Laboratoriya ishi. Dumalanish podshibniklari konstruksiyasini
Download 201.07 Kb. Pdf ko'rish
|
7-лаборот (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dumalanish podshibniklari klassifikatsiyasi.
6-LABORATORIYA ISHI. DUMALANISH PODSHIBNIKLARI KONSTRUKSIYASINI O’RGANISH. Ishdan maqsad: Dumalanish podshibniklari asosiy turlarining klassifikatsiyasi, konstaruktsiyasi va belgilari bilan tanishish. Dumalanish podshibniklari klassifikatsiyasi. Dumalanish podshibniklari ko’yidagi asosiy ko’rsatkichlari bo’yicha klassifikatsiyalanadi. - qabul qiladigan yuklanishlar yo’nalishi bo’yicha, - dumalaydigan jism shakli bo’yicha, - konstruktiv ahamiyatli tomonlari va dumalovchi jismlar qator soni bo’yicha. 1. Podshibniklar qabul qilinadigan yuklanishning ta’siri yo’nalishi bo’yicha qo’yidagi guruhlarga bo’linadi. a) radial podshibniklar-faqat radial yuklanishlarni qabul qiluvchi podshibniklar. b) tirgak podshibniklar-faqat o’q bo’ylab ta’sir etuvchi hamda radial yuklanishlarni qabul qiluvchi podshibniklar. c) Tirgak-radial podshibnilklar o’q bo’ylab ta’sir etuvchi hamda radial yuklanishlarni aralash qabul qiluvchi podshibniklar. 2. Dumalovchi jism shakliga qarab sharikli (dumalovchi jism sharik) g’altakli (dumalovchi jism g’altak) guruhlarga bo’linadi. G’altakli podshibniklarning qo’yidagi turlari xozirgi kunda tayyorlanmoqda. a) qisqa-silindrik g’altakli b) uzun-silindrik g’altakli c) o’rama g’altakli podshibniklar d) ignasimon galtakli e) konussimon g’altakli f) sferik yoki sferik konussimon g’altakli 3. O’zi o’rnasha olish qobiliyatiga ko’ra podshibniklarning ko’yidagi turlari mavjud. a) o’zi o’rnasha oladigan b) o’zi o’rnasha olmaydigan 4. Dumalanish jismlar joylashish qatorlari soniga ko’ra podshibniklar qo’yidagi guruhlarga bo’linadi - bir qatorli podshibniklar - ikki qatorli podshibniklar, uch qatorli podshibniklar - to’rt qatorli podshibniklar - ko’p qatorli podshibniklar Download 201.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling