Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


RAZVEDKA QILISHNING ASOSIY VAZIFALARI


Download 42.52 Kb.
bet23/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

44. RAZVEDKA QILISHNING ASOSIY VAZIFALARI1) Umumiy qoidalar. «Razvedka qilish» deganda muayyan konning sanoat ahamiyatiga ega ekanligini aniqlashga qaratilgan izlanishlar va ularni bajarish uchun zarur boʻlgan ishlar kompleksi tushuniladi.Razvedka ishlari foydali qazilma konida, avvalo undagi foydali qazilmaning miqdori va sifatini aniqlash maqsadida olib boriladi. Bundan tashqari, konning tabiiy va iqtisodiy joylashish sharoitlarini oʻrganish koʻzda tutiladi. Foydali qazilmaning sifati sanoat tomonidan muayyan mineral xomashyoga qoʻyiladigan talablarni toʻgʻridan-toʻgʻri ifodalovchi koʻrsatkichdir. Turli foydali qazilmalar uchun bu talablar keskin farq qiladi. Ma’danlarning sifatini aniqlovchi asosiy koʻrsatkich ular tarkibidagi foydali metallar yoki minerallarning foiz miqdoridir. Mineral yoqilgʻining asosiy sifat koʻrsatkichi boʻlib – kaloriyalilik miqdori xizmat qiladi. Koʻpchilik noma’dan foydali qazilmalarning, xususan qurilish materiallarining sifati ularning fizik xususiyatlari bilan belgilanadi. Shunday qilib, foydali qazilmaning sifat koʻrsatkichlarini aniqlash, razvedka ishlarining birinchi eng muhim vazifasidir. Foydali qazilmaning miqdori u egallab turgan hajm bilan belgilanadi. Demak, bu borada razvedka ishlarining maqsadi oʻrganilayotgan konning shakli va oʻlchamlarini aniqlashdan iborat boʻladi. Foydali qazilmaning miqdori va sifati zaminni oʻrganuvchi mutaxassis-geolog oldida ajralmas birlikda namoyon boʻladi. Chunki, bir tomondan, konning shakli sanoatbop foydali qazilma tanalarining chegaralarini aniqlab beruvchi minimal sifat koʻrsatkichlari (konditsiyalar) bilan bogʻliq ravishda belgilanadi. Ikkinchi tomondan, foydali qazilmaning sifati konni hosil qiluvchi muayyan tana shaklining ichiga joylashgan boʻlib, zaminning bu shakldan tashqarisidagi joylarda hisobga olinishi mumkin emas. 186 Foydali qazilma tanasining shakli faqatgina foydali qazilmaning miqdorini aniqlabgina qolmay, balki ma’lum darajada uning geologik joylashish sharoitlarini (yotish elementlari, yer yuzi relyefiga munosabati, qamrovchi togʻ jinslari bilan munosabatlari va boshqalar) ham aniqlab beradi. Shunday qilib, foydali qazilma tanasining shaklini va uning asosiy oʻlchamlarini bilish, konning geologik joylashish sharoiti haqida tassavurga ega boʻlish mumkin. Foydali qazilmaning sifatini aniqlash faqatgina ma’danlarning kimyoviy va mineral tarkibini, tabiiy turlarini aniqlash uchun chegaralanmasdan, balki ularning texnologik xususiyatlarini va texnologik navlarini aniqlashni ham koʻzda tutishi kerak. Foydali qazilma tanasining joylashishi haqidagi geologik ma’lumotlardan tashqari, razvedka ishlari jarayonida konning joylashish sharoitlarini xarakterlovchi boshqa ma’lumotlarni ham yigʻish lozimdir. Bular, birinchidan, togʻ-texnik sharoitlar: joylashish chuqurligi, maydonning suvlanganligi, ma’danlar va qamrovchi jinslarning fizik xususiyatlari, konni ochish va qazib olish imkoniyatlaridir; ikkinchidan, iqtisodiy sharoitlar: hududning oʻzlashtirilganlik darajasi, energetik resurslari, transport imkoniyatlari, ichimlik va texnik ehtiyojlar uchun suvning, qurilish materiallarining mavjudligi va boshqalar. Razvedka qilishning sanab oʻtilgan asosiy vazifalari majmuidan koʻrinib turibdiki, bu ish oʻz mohiyatiga koʻra geologik, texnik va iqtisodiy muammolarning yigʻindisidan iboratdir. Odatda geolog, birinchi navbatda, muammoning geologik-mineralogik tomoniga e’tibor beradi. Biroq, koʻpchilik hollarda, foydali qazilma konining sanoat uchun ahamiyatiga baho berish chogʻida kon-texnik va iqtisodiy shart-sharoitlar hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlishi mumkin. Demak, yaxshi sifatli va yetarlicha miqdorli foydali qazilmani topish kifoya qilmaydi, balki tabiiy va texnik sharoitlar bu foydali qazilmani iqtisodiy samara bilan zamindan qazib olish, tashib keltirish va xalq xoʻjaligi ehtiyojlarida samarali qoʻllash imkoniyatini berishi kerak.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling