“ t a s d I q L a y m a n ”
O’lchash natijalaridan foydalanib, quyidagi ifoda
Download 0.7 Mb.
|
8-lab-metro
O’lchash natijalaridan foydalanib, quyidagi ifodamm/V, (1) yordamida tekshirilayotgan kuchlanishni ikkilangan tebranish kengligining ekrandagi tasviri ekanligini hisobga olib, ossillografning tik va yotiq chiziqlar bo’yicha kuchaytirgichlarining sezuvchanliklari aniqlanadi: mm/V, (2) mm/V, (3) Olingan ma’lumotlar 1-jadvalga yoziladi va bu ma’lumotlar bo’yicha =fi(ny) va Sx=f2(nx) bog’lanishlarni ko’rsatuvchi egri chiziqlar chiziladi. Bu bog’lanishlardagi n xarfi kuchaytirgich rostlagichi tutqichining holatini bildiradi. 3. ENO yordamida o’zgaruvchan tok davriy tezligini aniqlash. Bu ishni bajarish uchun 2- rasmda berilgan tarmok yig’ilib, o’qituvchi tomonidan tekshirilib berilgandan keyin LATR dan olingan namunali davriy tezlik fH ning rostlanuvchi kuchlanishini ossillografning yotiq chiziqlar kanalining kirish qismiga beriladi, o’lchanadigan davriy tezlikning kuchlanishi tovush davriy tezlikli generatordan ossillografning tik chiziqlar kanalining kirish qismiga beriladi. Ekrandagi hosil qilingan shakllarning barqaror tasvirini olish uchun tovush davriy tezlikli generator (TDG)ni oldindan 15-30 daqiqa vaqt oralig’ida qizdirib, ossillografning yoyilma generatorini esa uchirib qo’yish kerak ekanligini ham hisobga olib quyish kerak. Tik chiziqlar kanalining kirish qismiga beriladigan noma’lum davriy tezlik fx ossillograf ekranida hosil qilingan Lissaju shaklining parametrlari bo’yicha aniqlanadi: Gs, (4) Shuning uchun ham hosil qilingan tasvir shakllarini 2- jadvalga chizib, boshqa o’lchash natijasida. olingan ma’lumotlar ham shu jadvalga yozib qo’yiladi. Shu jadvaldagi ma’lumotlarga asosan o’lchanayotgan davriy tezliklarning son qiymatlari aniqlanadi. 4. Elektr zanjirlaridagi faza siljish qiymatlarini ENO yordamida aniqlash. Bu ishni bajarish uchun 3- rasmda berilgan tarmokni yig’ib, uni o’qituvchi tekshirib bergandan keyin elektr tarmogiga ulab, reostat Rv va Rx lar va voltmetr Uy va Ux lar yordamida kerak bo’lgan kuchlanishlarni hosil qilish lozim. Shundan sung faza rostlagichning qo’zgaluvchi qismi (rotori)ni asta-sekin. burab, ossillograf ekranida ellipsning tasvirini hosil qilish kerak. So’ngra ellipsning joylashish holati va uning o’lchamlari bo’yicha faza siljishining qiymati aniqlanadi. Shuning uchun ham faza rostlagich qo’zgaluvchi qismining 3 yoki 5 xil holati uchun qilingan tajriba ma’lumotlari va shu ma’lumotlar bo’yicha qilingan hisoblash natijalari 3- jadvalga yoziladi. 5. O’zgaruvchan tok elektr zanjirining parametrlarini ENO yordamida o’lchash. Bu masalani hal qilish uchun 4-rasmda berilgan elektr tarmogini yig’ib, o’qituvchi tekshirib bergandan keyingina u zarur kuchlanish manbaiga ulanadi. Shundan keyin ossillografning yoyish generatori YeG chiqishidagi kuchlanishni o’zgartirmasdan tovush darvriy tezlikli generator TDG chiqish qismiga ulangan va RH, Zx qarshiliklarga ega bo’lgan kurilmalardagi kuchlanishlar tushishi UH va Ux larni almashlab-ulagich AU yordamida navbatma-navbat ossillografning Y o’ki bo’yicha uning tik (vertikal) kirish qismiga berib (uzatib) o’lchanadi. Ossillografning plastinalariga oldin namunali rezistor (faol qarshilik qo’rsatkich) Rn dagi kuchlanish tushishi UH beriladi, buning uchun almashlab ulagich (AU) I holat bo’yicha ulanadi. Shy vaqtda ekranda tug’ri chiziq paydo bo’ladi. Undan keyin tik chiziq (vertikal) kanali kuchaytirgichi rostlanib, olinadigan yotiq chiziqning (5a- rasm) tik U o’kidagi soyasi (proyeksiyasi) Un ossillograf sezuvchanligini aniqlashda ekranda belgilangan chiziq uzunligiga teng bo’lishi kerak. Bordi-yu, ekranda tug’ri chiziq hosil bo’lmasa, u xolda ossillografning U va X o’qlari bo’yicha kuchaytirgichlarning faza siljishlari bir hil bo’lmaydi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling