Gruntlarning mexanik xossalari reja
Download 20.67 Kb.
|
GRUNTLARNING механик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gruntlarning zichlanish ko’rsatkichlari
GRUNTLARNING MEXANIK XOSSALARI Reja: 1.Gruntlarning zichlanish ko’rsatkichlari 2.Gruntlarning deformatsiya modulini zichlanish ko’rsatkichlari bo’yicha aniqlash 3.Gruntlarning suv o’tkazuvchanligi 4.Gruntlarning siljishga qarshiligi Gruntlarning zichlanish ko’rsatkichlari Tashqi yuk ta‘sirida grunt zarrachalarining o’zaro siljishi, surilishi va yanada zichroq joylashuvi natijasida ular orasidagi g’ovaklik kamayib, grunt zichlanadi. Inshootdan uzatiladigan amaldagi bosim qiymatlarida, grunt qattiq zarrachalarining hajmiy deformatsiyalanishi (zichlanishi) deyarlik sodir bo’lmaydi, shu sababli, gruntning zichlanishi undagi g’ovaklar hajmining kamayishi hisobiga yuz beradi. Ma‘lumki, serg’ovak va siljishga kam qarshilik ko’rsatadigan gruntlar zichlanuvchan bo’ladi. Gruntlarning zichlanishga moyilligini aniqlashda ular zarrachalari orasidagi bikr bog’lanish kuchining qiymati ahamiyatlidir. Tarkibida yuqori qiymatli bikr bog’lanish kuchiga ega bo’lgan qoya gruntlari amalda zichlanmaydi deb qabul qilingan. Gilli va sochiluvchan gruntlarning zichlanishi jarayonida qattiq zarrachalar o’zaro yaqinlashadi, natijada zarrachalar orasidagi bog’lanish kuchi oshadi. G’ovaklari suvga to’yingan gruntlar ma‘lum miqdordagi suvning sizib chiqishi hisobiga zichlanadi. Bu esa o’z navbatida, grunt namligining kamayishiga olib keladi. Tashqi yuk ta‘sirida gruntlarning zichlanishi hamma vaqt plastik (qoldiqli) deformatsiyalanish shaklida namoyon bo’ladi. Gilli va sochiluvchan gruntlarga xos bo’lgan bu xususiyat zichlanish qonuniyatiga bo’ysunadi. Gruntlarning zichlanish qonuniyatlarini maxsus asboblar (odometrlar, stabilometrlar va h.k.) yordamida o’rganish mumkin. 4.1-rasmda grunt namunasini odometrda sinash sxemasi ko’rsatilgan. Odometr tsilindrsimon taglikdan, xalqadan va porshendan tashkil topgan qurilmadir. Odometrda sinaladigan grunt namunasi suvga to’la to’yingan bo’lish kerak. Gruntdagi suvning, zichlanish jarayonida erkin chiqib ketishi uchun, odometr tagligi va porshenda maxsus teshikchalar qoldirilgan. Odometr suvli idish ichiga joylashtiriladi. Gruntni zichlanishga sinash jarayonida, porshen orqali namunada qo’shimcha bosim hosil qiladigan har xil qiymatlardagi kuch (N) ta‘sir ettirilsa, gruntning cho’kishi (S) kuzatiladi. Odometrdagi namuna faqat vertikal yo’nalishda siqilgani uchun, grunt g’ovakligining o’zgarishini quyidagicha ifodalash mumkin: n = S/h bu yerda h – namunanig boshlang’ich balandligi. Namunadagi qattiq zarrachalar hajmi sinov jarayonida o’zgarmasdan qoladi. Agar gruntning boshlangich g’ovaklik koeffitsientini е0 bilan belgilasak va (2.7)-ifodadan s = d(1+е0) ekanligini nazarda tutsak, (2.6)-ifodaga ko’ra, namunadagi qattiq zarrachalarning solishtirma hajmi: m = 1/( 1 + e0 ) . (4.2) (4.1)- va (4.2) formulalar nisbati g’ovaklik koeffitsientining o’zgarishini tavsiflaydi, ya‘ni: e = (1 + e0) S/h. e = e0 – e bo’lganligi uchun : e = e0 - (1 + e0) S/h. (4.3) Har xil p = N/A (bu yerda A - namunaning ko’ndalang kesim yuzasi) bosimlardagi g’ovaklik koeffitsientlari asosida qurilgan bog’lanishga kompression (zichlanish) egri chizig’i deyiladi (4.2 - rasm). O’zgaruvchan yuklanishning tabiiy pg bosimdan inshootni ekspluatatsiya qilish davridagi pэ bosimgacha bo’lgan oraliqlarida, zichlanish egri chizig’ini shartli ravishda AV to’g’ri chiziq bilan almashtirish mumkin. Ushbu holda g’ovaklik koeffitsientining o’zgarishi quyidagicha ifodalanadi: Download 20.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling