Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


RAZVEDKA JARAYONIDA OLIB BORILADIGAN GIDROGEOLOGIK ISHLAR


Download 42.52 Kb.
bet28/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

49. RAZVEDKA JARAYONIDA OLIB BORILADIGAN GIDROGEOLOGIK ISHLAR.Razvedka jarayonida olib boriladigan gidrogeologik tadqiqotlar quyidagi ma’lumotlarni aniqlashdan iboratdir: – suvli gorizontlarning tarqalish maydonlari, ularning joylashish sharoitlari va ta’minlanish hududlari; – yer osti va yer usti suvlari rejimlarining asosiy belgilari; – yer osti suvlari rejimlarining boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlari; – kon lahimlariga oqib kelishi mumkin boʻlgan suv miqdori; – suv bilan ta’minlash manbalarining tavsifi; – kondagi injener-geologik sharoitlar. Gidrogeologik tekshirishlar «откачка», ya’ni suvni soʻrib olish yoki «нагнетание», ya’ni suvni yer ostiga kiritish usullari bilan bajariladi. Suvli gorizontlardan suvni soʻrib olish bir necha variantlarda bajarilishi mumkin: 1) namunaviy – taxminiy ma’lumotlarni aniqlash uchun; 2) tajribaviy – bir quduqdan yoki quduqlar dastasidan ma’lumot olish variantlarida bajariladi. Bular natijasida suvlanganlik darajasini va filtrlanish koeffitsiyentini aniqlash mumkin boʻladi. Suvni yer ostiga kiritish («нагнетание ») yoʻli bilan xuddi shunday variantlarda jinslarning suv qabul qilishi mumkinligi baholanadi. Bu ishlar natijasida kon lahimlariga oqib kelishi mumkin boʻlgan suv miqdori va suv tarkibining mavsumiy oʻzgarishlarini aniqlash bajariladi.
50. INJENER GEOLOGIK ISHLARRazvedka jarayonida olib boriladigan injener-geologik tadqiqotlar Bu tadqiqotlar kondagi kon-texnik sharoitlarni tekshirish maqsadida bajariladi. Bu tadqiqotlar natijasida quyidagi koʻrsatkichlar aniqlanadi: – togʻ jinslarining qattiqligi; 204 – togʻ jinslarining mustahkamligi; – yer osti kon lahimlarida togʻ bosimi ta’sirida hosil boʻlgan deformatsiyalar; – yer usti karyerlaridagi jinslardagi ichki ishqalanish burchagi bilan aniqlanadigan deformatsiyalar. Injener-geologik tadqiqotlarning asosiy vazifalari quyidagilarni aniqlashga qaratilgan: 1) jinslarning mineralogik-petrografik tarkibi va fizik-mexanik xususiyatlarini; 2) jinslarning granulometrik tarkibini; 3) jinslarning namlik darajasini; 4) jinslarning gʻovaklik darajasini; 5) jinslarning maydalanish koeffitsiyentini; 6) sochiluvchan jinslarning ichki ishqalanish koeffitsiyentini; 7) gilsimon jinslarning plastiklik xususiyatlarini; 8) jinslarning namlanish qobiliyatini; 9) gilli jinslarning boʻkish darajasini; 10) jinslar monolitlarining ezilish va choʻzilishga qarshiligini; 11) jinslarning muzloqlikka chidamliligini; 12) geotermik kuzatishlar (ayniqsa yongʻinga xavfli konlarda).

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling