“ t a s d I q L a y m a n ”


Download 0.7 Mb.
bet1/7
Sana21.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1217645
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-lab-metro


8-LABORATORIYA


ELEKTRON OSSILLOGRAF O`LCHASH HARAKTERISTIKALARINI O`RGANISH


I. Ishning maqsadi
Bu amaliy ishni qilishdan maqsad elektron nur ossillografi (ENO)ning tuzilish va ishlash asoslarini, shuningdek uni o’lchash ishlarida amalda qo’llash usullarini o’rganishdan iboratdir.
II. Ishni bajarish tartibi
1. Elektron nur ossillografining tuzilishn va ishlash asoslari bilan tanishib, uning. old tomoniga joylashgan har bir boshqarish xamda uzib-ulash uchun muljallangan qismlarining ishlash va ularni ishlatish yo’llarini bilib oling.
Basharti, tekshiriluvchi kuchlanish siz tajribada ishlatayotgan ossillografning kirish qismiga beriladigan kuchlanish mikdoridan katta bo’lsa, kuchlanish bo’lgichlar yordamida uni zarur darajagacha kamaytirishni unutmang. Ayniqsa ossillograf bilan ishlaganda texnika xavfsizligini ta’minlash maqsadida asbobning kirish qismiga beriladigan katta kuchlanishli ishoralarni kuchlanishni pasaytiruvchi transformatorlar KPT (1, 2 va 3- rasmlarga qarang) orqali berishni unut­mang.

1-rasm. ENO ning sezuvchanligini aniqlash tarmogi



2- rasm. Lissaju shakli bo’yicha davriy tezliklarini aniqlash tarmogii

3-rasm. Faza siljish qiymatini aniqlash tarmog`i.

2. Bu ishda qo’llaniladigan ENO va boshqa xamma asbob-uskunalarning texnik ma’lumotlarini amaliy ishi daftaringizga yozib qo’ying.


3. Elektron nur ossillografi -ENO ni ishga tayyorlang. Bu ishni bajarish uchun berilgan uslubiy ko’rsatmaning 1-bandiga amal qiling.
4. O’rganilayotgan ENO ning sezuvchanligini tajriba yo’li bilan aniqlang. Bu ishni bajarish uchun 1-rasmda berilgan tarmokni yig’ib, o’qituvchi tekshirib berganidan keyingina uni ta’minlash manbaiga ulab, o’lchash ishlarini bajarasiz, olingan natijalarni esa 1- jadvalga yozib qo’ying. Bu o’lchash natijalari bo’yicha ENOning Sy=fi(ny) va Sx=f2(nx) egri chiziqlarini ko’ring, bunda ny va nx -kuchaytirishni rostlovchi rostlagich tutgichining holatini bildiradi.
5. Lissaju shakli bo’yicha berilgan elektr zanjiridagi o’zgaruvchan tokning davriy tezligini aniqlang. Bu ishni bajarish uchun 2- rasmda berilgan tarmokni yig’ing va o’qituvchi tekshirib bergandan keyin uni ta’minlash manbaiga ulab, o’lchash ishlarini bajaring. O’lchash vaqtida olingan ma’lumotlarni 2- jadvalga yozib qo’ying.
6. ENO ni qo’llab elektr zanjiridagi faza siljishini aniqlang. Bu ishni bajarish uchun 3- rasmda berilgan tarmokni yig’ing va o’qituvchi tekshirib bergandan keyingina uni ta’minlash manbaiga ulab, o’lchash ishlari­ni bajaring va olingan natijalarni 3- jadvalga yozing.

4-rasm. ENO yordamida elektr zanjir parametrlarini aniqlash tarmogi.

7. ENO yordamida elektr zanjirining Z, R, X va L parametrlarini aniqlang.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling