Yakuniy nazorat savollari fanning maqsadi va vazifalari


Download 42.52 Kb.
bet26/30
Sana18.06.2023
Hajmi42.52 Kb.
#1598578
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI (2) развидка қилиш (3)

47. RAZVEDKA TO’RLARIRazvedka toʻrlarining shakli, zichligi va yoʻnalishi Razvedka sistemasini tashkil qilgan quduqlar va kon lahimlaridan aniq va ishonchli ma’lumot olish maqsadida, ularni joylashtirishda maksimal oʻzgaruvchanlik yoʻnalishi (ma’dan qalinligi, ya’ni razvedka profillari yoʻnalishi minerallashuv zonasi yoʻnalishiga koʻndalang) boʻyicha, profil chizigʻida joylashgan nazorat (kuzatish) nuqtalarining orasidagi masofa, bu profillar oraliq masofasiga nisbatan ancha kam boʻladi. Shu holatda bir tomoni uzun toʻgʻri toʻrtburchakli razvedka toʻri yuzaga keladi. Agar razvedka ishlari olib borilayotgan ma’dan maydoni izometrik (uch yoʻnalish boʻyicha oʻlchamlari bir-biriga yaqin) boʻlsa, kuzatuv nuqtalari orasidagi masofalar profillararo va profil ichidagi 201 yoʻnalishlar boʻyicha teng qabul qilinadi va toʻr shakli kvadratsimon koʻrinishga keladi. Razvedka toʻrlarining uchta asosiy – kvadrat, toʻgʻri toʻrtburchak va romb shaklidagilari mavjud. Bundan tashqari, uchburchak va koʻpburchak shaklidagi toʻrlar ham uchraydi. Koʻpincha razvedka jarayonida bir toʻr shakli boshqasiga oʻtishi mumkin. Kvadrat toʻr gorizontal qatlam koʻrinishidagi konlar, shtokverk va izometrik shakldagi konlarni razvedka qilish uchun qoʻllaniladi. Toʻgʻri toʻrtburchakli toʻr ikki asosiy yoʻnalishda turli darajadagi oʻzgaruvchanlikka ega boʻlgan foydali qazilma tanalarini razvedka qilishda qoʻllaniladi. Bunda toʻgʻri toʻrtburchakning uzun tomoni eng kam oʻzgaruvchanlikka ega boʻlgan ma’dan tanasi yoʻnalishiga mos boʻlishi kerak. Qisqa tomoni esa eng katta oʻzgaruvchanlikka ega tana yoʻnalishiga parallel boʻlishi kerak. Romb shaklidagi toʻr kvadrat (izotroplikda) va toʻgʻri toʻrtburchak (yaqqol anizotroplikda) toʻrlar uchun oraliq sharoitlarda qoʻllaniladi. Kvadrat toʻrga nisbatan romb shaklidagi toʻr ancha tejamli. 73-rasmda razvedka toʻrlarini ketma-ket zichlash variantlari keltirilgan. Razvedka toʻrining shaklini tanlashda razvedka tamoyillari inobatga olinadi. Toʻliq oʻrganish tamoyili kuzatuv nuqtalarining ma’lum tartibda joylashuviga asos boʻladi. Analogiya (tajriba orqali oʻxshash hollarda bir tamoyilni qoʻllash) tamoyili, oʻxshash foydali qazilma konlarida kuzatuv nuqtalari orasidagi masofa razvedka toʻrining shakli va yoʻnalishi boʻyicha ma’lumotlardan foydalanishga imkon yaratadi, ayniqsa, mufassal baholash bosqichida yordam beradi. 202 73-rasm. Razvedka toʻrining zichlanishi: A – lahimlar oʻrtasidagi masofaning 2 barobar kamayishi bilan razvedka toʻrining zichlanishi; b – konvert usuli bilan razvedka toʻrining zichlanishi; в – kvadrat toʻrning toʻgʻri toʻrtburchak toʻrga aylanishi; g – romb shaklidagi toʻrning toʻgʻri toʻrtburchak toʻrga aylanishi; 1 – birinchi navbatdagi lahimlar; 2 – ikkinchi navbatdagi lahimlar; 3 – uchinchi navbatdagi lahimlar. Katta maydonda, tadqiqot ishlari natijasiga asoslanib, bir qismiga oʻtib, katta masshtabda geologiya-qidiruv ishlarini unumli davom ettirish tamoyili razvedka toʻrini zichlashga, ya’ni kuzatish nuqtalari orasidagi masofalarni ikki barobar kamaytirishga asos yaratadi. Tadqiqot ishlarini samarali oʻtkazish tamoyili, ekstrapolatsiya usuli yordamida, ma’danni kesib oʻtgan burgʻilash quduqlari va kon lahimlari tashqarisida chegaralash doirasini oʻtkazish bilan bogʻliqdir. Geologik-tadqiqot ishlariga unumli mablagʻ va vaqt ketkazish tamoyili razvedka toʻrining optimal (me’yorli) zichligiga bogʻliqdir. Razvedka tizimini tashkil etuvchi kon lahimlari va quduqlar qabul qilingan razvedka toʻrining kataklar burchaklarida joylashishi kerak. Shu talab koʻzda tutilsa, razvedka chiziqlari boʻyicha tuzilgan qirqimlardagi ma’lumotlar ishonchli boʻladi. Ya’ni toʻrning shakli va yoʻnalishi foydali qazilma konlarining geologik tuzilishi xususiyatlariga, jumladan ma’danli tanalar morfologiyasi va ma’dan vujudga kelishi jarayonlarida hosil boʻlgan b d e 203 oʻzgaruvchanligiga toʻla e’tibor berilsa, toʻrlar zichligini kengaytirish natijasida vaqt hamda ketadigan mablagʻlarni unumli tejash mumkin.

Download 42.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling