‘i-moylash materiallarini va o‘g‘itlarni o‘z vaqtida yetkazib berish uchun «yashil yo‘lakchalarni» yaratishdagi hamda bularni xarid qilish uchun imtiyozli kreditlarni ajratishdagi davlat yordamini ham inobatga olish zarur. Yaqin orada kartoshka, meva va sabzavotlar hosilini terib olishning asosiy mavsumi boshlanadi va barcha fermer xo‘jaliklari bunga o‘z tayyorgarliklarini boshlab yubordilar. Sohadagi o‘sish sur’atining pasayishiga va muayyan darajada bandlikning kamayishiga hissa qo‘shuvchi omillar, avvalroq aytib o‘tganimdek, import qiluvchi mamlakatlardagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga bo‘lgan talabning kamayishidan iborat. Pandemiya keltirib chiqargan iqtisodiy inqiroz natijasida daromadlarning hamda mehnat muhojirlari tomonidan pul o‘tkazmalarining kamayishi natijasida O‘zbekiston aholisidagi xarid qilish qobiliyatining pasayishi xam salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hosil terimiga jalb etiladigan ish kuchining, ayniqsa mamlakatning boshqa viloyatlaridan qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga keluvchi fuqarolarning harakatiga vaqtincha cheklovlar o‘rnatilishi ham sohadagi o‘sishning sekinlashuviga hissa qo‘shadi. O‘zbekoziqovqatxolding kompaniyasi O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi bo‘lmasligini ma’lum qildi O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida 12 mingdan ziyod korxona ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda ushbu korxonalar o‘z rejimida ishlamoqda. Korxonalarning aksariyatida ish 1 smenada tashkil etilgan va quvvatlarning 70 foizidan foydalanilmoqda. Ularda yana qo‘shimcha 30 foiz quvvatni ishga solish va ishni 2 smenada yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari mavjud. Ta’kidlanishicha, mamlakatda 98 foiz oziq-ovqat mahsulotlari mahalliylashtirilgan. Deyarli barcha xomashyo O‘zbekistonda yetishtiriladi. Chetdan kakao va qahva donlari, sitrus mevalar kabi mahsulotlar import qilinadi. Sohadagi o‘sish sur’atining pasayishiga va muayyan darajada bandlikning kamayishiga hissa qo‘shuvchi omillar, avvalroq aytib o‘tganimdek, import qiluvchi mamlakatlardagi meva-sabzavot mahsulotlari eksportiga bo‘lgan talabning kamayishidan iborat. Pandemiya keltirib chiqargan iqtisodiy inqiroz natijasida daromadlarning hamda mehnat muhojirlari tomonidan pul o‘tkazmalarining kamayishi natijasida O‘zbekiston aholisidagi xarid qilish qobiliyatining pasayishi xam salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hosil terimiga jalb etiladigan ish kuchining, ayniqsa mamlakatning boshqa viloyatlaridan qishloq xo‘jaligidagi mavsumiy ishlarga keluvchi fuqarolarning harakatiga vaqtincha cheklovlar o‘rnatilishi ham sohadagi o‘sishning sekinlashuviga hissa qo‘shadi. Xususan, Qozog‘iston tomonidan joriy yilning 1 aprelidan bug‘doy va un uchun eksport kvotalarining o‘rnatilishi O‘zbekistondagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu mamlakatdan bug‘doyni eksport qilish uchun kvota aprel oyiga hukumat tomonidan 200 ming tonna miqdorida belgilangan, un eksporti uchun esa 70 ming tonna miqdorida. Eksport kvotalari iste’molchi mamlakatlarga, shu jumladan O‘zbekistonga ham, ushbu turdagi mahsulot importining kamayishiga olib keladi. Lekin mazkur cheklovlarning salbiy ta’siri O‘zbekiston uchun kichik va vaqtinchalik bo‘ladi. Buni qanday tushuntirish mumkin? Birinchidan, mart oyida O‘zbekiston joriy yilning yanvar va fevral oylariga nisbatan ikki baravar ko‘proq hajmda Qozog‘iston bug‘doyi va unini import qildi va shu orqali yaqin muddat uchun yetarlicha zaxira hosil qildi. Mahalliy un ishlab chiqaruvchi zavodlar ham o‘tish davri uchun un zaxiralariga ega. Ikkinchidan, O‘zbekistonda davlat g‘alla zaxiralari va rezervlari aprel oyi boshiga 1 mln tonnadan iborat bo‘lib, ulardan 750 ming tonna un olish mumkin. Ma’lumot uchun, mamlakatda o‘rtacha oylik un iste’moli 300 ming tonnadan oshmaydi. Uchinchidan, O‘zbekiston Qozog‘iston tomonidan belgilangan eksport kvotasi chegarasida bug‘doy va un importini davom ettirishi mumkin. Va nihoyat, g‘allaning yangi hosili O‘zbekistonda iyun oyida yig‘ib olinadi. Avvalroq aytib o‘tganimdek, bu mahalliy un zaxiralarini ko‘paytirib olishga imkon beradi. Statistika shuni ko’rsatadiki, butun dunyoda oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talab sezilarli darajada pasaygan bu esa aholining daromadi va to’lov qobilyati tushganini ko’rsatadi. Buning natijasida tovarlar zaxirasi ko’payib narxlar tendensiyasi tushib ketdi, o’z navbatida eksport hajmining tushishiga olib ketdi. 2020 yilda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi uchun mavjud xatarlar orasida mahalliy meva-sabzavotchilik mahsulotlarining eksporti bilan bog‘liq murakkabliklarni aytib o‘tish mumkin. So‘ngi uch yil mobaynida ushbu mahsulotlarning eksport hajmlari 570 mln AQSH dollaridan 1,3 mlrd dollargacha o‘sdi. Lekin mahalliy sabzavotlar va mevalarning asosiy importchilari bo‘lgan Rossiya va Qozog‘istondagi aholining xarid qilish qobiliyati pasayishi, shuningdek ularning milliy valyutalari devalvatsiyasi munosabati bilan mazkur mahsulotlarga bo‘lgan talabning pasayishi kutilmoqda. Ayni vaqtda, O‘zbekistondan keltirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘pgina holatlarda raqobatchilarning, deylik Turkiya va Chili davlatlaridagi, mahsulotlaridan arzonroq narxlarda sotilishi 2020 yilda O‘zbekistonda yetishtirilgan meva-sabzavotlarga talabning nisbatan o‘sishiga olib kelishi mumkin. Ammo hozirgi bosqichda meva-sabzavotchilik mahsulotlarining mahalliy eksportchilari uchun qandaydir muayyan prognozlar qilish mushkul.Covid-19 Pandimiyasi davrida jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari narxidagi tebranishlar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Фойдаланилган адабиётлар рўйхати “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 2, апрель, 2019 йил 11 1. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. http://uza.uz/oz/politics/zbekiston-respublikasiprezidenti-shavkat-mirziyeevning -oliasy-28-12-2018. 2. Серова Е.В. К вопросу о продовольственной безопасности. – http://www.iet.ru/.; Балабанов В.С., Борисенко Е.Н. Продовольственной безопасность: международные и внутренние аспекты. – М.: Экономика, 2002. – С. 22.; Безопасность России. Раздел 2 / Фролов К.В., Гордеев А.В., Масленникова О.А. и др. – М.: Знание, 2001. С. 101.; Продовольственной безопасность России: проблемы и перспективы / Анфиногентова А.А., Ермолаева О.В., Киреева Н.А. и др.; под ред. Анфиногентовой А.А. – Саратов: Издательство Саратовского государственного аграрного университета, 2004. – С. 14.; 3. Кудряшова А.А., Пресняковалар О.П. Продовольственной безопасность: показатели, критерии, категории и масштабы. // Ж. Пищевая промышленность. – М.: 2007. № 8. С. 18-21.; Каламбет А. О продовольственной безопасности России. - http://www. armiavn.ru.; Ленчевский И.Ю. О некоторых аспектах продовольственной безопасности // Ж. Достижение науки и техники АПК. – М. 2003. №1. С. 6-9. 4. Абулқосимов Ҳ.П., Расулов Т.С. Ўзбекистонда озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш йўллари. Рисола. - Т.,”Fan va texnologia”, 2015. 5. Conway G., Barber E. After the Green Revolution. Sustainable Agriculture for Development. - London. 1990. – 60 p. 6. Ревенко Л.С. Мировой рынок продовольствия в эпоху «генной» революции. М.: Экономика, 2003.-С. 68-69. 7. Ўзбекистон озиқ-овқат хавфсизлиги рейтингида дунёда 64-ўринни эгаллади. https://daryo.uz/k/2018/04/30/ozbekiston-oziq-ovqat-xavfsizligireytingida-dunyoda-64-orinni-egalladi. 8. Каримов Ҳ. Озиқ-овқат саноати: кеча ва бугун//http://www.biznesdaily.uz/ru/gazeta-birja/46994-oziq-ovqat-sanoati-kесha-va-bugun маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилган. 9. Ўзбекистон ЯИМ 2018 йилда 407,5 трлн сўмни ташкил қилди. Аҳоли жон бошига ЯИМ - 12,3 млн сўм. https://kun.uz/news/2019/01/23/ozbekistonyaim-2018-yilda-4075-trln-somni-tashkil-qildi-aholi-jon-boshiga-yaim-123-mlnsom. 10. Основные тенденции и показатели экономического и социального развития Республики Узбекистан за годы независимости (1990-2010гг) и прогноз на 2011-2015гг. Статсборник.-Т: Узбекистан, 2011.-с.36; Статический ежегодник Узбекистана за 2008г.-Т.,2009.-с 216; Альманах Узбекистан 2017год.-Т., ЦЭИ, 2017.- с.26. Маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилди. 11. Ўзбекистон Республикаси йиллик статистик тўплами 2015 йил. –Т., 2015.-209-210-бетлар, Ўзбекистон рақамларда 2016 йил. –Т., 2016 . -114-бет; Социально-экономическое положение республики Узбекистан за январь- “Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 2, апрель, 2019 йил 12 декабрь 2017год.-Т., 2018.- с.42 маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилган. 12. Социально-экономическое положение республики Узбекистан за январь-декабрь 2017год.-Т., 2018.-с.42. 13. Альманах Узбекистана 2013 год. Ташкент, 2013.- С.94; Ўзбекистон рақамларда 2016 йил. - Т., 2016.-126-127-бетлар; Ўзбекистон Республикаси йиллик статистик тўплами 2010-2016 йиллар.-Т., 2017.-125-126-бетлар маълумотлари асосида муаллиф томонидан тузилди. 14. Ўзбекистон Республикаси қишлоқ хўжалиги вазирлиги маълумотлари асосида тузилган. 15. Иқтисодиёт вазирлиги: 2019 йилда қишлоқ хўжалигида 4,6 минг янги иш ўрни яратилади. https://kun.uz/26513251. Download 168 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling