Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari
NAMUNALARGA ISHLOV BERISHNIGNING MAQSADI
Download 42.52 Kb.
|
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 40-41. ISHLOV BERISH BOSQICHLARI VA SXEMALARI
39. NAMUNALARGA ISHLOV BERISHNIGNING MAQSADINamunalarga ishlov berishning maqsadi konlarni razvedka qilish jarayonida togʻ lahimlaridan va burgʻilash quduqlaridan olingan namunalarni laboratoriya yoki boshqa tekshirishlarga tayyorlashdir. Bunday tayyorlovning zaruriyati shundaki, namunaga odatda koʻp material (qancha koʻp boʻlsa shuncha yaxshi) olinadi. Laboratoriya tekshiruvlarini esa faqat ozgina miqdordagi material bilan olib borish mumkin. Ba’zi hollarda namunalash sharoitlari va vazifalariga qarab namunalarni qoʻshish yoki oldindan «boyitish» ishlarini bajarish zarurati tugʻiladi. Bunday ishlov berishlar odatda namunani olgan geologik tashkilot tomonidan bajariladi.
40-41. ISHLOV BERISH BOSQICHLARI VA SXEMALARI Namunalarni birlashtirish juda koʻp namuna olinadigan (mufassal va ekspluatatsion razvedka) bosqichlarda olib boriladi. Uning asosiy qoidalari: 1) faqat yonma-yon olingan namunalarni birlashtirish mumkin; 2)faqat bir xil materialdan tashkil topgan namunalarni birlashtirish mumkin. Kimyoviy va ba’zan mineralogik tekshirishlar uchun olingan namunalarga ishlov berish kerak. Buning maqsadi tekshirish uchun zarur boʻlgan miqdorgacha namunani qisqartirish va zarur yiriklikkacha maydalashdir. Eng koʻp tarqalgan analizlar uchun zarur boʻlgan namunaning miqdori 50-100 g, ba’zan 200 g ni tashkil qiladi. Spektral analiz uchun 5-20 g, probir analiz uchun 0,5-1 kg namuna kerak. Namuna materiali kimyoviy va spektral analizlar uchun kukun holatigacha, mineralogik analizlar uchun esa 0,1 mm gacha maydalangan boʻlishi kerak. Namunaga ishlov berish jarayoni birin-ketin bajariladigan maydalash, elash, aralashtirish va qisqartirish operatsiyalaridan iboratdir. Bu operatsiyalar ma’lum konlar turlari, xususiyatlariga rioya qilgan holda olib boriladi. Natijada namunaning boshlangʻich xususiyatlari oxirida hosil boʻlgan namuna materialida ishonchli saqlab qolinishi kerak. Richards-Chechett tamoyili va tenglamasi. Amerikalik olim Richards aniqlagan qonuniyatni rossiyalik olim Chechett tenglama koʻrinishda ifoda etgan. 178 Q= kd2 Bu yerda, Q – qisqartirilgan namunaning ishonchli massasi, kg; d – eng katta zarrachaning diametri, mm; k – foydali qazilmaning xususiyatlariga bogʻliq boʻlgan ishlov berish koeffitsiyenti (0,05 dan 1,0 gacha). Ishlov berish koeffitsiyenti – k ma’danlarning xossalariga qarab quyidagicha oʻzgaradi: a) komponentlar oʻta tekis va tekis tarqalganda k = 0,05; b) komponentlar notekis tarqalganda k = 0,1; d) komponentlar oʻta notekis tarqalganda k = 0,2 ÷ 0,3; e) komponentlar nihoyatda notekis tarqalganda k = 0,4 ÷ 0,5; f) oltin zarralari 0,6 mm dan katta boʻlgan oltin konlarida k = 0,8 ÷1,0. Namunaga ishlov berish bir necha bosqichda bajarilishi mumkin. Har bir bosqich yuqorida keltirilgan beshta operatsiyadan iborat boʻladi. Namunani maydalash maxsus mexanizmlar yordamida bajariladi. Yirik, kichik va oʻta kichik zarralargacha maydalovchi maydalagichlar mavjud. Birinchi maydalagichdan oʻtgan namuna tekshiruv elagidan oʻtqaziladi. Keyin aralashtiriladi va mumkin boʻlgan miqdorgacha qisqartiriladi. Qisqartirish mumkin boʻlgan miqdor yuqoridagi tenglamadan har bir bosqich uchun alohida hisoblanadi. Har bir bosqichda tenglamadagi d oʻzgaradi. Shunga asosan namunaga ishlov berish sxemasi tuzib chiqiladi. Download 42.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling