Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqarishning horijiy tajribasi


Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqarishning horijiy tajribasi


Download 45.88 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi45.88 Kb.
#1525700
1   2   3
Bog'liq
ERKIN IQTISODIY ZONALARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHNING HORIJIY

1. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish va boshqarishning horijiy tajribasi
Erkin iqtisodiy zonalar — davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xoʻjalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalarz. koʻp hollarda davlatlararo tutash hududlarda (bir necha davlatlarning chegaralari tutashgan hudud), xalqaro aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yoʻllari tutashgan hududlarda tashkil etiladi.
Erkin iqtisodiy zonalarz.da alohida xalqaro huquqiy status joriy etiladi. Lekin u qayerda joylashishidan qatʼi nazar, shu mamlakatning ajralmas boʻlagi hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer ajratish, firma va kompaniyalarni tashkil etish, chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib chiqish, boj toʻlovlari, soliq toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, qaysi valyuta yoki valyutalar toʻlov vositasini oʻtashi, hududni boshqarish tartibi va boshqalar) qabul qilingan qoidalar asosida tezkorlik bilan bajariladi. Erkin iqtisodiy zonalarz.ni tashkil etishdan maqsad koʻplab yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib, rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yoʻl bilan mamlakat iqtisodiyotini tezkorlik bilan rivojlantirishdir.
Erkin iqtisodiy zonalarz.ni hozirgi zamon iqtisodiy integratsiya jarayonlarining mahsuli, deb qarash unchalik toʻgʻri emas. Uning tarixi juda koʻhna. Erkin iqtisodiy zonalarz. tarixi mil. boshlariga borib taqaladi. qadimiy finikiyaliklar, yunonlar va rimliklar savdo ishlarini rivojlantirish maqsadida chet el savdo kemalarining oʻz portlariga erkin kiribchiqishini va ularning xavfsizligini taʼminlaganlar. 16 va 17-asrlarda Yevropaning qator shaharlari oʻzlarini „erkin savdo shaharlari“ deb eʼlon qilganlar. Buyuk Amir Temur davrida Samarqand ana shunday erkin savdo markazi boʻlgan, mamlakatning barcha karvon yoʻllari hokimiyat himoyasiga olingan.2
Erkin iqtisodiy zonalarning har xil turlari mavjud: erkin omborxonalar, erkin bojxonalar zonalari, ilmiytexnika zonalari. Ular AQShda texnoparklar, Yaponiyada texnopolislar deb ataladi. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar (asosan, eksportga ixtisoslashgan) ham mavjud. Dastlabki Erkin iqtisodiy zonalarz.lardan biri Irlandiyada „Shennon“ aeroportida (1959) tashkil etilgan edi. Keyinroq shunday zona Angliyadagi „DogAylend“ aeroportida paydo boʻldi. Baʼzi Erkin iqtisodiy zonalarz, lar ancha yirik hududlarda tashkil etiladi. Mas, Braziliyadagi Manaus, Xitoydagi maxsus iqtisodiy hudud „Shenjen“ va boshqalar shunday zonalardir. Jahon amaliyotida Erkin iqtisodiy zonalarz.lar rivojlangan (Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, AQSH va boshqalar), shuningdek, rivojlanayotgan (Braziliya, Koreya Respublikasi, Malayziya va boshqalar) mamlakatlarida ham tashkil etildi. Erkin iqtisodiy zonalarz.ga chet el kapitalini jalb qilish Xitoy siyosatida ancha keng qoʻllanildi. 20-asr oxirlarida Erkin iqtisodiy zonalarz.lar Birlashgan Arab amirliklari, Rossiya va Polshada tashkil etildi. Rossiya va Xitoy hamkorligida tashkil etilgan Blyagovanichensk — Xeyxe, Qora dengiz boʻyi, Kaliningrad viloyatidagi „Yantar“ Erkin iqtisodiy zonalarz.lari ham shunday makonlardir. Hozir jahonda 600 dan ortiq Erkin iqtisodiy zonalarz. mavjud.
Oʻzbekistonda Erkin iqtisodiy zonalarz. gʻoyasi milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun ijobiy baholandi. Shu bois 1996-yilning 25-aprelda mamlakat parlamenti Oʻzbekiston Respublikasining „Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida“ qonunini qabul qildi. Bu qonun chet el investitsiyalari, savdo va sanoat sohalarining rivojlanishi, aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash uchun qulay sharoit yaratishga meʼyoriyhuquqiy asos yaratdi.
XX asrning ikkinchi yarimlaridan boshlab erkin iqtisodiy hudud (EIH) xalqaro iqtisodiyotning ajralmas qismi bo’lib kelmoqda. Jahon xo’jaligi aloqalarida erkin iqtisodiy hudud xalqaro tovaralmashinuvining faollashuvi, investitsiyalar mobilizatsiyasi, ish bilan bandlik darajasini o’sishi hisobiga iqtisodiy o’sish ko’rsatkichini tezlashtiruvchi omil sifatida qaralmoqda. Shu sababdan bugungi kunga kelib dunyo miqyosida EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga bo’lgan e’tibor, munosabat tobora ortib bormoqda. Jumladan, ayni vaqtga kelib O’zbekiston Respublikasida ham mavjud 14 ta hududning 12 tasida 21 ta EIHlar tashkil etilishiga asos solingan bo’lib, ularning huquqiy asoslari ishlab chiqilgan. Jahon amaliyoti tajribasi shuni ko’rsatadiki, EIHlar milliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan birgalikda, ishlab chiqarishga yangi, energiyatejamkor, zamonaviy yuqori texnologiyalarni olib kirish, ilg„or xorijiy menejment va marketing tajribalaridan foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar evaziga ichki bozorni import o’rnini bosuvchi tovarlar bilan to’ldirish, mamlakat eksport salohiyatini yanada oshirish, tashqi savdoni rivojlantirish, hududlarda yangi ish o’rinlari yaratish, valyuta tushumlari kirib kelishini ko’paytirish, oltin-valyuta zahirasi hajmini oshirish, iqtisodiy o’sishni ta’minlash, milliy valyuta barqarorligini mustahkamlash, Davlat budjeti daromadlarini oshirish va pirovardida, milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi va xalqaro raqobatbardoshligining yanada kuchayishiga keng yo’l ochib beriladi hamda unga xizmat qiladi. Dunyo miqyosida turli davlatlarda tashkil etilgan va etilayotgan EIHlar sonining ortib borishi va EIHlarga ega davlatlar sonining ham ortib borishi (bugungi kunga kelib, ularning soni 140 dan oshdi) ushbu EIHlarning o’zi nima, uning ahamiyati, muhimligi va samaralari, afzalliklari haqida yetarlicha tushuncha, tasavvur va bilimga ega bo’lish zaruriyatini kuchaytirib bormoqda. Shu sababdan ushbu masalaga jiddiy yondashish uni alohida fan sifatida o’rganish darajasiga ham olib chiqdi. Bu esa mazkur “Erkin iqtisodiy hududlar” fanini o’zlashtirishda, eng avvalo, EIHlarning mazmun-mohiyatini yaxshi o’rganish, bilish va u haqda yetarlicha tushunchaga ega bo’lishni taqozo etadi. Erkin iqtisodiy hududlar faoliyatini jahon fanida chuqur va har tomonlama o’rganish XX asrning 70 yillarida boshlandi. Hozirgi zamon ilmiy adabiyotida, mamuriy hujjatlarda, amaliyotda, erkin iqtisodiy hududlarni bildiruvchi xilma-xil atamalar qo’llashadi: “Erkin iqtisodiy hudud”, “Texnologik hudud”, “Erkin bojxona hududi”, “Maxsus iqtisodiy hudud”, “Erkin tadbirkorlik hududi”, “Erkin eksport hududi”, “Erkin savdo hududi”, “Bojsiz hudud”, “Qo’shma tadbirkorlik hududi”. XX asrning 80 yillarida erkin iqtisodiy hududlarning 20 ta3 , o’tgan asrning 90 yillarida 30 ta4 shakli bor deb hisoblaganlar. Ba’zi hozirgi iqtisodiy adabiyotlarda EIHlarni tavsiflovchi 40 dan ortiq atamalar borligi ham keltirib o’tilgan. Bugungi kunga qadar EIHlar mazmun-mohiyatini yoritish, EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishga doir xorijiy va mahalliy iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar tomonidan turli tadqiqotlar olib borilgan va shuning natijasida ko’plab ilmiy maqolalar, monografiyalar, dissertatsiya ishlari, risolalar, o’quv adabiyotlar hamda o’quv-uslubiy qo’llanmalar yaratilgan. Biroq, olib borilgan o’rganishlar EIHlar tushunchasiga xorijiy va mahalliy iqtisodchi-olimlar, mutaxassislar tomonidan berilgan turli ta’rif va talqinlar mazkur atamaning yagona ta’rifga ega emasligini, uning mazmuniga har bir mutaxassis o’z nuqtai nazari, bilim va faoliyat olib borish sohasiga asoslanib ta’rif berishganligini ko’rsatadi. Erkin iqtisodiy hududni hududiy xo’jalik jihatidan ham qadimiy, ham zamonaviy deb atash mumkin. Ularning ildizi qadim o’tmishga borib taqaladi, va mana shu vaqtning o’zida o’z amaliy faoliyatini zamonaviy rivojlanishda boyitadi. Amerikalik olimlar M.Fraze va R.Renalar fikricha, “erkin iqtisodiy hudud – bu iqtisodiy rivojlanish yo’lidagi insoniyatning eng qadimgi va va shu bilan birga eng zamonaviy g„oyalaridan biridir”5 . Rus olimi I.P.Fominskiy rahbarligi ostida chiqqan o’quv qo’llanmada6 erkin iqtisodiy hududlarga ushbu mamlakatda qabul qilingan umumiy xo’jalik faoliyati tartibiga nisbatan imtiyozlar beruvchi ma’lum bir hudud deb ta’riflanadi. Hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida erkin iqtisodiy hududlar katigoriyasini aniqlashda turli xil yondashuvlar mavjud. Bu munozara, asosan, ikki muammoni tahlil qilishga borib taqaladi: - umumlashtiruvchi tushuncha sifatida termin tanlash;
- xodisani kengroq, to’laroq ochib berish maqsadida uning aniq izohini topish. EIHlarni ta’riflovchi qarashlarning xilma-xilligi quydagilar bilan bog„liq: - ular asrlar davomida evolyusion tarzda rivojlanib, o’zgarib, takomillashib boradi; - bu rivojlanish turli mamlakatlarda va davrlarda mavjud bo’lgan turli tuman iqtisodiy muhitda sodir bo’lgan va bo’lmoqda; - ularning rivoji ichki va tashqi omillarga (geografik holat, ish kuchining o’ziga xosligi, jahon iqtisodiyoti konyukturasi va hokazo) juda kuchli ravishda bog„liqdir; - ilmiy-nazariy tushunib etishda, terminlashda va turkumlash yondashuvida darajaning yetarli emasligidir. Rossiyalik olimlardan biri D.Adrianov EIHlarga quyidagicha ta’rif beradi: “Erkin iqtisodiy hududlar milliy hududning bir qismi bo’lib, iqtisodiy muammolar yechimini topishda keng imkoniyatlarni yaratib beradi. Xorijiy hamda milliy tadbirkorlikning iqtisodiy faoliyatida muhim qulayliklarni yaratadi”7. E.F.Avdokushin esa “Erkin iqtisodiy hudud mamlakat yoki davlatning bir qismi bo’lib, aniq bir ijtimoiy-iqtisodiy va texnologiyalarga oid muammolarni yechimini hal qilishga yo’naltirilib, iqtisodiy faoliyat yurituvchilar uchun maxsus shartsharoitlar yaratib beradigan boshqaruvning maxsus ma’muriy tizimiga egadir”8, deb ta’kidlab o’tgan edi. Rossiyalik iqtisodchilardan A.Kuznetsov9 hamda S.A.Ribakov va N.A.Orlovalar10 ning keltirishicha, “Erkin iqtisodiy hudud – xorijiy tovarlar hech qanday bojxona to’lovlarisiz saqlanishi, sotilishi yoki xarid qilinishi mumkin bo’lgan hudud”. O’zbekistonlik Vaxabov A.V., Xajibakiev Sh.X., Muminov N.G. 10 va rossiyalik Danko T.P., Okrut Z.M., Igoshin N.V. kabi mualliflar bir ovozdan: “Erkin iqtisodiy hudud – bu mahalliy hamda xorijiy tadbirkorlar faoliyat yuritishi uchun maxsus imtiyozli iqtisodiyot amal qiladigan chegaralangan hudud”, - degan xulosaga kelishgan. Yuqorida EIHlar mazmuniga berilgan ta’riflardan quyidagi jihatlarni keltirib o’tish mumkin:
Jaxon tajribasi va amaliyotida xar bir mamalakatning o‘z milliy iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha o‘ziga xos tajriba va an’analari mavjud. Hozirda rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiyoti taraqqiy etishiga asos bo‘lgan usullardan biri bu mamlakatda ma’lum bir xududni yoki butun bir kichik mamlkatlar o‘z iqtisodiyotini erkin iqtisodiy makonga aylantirib rivojlanish sari qadam qo‘yganlar.
Erkin iqtisodiy makonlarni asosan muayyan bir davlatning ma’lum bir mintaqasi yoki alohida bir hududida tashkil etish iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanadi. Ammo hududi va ma’muriy boshqaruv tizimi uncha katta bo‘lmagan alohida davlatlarning butun iqtisodiyoti erkin iqtisodiy makonlarga aylantirilgan hollar ham uchrab turadi. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishdan asosiy maqsad qisqa muddatlarda mamlakatni rivojlangan jahon hamjamiyati a’zolari qatoriga qo‘shish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tezlashtirishdan iborat.
Ushbu makonlarning tashkiliy tuzilishi va nomlanishi turlicha bo‘lsada, ularni tashkil etishdan asosiy maqsad imkon qadar xorijiy investitsiyalarni, zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb qilish hisobiga mavjud iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va jahondagi rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olish orqali aholi turmush darajasini yaxshilashdir.
Tarixiy manbalar dalolat berishicha, erkin bojxona va tovarlarning tranzit makonlari bundan bir necha asr oldin paydo bo‘lgan bo‘lib, ular davlatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishda keng qo‘llanilgan. Masalan, SHarq va Evropani bevosita savdo orqali bog‘lab kelgan Buyuk Ipak yo‘lini bojxona va mahsulotlarni tranzit qilish erkin makoniga misol bo‘la oladi.
Erkin iqtisodiy makonlarning qaror topishini tavsiflovchi belgilar orasida quyidagi omillar alohida o‘rin tutadi:

  • investor uchun hududning iqtisodiy jug‘rofiy holati juda qulay bo‘lishi shart;

  • kamida mintaqaviy ahamiyat kasb etuvchi magistral yo‘llarning kesishgan joylari bo‘lishi lozim;

  • dengiz va daryo portlariga yaqin bo‘lishlari kerak;

  • aeroportlar xalqaro maqom olgan bo‘lishlari lozim.

Erkin iqtisodiy makonlarda ma’muriy boshqaruv tizimi alohida bir maxsus maqomga ega bo‘lib, investorlar xom ashyo va materiallarni import qilish hamda tayyor mahsulotlarni eksport qilish jarayonida bojxona to‘lovlaridan to‘liq ozod qilinadi yoki makonning ma’muriy boshqaruv organlarini moliyalashtirishga etarli darajadagi imtiyozli soliq to‘lovlari o‘rnatiladi. Investorlarning mulkka egalik qilish huquqi kengayadi va ularga keng ko‘lamli soliq ta’tillari taqdim etilishi bilan birga, bojxona nazorati minimal darajaga tushiriladi.
Dunyo tajribasida har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, bir nechga ko‘rinishdagi erkin iqtisodiy makonlar mavjud bo‘lib, ularning tarkibi quyidagilardan iborat:

  • Erkin savdo makonlari. Ushbu makonning o‘ziga xos belgilari shundan iboratki, ular kamida mintaqa ahamiyatiga ega bo‘lgan magistral yo‘llar kesishgan joylarda, shu jumladan, dengiz va daryo bandargohi yonidagi portlar hududida tashkil etiladi. Ularda bojxona to‘lovlari va tranzit yig‘imlari minimal darajada bo‘lishi shart.

Ishlab chiqarishsanoat makonlari. Mazkur makonni tashkil etishdan asosiy maqsad xorijiy bozorlarga tayyor mahsulotlarni eksport qilish bo‘lib, davlatning iqtisodiy salohiyatini tayyor mahsulotlar orqali reklama va targ‘ibot qilishdir. Natijada, mamlakatga chet el investorlarining qo‘shimcha sarfxarajatlarsiz kirib kelishi uchun ruhiy ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlari paydo bo‘ladi.

  • Ilmiy-texnikaviy va ilmiy ixtiro makonlari. Ushbu makonlar tarkibiga tashqi bozorni kompyuter va boshqa hisoblash texnikalari orqali zabt etish maqsadida mavjud texnologik parklar zamirida tashkil etilgan «Texnopolis» makonlari kiradi.

  • Xizmat ko‘rsatish (servis) makonlari. Ushbu makon shaklining o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda turli ko‘rinishdagi moliyabank markazlari, sug‘urta bozorlari va fond birjalari tashkil etiladi. Bundan asosiy maqsad moliyabank xizmatidan keng imtiyozlar berish hisobiga yuqorisalohiyatga ega xorijiy investorlarning likvidli kapitallarini jalb qilishdir11.

Muayyan ustavga ega bo‘lgan erkin iqtisodiy makonlarning keng tarqalishi o‘tgan asrning 50 yillari oxirida boshlangan.
Hozirgi paytda erkin iqtisodiy makonlarning aksariyati Amerika va Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari hududlarida joylashgan. Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, erkin iqtisodiy makonlarning alohida mamlakatdagi samarali tashkil etilishi va faoliyat yuritishi avvalo undagi siyosiy barqarorlik, investitsiyalarni kafolatlash, sifatli va zamonaviy infratuzilma xizmatlari tashkil etilganligi, ishchi va xizmatchilarning mahorati va malakasi, ma’muriy boshqaruv tuzilmalarining qulay tashkil etilganligiga bog‘liedir.
Dunyo amaliyotida, mamlakatlar o‘zlarining iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab, o‘z iqtisodiga, jug‘rofiy joylashishiga mos keladigan erkin iqtisodiy makon turlarini tanlab, joriy etganlar. Masalan, G‘arbiy Evropa davlatlari dengiz portlarida yuklarni ortishtushirish ishlarini ortiqcha rasmiyatchiliksiz va bojxona to‘lovlarisiz amalga oshirish maqsadida, ko‘plab erkin savdo makonlari tashkil etishgan. Erkin aeroport makonlari tashkil etish Buyuk Britaniya davlatiga xos bir amaliyot bo‘lsa, moliyabank markazlari va Offshor makonlar SHveysariya, Lixtenshteyn, Normandiya orollarida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. AQSH va YAponiyada «Texnopolislar rivojlanishiga qulay sharoit yaratilib, hozir ularda keskin yuksalish pallasi boshlandi. Dunyodagi eng katta «Texnopolis AQSHdagi erkin iqtisodiy makonda joylashgan bo‘lib, u Silikon vodiysi deb nomlanadi va hozirgi paytda jahonda ishlab chiqarilayotgan kompyuter va boshqa hisoblash texnikalarining qariyb 20 foizi ayni shu makonda tayyorlanib, dunyoning turli mamlakatlariga realizasiya qilinmokda.
SHarqiy Osiyoda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish bo‘yicha Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur va Tayvan mamlakatlari peshqadamlik qilmokda. Xitoyda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish uchun asosan dengiz bandargohiga yaqin bo‘lgan hududlar va mintaqaviy ahamiyat kasb etadigan transport magistrallari kesishgan joylar tanlab olindi. Dastlabki makonlar 70-yillar oxirida tashkil etila boshlangan. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishda quyidagilarga erishish asosiy maqsad qilib belgilangan12:

  • xorijiy kapitallarni, texnika va texnologiyalarni jalb etishni maksimal rag‘batlantirish hamda intellektual mehnat o‘rnini bosadigan texnika korxonalarini tashkil etish;

  • tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va mamlakatning jahon mehnat taqsimotida keng ishtirok etishini ta’minlash, eksport hajmini oshirish hisobiga valyuta tushumini ko‘paytirish;

  • erkin iqtisodiy makonlarda zamonaviy tovarlarni ko‘plab ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqaruv tajribalarini o‘rgatadigan maktablardagi ilg‘or tajribalarni mamlakatning qolgan xududlariga ham keng joriy etish;

  • erkin iqtisodiy makonlarda faoliyat yuritayotgan ishchi va xizmatchilarning turmush darajasini Singapur, Gonkong boshqa industrial davlatlardagi fuqarolar turmush darajasiga etkazish;

  • mamlakatda ortiqcha va arzon ishchi kuchidan samarali foydalanib, vujudga kelayotgan ijtimoiy iqtisodiy tanglikni oldini olish.

Sobiq sho‘ro respublikalar o‘rtasidagi rejali iqtisodiy aloqalar uzilganidan so‘ng, har bir respublika o‘z hududida imkon qadar erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etishga kirisha boshladi. Erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish bo‘yicha ular orasida Rossiya Federasiyasi etakchi o‘rinni egallamokda. 1990-1991 yillarda erkin iqtisodiy makonlar soni 12 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi paytda ular 20 tadan ortib ketgan. Biroq tashkil etilgan bu makonlarning ayrimlari rivojlana olmayapti. Masalan, Ingushetiya Respublikasida tashkil etilgan Xalqaro biznes markazi faoliyati hozir to‘xtatilgan. Eng faol rivojlanayotgan erkin iqtisodiy makonlar Kaliningrad, Leningrad va Magadan viloyatlari hisoblanadi. Qolgan mintaqalarda tashkil etilgan erkin iqtisodiy makonlarning iqtisodiy samarasi ko‘ngildagidek bo‘lmayapti.
Taxlilchilar fikriga qaraganda, rivojlanishga salbiy ta’sir etayotgan asosiy omil ko‘pchilik erkin iqtisodiy makonlar mamlakatning ichkarisida joylashganligi, ularning dengiz va daryo bandargohidan ancha uzoqligi va infratuzilma xizmatlarining talab darajasida emasligi bilan bog‘likdir. CHunki infratuzilmani yaxshilashga mahalliy va federal byudjetdan moliyaviy resurslar etarlicha saflanmayotir.
Mamlakatimizda siyosiy mustaqillikka erishilgan dastlabki paytlardan boshlab, iqtisodiyotga zamonaviy texnika va texnologiyalarni xorijiy investitsiya shaklida jalb qilishga asosiy e’tibor qaratilmokda. Xorijiy investitsiyalarni respublika viloyatlarida teng taqsimlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish maqsadida, marketing tadqiqotlaridan keng foydalanish bilan bir qatorda, erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etish va rivojlantirish ishlari ustida ham keng amaliy tadbirlarni bajarish davom etmokda. Pirovardida, Andijon, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida xorijiy investitsiyali zamonaviy korxonalar barpo etilib, mehnat resurslarini yuqori darajada ish haqi bilan ta’minlaydigan ish o‘rinlari ham ochilmokda. SHu jumladan, respublikaning jahon hamjamiyatida salohiyatli a’zo sifatida tanilishiga yorqin hissa qo‘shuvchi, davlat byudjetiga salmoqli soliq to‘lovchi sub’ektlar paydo bo‘lib, ular byudjet kamomadini qisqartirishga ulkan hissa qo‘shmokda.
Xorijiy investitsiyalarning kirib kelishini tezlashtiruvchi asosiy omil mamlakatda erkin iqtisodiy makonlarni tashkil etib, ularning ma’muriy boshqaruviga keng huquqiy imtiyozlar, investorlarga esa moliyaviy imtiyozlarni kafolatlab berishdir.
"Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida"gi qonunning 5-moddasida jahon amaliy tajribasida mavjud bo‘lgan erkin iqtisodiy makon turlarining qariyb barchasi aks ettirilgan bo‘lib, xorijiy investorlarni kafolatlash uchun ularda barcha asoslar mavjud. Hukumatimiz tomonidan katta imkoniyatlar berilishiga qaramay, mavjud holat bizni to‘la qanoatlantirmaydi. Masalan, erkin iqtisodiy makonlarning hech bo‘lmaganda bitta turini zamonaviy ko‘rinishda tashkil etish va rivojlantirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan.
Xaritaga nazar tashlasak, dunyoning hech bir okeaniga chiqishi uchun bizda to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l yo‘qligi, buning uchun kamida ikkita davlat hududini bosib o‘tish kerakligi ma’lum bo‘ladi. Bu jug‘rofiy jihatdan yuqorida tahlil qilgan mamlakatlarga nisbatan ancha noqulay joylashganligimizdan dalolat beradi. Bu albatta erkin iqtisodiy makonlarni keng ko‘lamda tashkil etishimizga to‘siq bo‘ladi. Biroq respublikamiz Buyuk Ipak yo‘li ustida va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida joylashganligini hisobga oladigan bo‘lsak, aholi soni jihatidan etakchi o‘rinni egallashimizni inobatga olib, mintaqa darajasida erkin savdo makonlarini tashkil etishimiz uchun etarli imkoniyatlar mavjud ekani ayon bo‘ladi. Mamlakatimiz mutaxassislari ilmiy salohiyati jihatidan eng yuqori o‘rinlardan birini egallashi bir necha bor qayd etilgan. SHunday ekan, ular salohiyatidan samarali foydalanish uchun, avvalo, erkin ilmiy texnikaviy yoki «Texnopolis» makonlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Buning uchun mahalliy ma’muriy tashkilotlar erkin iqtisodiy makonlar infratuzilmasini yaxshilashga moliyaviy yordam berishi lozim. SHunda bu boradagi maqsadlarga erishish uchun zamin yaratiladi. Natijada, mamlakatimizga xorijiy investitsiyalar kirib kelishi ko‘payadi, shuningdek, mahalliy investitsiyalarning rivojlanishiga keng imkoniyatlar paydo bo‘lardi13.
 Xozir jaxonda 4 mingdan ortik erkin iktisodiy zonalar mavjuddir. Ular turli vazifalarni bajarishi konkret maksad kilib kuygan.
 Maxsus imtiyozlar, barkaror konuniy baza va tashkiliy muolajalarni soddalashtirish tufayli xorijiy kapitalni va il\or texnologiyalarni jalb etish.
 Tayyor maxsulot eksportini kengaytirish uchun mexnat taksimoti afzalliklaridan foydalanish.
 Mamlakat va mintaka byudjetiga valyuta tushumini usishi.
 YAngi ish joylarini yaratish.
 Tashkil kilish, boshkarish va moliyalash soxasida jaxon tajribasini o‘rganish va amaliyotga joriy etish xisobidan ish kuchi malakasini oshirish;
Erkin iktisodiy zonalar ishlab turishini taminlovchi xorijiy investorlar bir kator afzalliklarga ega buladilar: imtiyozli soliklar, milliy bozorga kirish, kam unumli chikimlarni taminlash, shu jumladan, arzonroq ish kuchi xisobidan qoplash, pasaytirilgan foiz stavkalari buyicha moliyalash imkoni, erga mulkchilik xukuki.
Erkin iktisodiy zonalar jaxon mikyosida migratsiya kilib yurgan kapitallar uchun "qopqon" vazifasini utaydi. Xorijiy kapitalni milliy iktisodiyotga jalb qilishdan tashqari sanoat erkin iktisodiy zonalarini yaratilishini 3 asosiy vazifa bilan bo\laydilar:
 Sanoat eksportini ra\batlantirish va buning asosida valyuta mabla\larini qulga kiritish;
 Bandlik darajasini oshirish;
 Zonalardan xujalik yuritishning yangi metodlarini joriy kilish uchun sinov maydoni poligon sifatida foydalanish.
Erkin iktisodiy zonalarning yana bir afzallik xususiyati shundaki milliy mamlakat xorijiy kapital uchun uz iktisodiyotini tula ochib berishni yoki maxsus investitsion iqlimdan tula foydalanishni xoxlamaydi, maxsus zona sifatida qisman, lokal ochiqlik sifatida qullaydi.
Turli mamlakatlarda konkret vazifasiga qarab erkin iktisodiy zanalarning yaratilishi maqsadlari turli tuman bulishi mumkin: AKSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, YAponiya depressiyaga uchragan xududlarda mayda va o‘rta biznesni jonlantirish maksadida xududiy siyosat sifatida amalga oshadi va tadbirkorlarga boshka rayonlarga karaganda ko‘proq faoliyat erkinligi moliyaviy imtiyozlar beriladi. Ushbu programmalar xorijiy kapitalni jalb kilishga karatilmagan.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda xam tuzilayotgan erkin iktisodiy zonalardan maksad ilgari iktisodiy jixatdan qoloq bulgan rayonlarni rivojlanayotgan rayonlarga aylantirish bulgan, lekin bu erda diqqat etibor xorijiy kapitalni jalb kilishga karatilgan.
Erkin iqtisodiy zonalar turlari:



Savdoga yo‘naltirilganlari

Sanoat ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.

Texnik zonalariga yo‘naltirilgan

Servis yo‘naltirilgan

1.

Erkin bojxona

Importni o‘rnini bosuvchi

Texnopolis

Offshor

2.

Bond omborlari

Eksport i.ch

Texnopark

Moliyaviy markazlar

3.

Erkin port

Sanoat parklari

YAngi va yuksak texnologiyalarni rivojlantiruvchi zonalar

Bank xizmatlari

4.

Erkin savdo zonasi

Makiladoras




Turistik xizmatlar













ekopark

Erkin ikisodiy zonalarni tuzishda ikki konseptual yondashish mavjuddir: territorial va funksional. 1- yondashuvda zonadagi barcha resident korxonalari xujalik mijozlardan foydalanadilar. 2 -yondashuvda esa zona bu xujalik yurituvchi muayyan shakliga, soxa, korxonaga nisbatan mamlakatning kaysi nuqtasida bulmasin imityozli rejim sharoit kullandi. 1 tipga Xitoyning, Braziliyaning Manaus va rivojlanayotgan mamlakatlatdagi eksport ishlab chikarish zonalar kiradi. 2 tipga offshor zonalar, "dpyuti fri" magazinlar kiradi.
Vaqt o‘tishi bilan sanoat zonalari uzgarib bordi ularning xududlariga nafakat tovarlar balki kamyob kam keltiriladigan, ularda ishlab chikarish faoliyati bilan xam shugullana boshlashdi. Natijada sanoat ishlab chikarish zonalari paydo buldi.
Dastlabki erkin savdo zonalari xalkaro savdoni rivojlantirishga karatilgan siyosat vositasi bulganligi sababli, ular tovarlar xarakatining xalkaro yunalishlariga yaqin joylashgan mintakalarda keng yoyilgan.
Sanoat ishlab chikarish zonalari maxsus bojxona rejimi mavjud bulgan eksportga muljallangan yoki importni urnini koplaydigan maxsulot ishlab chikariladigan xududda tuziladi. Bu xududlar sezilarli darajada soliq va moliya imtiyozlaridan foydalanish rejimida davlat sanoatining eng ustivor tarmoklarini rivojlanishi taminlaydi. Bazan pirovard maxsulot import uskunlar va texnologiyalar yordamida maxalliy xom ashyodan ishlab chikariladi.
Ilmiy texnologiya zonalari III-avlod zonalaridir. Xozirgi adabiyotda ularni texnoparklar (A+SH) texnopalislar (YAponiya) deb ataydilar. Ularning xududlarida yirik ilmiy tadqiqot markazlari Universitet tevaragida joylashgan ko‘p bo‘lim talab qiluvchi firmalar shaklida ilmiy va ishlab chiqarish texnologik faoliyati birlashadi. Bunday zonalar barcha moddiy va mexnat resurslarini yani texnologiyani sanoatga tezkor joriy qilish uchun safarbar etish maqsadida tuzildi. Eng mashxur texnopark bu silikon Vellidir. U A+SH ning Kaliforniya shtatiga yaqin joylashgan va komppyuter xisoblash texnikasiga zarur bo‘lgan extiyot qismlarning 20% ni etkazib beradi. Bu zonada 20 ming ishchi xizmatchi ishlaydi va bunday zonalardan A+SH da 80 dan ortiq. YAponiyada texnopolislar 20 dan ortiq Xitoyda esa 20 ga yaqin yangi va yuksak texnologiyalarni rivojlantirish mavjud.
IV-avlod-offshor zonalardir: ro‘yxatdan o‘tkazilgan korxonalar ishlab chiqarish faoliyati bilan shu\ullanmasdan, faqat vositachilik bilan shu\ullanadi. Bank va tijorat ishidagi maxfiylik eng oliy darajada. Xozir jaxonda 300 dan ortiq offshor markazlari bor. Offshor zonalari mavjud bo‘lgan mamlakatlar quyidagilar.
Lixtenshteyn, Panama, Normand orollari, Men oroli, Antilp va Modeyra orollari, Liberiya. SHvetsariya, Gibraltor, Malpta va Mavrikiydi.
Erkin iqtisodiy zonalarning umumiy xarakterli tomoni shundaki ularda ushbu mamlakatda tadbirkorlarga qo‘llanadigan umumiy rejimga qaraganda qulay bojxona investitsion moliyaviy imtiyozlari va afzalliklarning mavjudligidir.
Qisqa 30 yil mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotining har sohalari bo‘yicha rivojlanish eshiklari ochildi, ya’ni qishloq ho‘jaligi (paxta, g‘alla, baliqchilik, go‘sht va sut, dorivor o‘simliklar, meva-sabzovot, poliz va boshqa) mahsulotlarini qayta ishlashga alohida urg‘u berildi. Og‘ir sanoatning neft va gazni qayta ishlash, tog‘- kon, kimyo sanoati, mamlakatimizda yangi tarmog‘i hisoblanmish avtomobil sanoati va boshqa tarmoqlarlarning rivojlanishi orqali O‘zbekiston agrar respublikadan industrial agrar respublikaga o‘tishi natijasida mamlakatimiz aholisining turmush darajasini ortishiga olib kelmoqda. Bu amaliy ishlarni bajarishda mamlakatimizda qulay investitsion muhitning yaratilishi orqali rivojlangan mamlakatlar bilan qo‘shma korxonalar tuzilmoqda. Investorlarni jalb etish orqali mamalakat iqtisodiyotini rivojlantirishga, yangi ish o‘rinlarning yaratilishiga, xom-ashyodan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga, asosiysi import ulushini kamaytirishga xizmat qiladi. Mamlakat investitsiya muhitining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar14. Iqtisodiy holat- Mamlakat to‘lov balansining holati, valyuta pul tizimi barqarorligi, tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanganligi, ichki bozor sig‘imining kattaligi, inflyatsiya darajasi, YaIM, sanoat va qurilish xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari. Huquqiy baza – Yangi sharoitlarga mos keladigan, mamlakat va uning alohida tarmoqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqaradigan farmonlar, qarorlar, nizomlar, yo‘riqnomalarning mavjudligi. Tabiiy xomashyo resurslari - Mineral, xomashyo, yoqilg‘ienergetika va suv resurslari zaxiralari, qishloq xo‘jaligi xomashyosi ishlab chiqarish hajmlari. Mehnat resurslari va bandlik – Iqtisodiy faol aholi soni, band aholi ulushi, ishsizlik darajasi xizmatchilar daromadi darajasi, kadrlarning malaka darajasi. Ishlab chiqarishning texnik bazasi – Asosiy ishlab chiqarish fondlarining, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, uskunalarning foydalanish muddati tarkibi, asosiy fondlarning eskirishi darajasi. Ilmiy-texnika salohiyati – Iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hajmlari. Investitsiya tavakkalchilik darajasi. Ishlab chiqarishning texnik jihozlanishi, fan-texnika yutuqlaridan foydalanish va ITTKI sohasining rivojlanishi holati, mahsulotning fan sig‘imkorligi katta va yuqori texnologik turlarini ishlab chiqarish. Moliya-kredittizimi – Soliq va kredit siyosati, iqtisodiyotning real sektori korxonalarning foydalilik va rentabellik darajasi. Narx siyosati va narxni shakllantirish siyosati. Infratuzilma – Bank tizimi rivojlanish holati, transport, kommunikatsiya xizmatlari va mehmonxona xo‘jaligi sohalari, tovar va fond birjalari, marketing, konsalting, auditorlik xizmatlari, sug‘urta sohasi tarmog‘ining ishonchliligi. Ekologik vaziyat - Atrof-muhitning ifloslanishi darajasi, radiatsion fon, zararli chiqindilar. Bugungi kunda mamlakatimizda EIZ tashkil etish uchun barcha me’yoriy xujjatlar, ichki imkoniyatlar, tabiiy resurslar, xizmat ko‘rsatish, ilmiy salohiyat, mehnat resurslar yetarlicha tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 26 oktabrdagi PF-4853-sonli “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi, 2018 yil 1 avgustdagi PF-5495-sonli “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2019 yil 13-sentabrdagi PF-5825-sonli “Chiroqchi erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi, 2018 yil 18 sentyabrdagi PF-5540-sonli “Termiz erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to’g’risida”gi, 2021 yil 21 dekabrdagi PF-73 - sonli “Termiz erkin iqtisodiy zonasi hududini kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonlari, 2019 yil 8 yanvardagi PQ-4102-sonli “Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida”gi, 2019 yil 29 iyuldagi PQ-4406-sonli “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2020 yil 1 maydagi PQ-4702- sonli “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Qarorlari hamda boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimizda juda katta ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Bizga ma’lumki bugungi kunda mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyotini yanada mustahkamlash maqsadida Prezidentimizning Qarorlariga asosan 21 ta erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilib, ulardan 19 tasi sanoat, 1 tasi qishloq xo‘jaligi va 1 tasi turizm sohasiga ixtisoslashgan. Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida erkin iqtisodiy zonalar (EIZ)ning o’rni yuqori bo’ladi. EIZ deganda nimalarni nazarda tutiladi hamda qaysi sohalarni o’zichiga qamrab olishiga to’xtalishimiz kerak. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor N.To’xliyevning ta’biricha Erkin iqtisodiy zonalar-davlatlararo kelishuvlarga yoki maxsus qonunlarga muvofiq, xoʻjalik va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish uchun imtiyozli soliq, moliya, huquqiy sharoitlar joriy qilinadigan muayyan hududlar. Xorijiy va mahalliy tadbirkorlarni jalb etish maqsadlarida tashkil etiladi va ularda zarur ishlab chiqarish va ish yuritish infratuzilmasi barpo etiladi. Erkin iqtisodiy zonalar koʻp hollarda davlatlararo tutash hududlarda (bir necha davlatlarning chegaralari tutashgan hudud), xalqaro aeroportlar, port shaharlarda yoki transport yoʻllari tutashgan hududlarda tashkil etiladi2 . Bizga ma’lumki, erkin iqtisodiy zonalarda alohida halqaro huquqiy imkoniyatlar yaratiladi. EIZning joylashishidan qatʼiy nazar, shu mamlakatning ajralmas maydoni hisoblanadi, barcha amaliyotlar (yer ajratish, firma va kompaniyalarni tashkil etish, chegaradan yuklarni, tovarlarni olib kirish va olib chiqish, infratuzilma, boj toʻlovlari, soliq toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, qaysi valyuta yoki valyutalar toʻlov vositasini oʻtashi, hududni boshqarish tartibi va boshqalar) qabul qilingan qoidalar asosida tezkorlik bilan bajariladi. Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan maqsad koʻplab yangi texnologiya, investitsiyalarni jalb qilib, rivojlangan iqtisodiy makon yaratish va shu yoʻl bilan mamlakat iqtisodiyotini tezkorlik bilan rivojlantirishdir. Erkin iqtisodiy zonalarni hozirgi zamon iqtisodiy integratsiya jarayonlarining mahsuli, deb qarash unchalik toʻgʻri emas. Erkin iqtisodiy zonalarning tarixi qadimiy finikiyaliklar, yunonlar va rimliklar savdo ishlarini rivojlantirish maqsadida chet el savdo kemalarining oʻz portlariga erkin kirib chiqishini va ularning xavfsizligini taʼminlaganlar. XVI va XVII-asrlarda Yevropaning qator shaharlari oʻzlarini "Erkin savdo shaharlari" deb eʼlon qilganlar. Buyuk Amir Temur davrida Samarqand ana shunday erkin savdo markazi boʻlgan, mamlakatning barcha karvon yoʻllari hokimiyat himoyasiga olingan. Erkin iqtisodiy zonalarning har xil turlari mavjud: erkin omborxonalar, erkin bojxona zonalari, ilmiy texnika zonalari. Ular AQShda texnoparklar, Yaponiyada texnopolislar deb ataladi. Shuningdek, maxsus iqtisodiy zonalar asosan, eksportga ixtisoslashgan bo’ladi. Dastlabki Erkin iqtisodiy zonalarlardan biri Irlandiyada "Shennon" aeroportida tashkil etilgan. Keyinroq shunday zona Angliyadagi "DogAylend" aeroportida paydo boʻldi. Baʼzi Erkin iqtisodiy zonalar ancha yirik hududlarda tashkil etiladi. Masalan, Braziliyadagi Manaus, Xitoydagi maxsus iqtisodiy hudud "Shenjen" va boshqalar shunday zonalardir. Jahon amaliyotida Erkin iqtisodiy zonalar rivojlangan (Buyuk Britaniya, Germaniya, Niderlandiya, AQSH va boshqalar), shuningdek, rivojlanayotgan (Braziliya, Koreya Respublikasi, Malayziya va boshqalar) mamlakatlarida ham tashkil etilgan. Erkin iqtisodiy zonalarga chet el kapitalini jalb qilish Xitoy siyosatida ancha keng qoʻllanildi. 20-asr oxirlarida Erkin iqtisodiy zonalar Birlashgan Arab amirliklari, Rossiya va Polshada tashkil etildi. Rossiya va Xitoy hamkorligida tashkil etilgan Blyagovanichensk - Xeyxe, Qoradengiz boʻyi, Kaliningrad viloyatidagi "Yantar" Erkin iqtisodiy zonalari ham shunday makonlardir. Hozir jahonda 600 dan ortiq Erkin iqtisodiy zonalar mavjud. Oʻzbekistonda Erkin iqtisodiy zonalar gʻoyasi milliy iqtisodiyot taraqqiyoti uchun ijobiy baholandi. Shu bois 1996-yilning 25-aprelda mamlakat parlamenti Oʻzbekiston Respublikasining "Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida"gi qonunini qabul qildi. Bu qonun chet el investitsiyalari, savdo va sanoat sohalarining rivojlanishi, aholini ish bilan taʼminlashni yaxshilash uchun qulay sharoit yaratishga meʼyoriy huquqiy asos yaratdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bugun Xitoy iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘rinda turadi, bunda Xitoy davlati dunyodagi biznes munosabatlarini zudlik bilan o‘zgartira olganligi sababli erishgan. Arzon ish kuchi, tizimli mehnat evaziga Yevropadagi oddiy narsalardan tortib jahon talabiga javob beraoladigan turli mahsulotlarning narxini arzonlashishiga sabab bo‘ldi. Qolaversa, Xitoy Afrika qit’asining eng yirik investoriga aylandi, Pekin Yevropa yoki Amerikani emas, aynan “Qora qit’a"ni o‘zining asosiy hamkori hisoblaydi. Bugungi kunda Xitoy mahsulotlarini dunyoning barcha joylarida ko‘rish mumkin, XXI asrga kelib u chindan ham “Dunyo fabrikasi"ga aylana oldi. Jahondagi fotoapparatlarning 50%ini, konditsionerlarning 30 foizi, kiryuvish mashinalarining 25 foizi va sovutgichlarning qariyb 20 foizi aynan shu yerda ishlab chiqarilyapti. Alohida qayd etish kerakki, Xitoy taraqqiyotida erkin iqtisodiy zonalarning o‘rni katta bo‘lgan. Ayni vaqtda bu yerda to‘rtta maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatmoqda - Shenchjen, Chjuxay, Shantou va Syamen. Bundan tashqari, 14 ta erkin savdo zonasi, 53 ta yuqori va yangi texnologiyalar zonasi, xorijda tahsil olgan mutaxassislarga mo‘ljallangan 70 dan ortiq ilmiy-texnik zona, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni qayta ishlaydigan 38 ta zonalari bor. Mamlakatimizdagi erkin iqtisodiy zonalarining rivojlantirishda quyidagi sohalarga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘lardi:
- Erkin iqtisodiy zonalarda investitsion muhit jozibadorligini boshqaruv samaradorligi darajasini investitsion faollik va jalb etilgan sarmoyaning daromadlilik ko‘rsatkichlari asosida reyting baholash tizimi tashkil etish; - Erkin iqtisodiy zonalarda imkoniyatli va istiqbolli investorlarning «investitsion mavqei»ni oshirishning har tamonloma boshqaruv strategiyasini shakllantirish; - Erkin iqtisodiy zonalarda eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish; - Termiz IEZ hududida Afg‘oniston fuqarolari uchun maxsus 10 kunlik vizasiz kirib chiqish imtiyozlari yaratilganligidan samarali foydalanish; - Termiz IEZ hududdida Afg‘oniston halqi uchun davolanish, savdo-sotiq, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, dam olish, qisqa muddatli o‘qishlar, xalqaro sertifikatlar olish uchun maxsus markazlari va boshqa faoliyat turlarini tashkil etish; - Ma’muriy-iqtisodiy hududlarning investitsion muhit jozibadorligini «makon investitsion pasporti va xaritasi»ni kiritish orqali tashkiliy jihatlarini takomillashtirish; - Termiz EIZ investitsiyalarni jalb etishga har qanday investitsiya hudud aholisi va uning ehtiyojlarini samarali qondirish, turmush darajasini oshirish, aholining real daromadlarini ko‘paytirish, ish bilan bandlikni ta’minlash; - Investitsion salohiyatni barqarorlik ko‘rsatkichlari orqali boshqarish asosida Surxondaryo viloyatining yalpi hududiy mahsulot xajmini 2025 yilgacha istiqbol ko‘rsatkichlari ishlab chiqish orqali mamlaktimizning yanada iqtisodiy jihatidan taraqqiy etishiga xizmat qiladi.
Erkin iqtisodiy zonalarda loyihalar aniq hisob-kitoblarsiz joylashtirilishi oqibatida ayrim faoliyat turlari uchun sun’iy imtiyoz berilishiga va bu, o‘z navbatida, bozordagi raqobat muhitining buzilishiga olib kelmoqda.
Erkin iqtisodiy zonalar: dunyo tajribasi va O‘zbekistondagi ahvol
Bugungi kunda jahonda 4000 ta erkin iqtisodiy zona (400 ta erkin savdo zona, yana shuncha ilmiy-ishlab chiqarish parki, 300 dan ziyod eksport-ishlab chiqarish parki, 100 ta maxsus yo‘nalishdagi zona) faoliyat ko‘rsatyapti.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, bugun Xitoy iqtisodiyoti o‘sish sur’atlari bo‘yi­cha dunyoda ikkinchi o‘rinda bo‘lib, bunga jahondagi biznes munosabatlarni zudlik bilan o‘zgartira olganligi sababli erishgan. Arzon ish kuchi G‘arbda shippaklardan tortib mobil telefonlargacha bo‘lgan turli mahsulotlarning narxi arzonlashishiga sabab bo‘ldi. Qolaversa, Xitoy Afrikada eng yirik investorga aylandi, Pekin Yevropa yoki Amerikani emas, aynan “qora qit’a"ni o‘zining asosiy hamkori hisoblaydi.
Hozir Xitoy tovarlarini dunyoning hamma joyida ko‘rish mumkin, XXI asrga kelib u chindan ham “dunyo fabrikasi"ga aylana oldi. Jahondagi fotoapparatlarning 50%i, konditsionerlarning 30 foizi, kir yuvish mashinalarining 25 foi­zi va sovutgichlarning qariyb 20 foizi aynan shu yerda ishlab chiqarilyapti.
Alohida qayd etish lozimki, Xitoy taraqqiyotida erkin iqtisodiy zonalarning o‘rni katta bo‘lgan. Ayni paytda bu yerda to‘rtta maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatmoqda — Shenchjen, Chjuxay, Shantou va Syamen. Bundan tashqari, 14 ta erkin savdo zonasi, 53 ta yuqori va yangi texnologiyalar zonasi, xorijda tahsil olgan mutaxassislarga mo‘ljallangan 70 dan ortiq ilmiy-texnik zona, eksportga mo‘ljallangan mahsulotlarni qayta ishlaydigan 38 ta zona bor.
Umuman, mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishda asosiy e’tibor hududlar tabiiy resurslari hamda industrial salohiyatidan foydalanish va eksport tizimini kuchaytirishga qaratilmog‘i lozim. Aynan shu o‘rinda xorijiy investitsiyalarni jalb etishning unumli shakli bo‘lgan zamonaviy erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Aynan ushbu yo‘nalishda jahon tajribasida keng qo‘llanilayotgan va o‘z samarasini berayotgan bir qator iqtisodiy chora-tadbirlarni qayd etish joiz.
O‘zbekistonda ham mazkur sohada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona mavjud bo‘lib, ulardan ayrimlarining faoliyati ancha jadallashgan. Xususan, “Navoiy”, “Angren”, “Jizzax”, “Urgut”, “G‘ijduvon”, “Qo‘qon” va “Hazorasp” erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amaliyotga tatbiq etilgan, qolaversa, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.
Shuningdek, “Nukus-farm”, “Zomin-farm”, “Kosonsoy-farm”, “Sirdaryo-farm”, “Boysun-farm”, “Bo‘stonliq-farm”, “Parkent-farm” singari farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan 7 yangi erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish bo‘yicha ham barcha chora-tadbirlar ko‘rilyapti.
Shu bilan birga, erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million $ miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.
Bundan tashqari, kichik sanoat zonalaridagi direksiyalar kredit olish va bank xizmatlaridan foydalanishda har bir zonaga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi ham muammolarni bartaraf etishda ayni muddao bo‘lmoqda. Bozor talablari va import nomenklaturasini o‘rganish asosida tadbirkorlar uchun takliflar, istiqbolli loyihalar ro‘yxati shakllantirilgan. Imtiyozlardan yana biri shuki, kichik sanoat zonasida ishlaydigan subyektlar 2 yil barcha soliqlardan ozod etilgan.
Shuningdek, bo‘sh turgan yoki samarasiz faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish binolaridan unumli foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida mazkur binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytgacha mamlakatimizda ularning soni 96 taga yetdi.
Hozirgacha ushbu zonalarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 loyiha amalga oshirilgan, 9 ming 600 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, kelgusida 248 loyihani amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 11 ming yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.
Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish ahamiyati shundan iboratki - mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va chet el kapitalini, istiqbolli texnologiya va boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida tuziladigan, aniq belgilangan ma'muriy chegaralari va alohida huquqiy tartiboti bo'lgan maxsus ajratilgan hudud hisoblashimiz mumkin.
2017-yilda Jizzax viloyatida yalpi hududiy mahsulotning o‘sish sur’ati 9,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 17,8 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 6,3, qurilish ishlari 11,8, chakana tovar aylanmasi 15,2 foizga o‘sdi.
2016 yilda sanoat sohasini rivojlantirishga doir 304, qishloq xo‘jaligida 696 loyiha amalga oshirildi. Tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning huquqiy manfaatlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlar samarasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 2017-yilda 80,3 foizni tashkil etdi. Hududiy tasarrufdagi korxonalar tomonidan 38 million dollarlik mahsulotlar va xizmatlar eksporti amalga oshirildi. “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi viloyat sanoatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2016-yilda bu yerda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar tomonidan 163 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi. Jizzax erkin iqtisodiy zonasini tashkil etish to’g’risidagi farmonga muvofiq, soliq va bojxona to‘lovlari uchun belgilangan imtiyozlar hamda xomashyo va butlovchi qismlar boj to‘lovlaridan ozod etilishi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida ham sanoat ishlab chiqarishini yanada rivojlantirishda muhim omil bo‘lmoqda. Birinchi Prezidentimizning 2013-yil 18-martdagi “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasini barpo etish to‘g‘risida”gi farmoni asosida tashkil etilgan maxsus hududda o‘tgan qisqa muddatda 19 zamonaviy korxona ishga tushirildi. Iqtisodiy zonaning Jizzax shahridagi hududida 363,7 gektar maydonda 14, Sirdaryo viloyatidagi filialining 150 gektar maydonida 5 loyihani amalga oshirish uchun 91,3 million dollar miqdorida investitsiya sarflandi. Zamonaviy texnologiya asosida barpo etilgan korxonalarda mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Doimiy ish o‘rniga ega bo‘lganlarning 60 foizi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yosh mutaxassislardir. 2017 yilda erkin iqtisodiy zonada mahsulot ishlab chiqarish hajmi 255,2 milliard so‘mni, eksport hajmi 11,9 million dollarni tashkil etdi15
Hozirgi kunda hududda avtomobillar va yuk mashinalari uchun tormoz kolodkalari, televizor, konditsioner, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, mikroto‘lqinli pech, svetodiodli lampalar, polipropilen iplar, video va IP telefonlar, telekommunikatsiya uskunalari, internet tezligini oshiruvchi butlovchi qismlar kabi turli sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda16 Bu mahsulotlarning aksariyati nafaqat Jizzax va Sirdaryo viloyatlari, balki mamlakatimizdagi boshqa bozorlar uchun ham yangilikdir. Erkin iqtisodiy zonada soliq, bojxona va boshqa to‘lovlarda belgilangan imtiyozlar bilan birga, ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan muhandislik infratuzilma inshootlari barpo etilgani ham sarmoyadorlarni o‘ziga jalb etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2013-yil 1-iyulda qabul qilingan maxsus dasturga muvofiq, o‘tgan davrda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasiga olib boruvchi 12 kilometr avtomobil yo‘li ta’mirlandi, 5,7 kilometr suv tarmog‘i, 8 kilometr gaz quvuri yotqizildi. 2017-yilda 7 kilometr ichki avtomobil yo‘li, 4,6 kilometr elektr tarmog‘i qurildi va ta’mirlandi. Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari tomonidan korxonalar qurilishi uchun yer uchastkalarining o‘z vaqtida ajratilishi hamda muhandislikkommunikatsiya infratuzilmasi tarmoqlariga ulanish uchun barcha zarur ruxsatnomalar “yagona darcha” tamoyili bo‘yicha berilishi tadbirkorlarga katta qulaylik tug‘dirmoqda.
Erkin iqtisodiy zona uchun yaratilgan bunday qulaylik va imkoniyatlar, ayniqsa, xitoylik sarmoyadorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda. 2017- yil dekabr oyida o‘tkazilgan biznes-forum doirasida xitoylik va jizzaxlik ishbilarmonlar 10 loyiha bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishib, memorandumlar imzoladi. Ayni paytda erkin iqtisodiy zona ma’muriy kengashi xorijiy va mahalliy investorlar bilan dastlabki qiymati 213,3 million dollar bo‘lgan 25 loyihani amalga oshirish ustida ish olib bormoqda. Jumladan, 2017 yilning ikkinchi choragida yiliga 24 million kvadrat metr oyna ishlab chiqarish quvvatiga ega “Mingyuan Si Lu Industry” xorijiy korxonasining birinchi navbati ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Xitoylik sarmoyadorlarning 109,7 million dollarlik investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ushbu yangi korxona to‘liq ishga tushirilishi bilan 391 yangi ish o‘rni yaratiladi. Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida telekommunikatsiya sohasida uchta korxona faoliyat boshlamoqda “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida “O’zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan xitoylik hamkorlar bilan uchta loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.
Xitoyning “ZTE Corporation” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshgan loyiha zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan jihozlangan qo’shma korxona bo’lib, 20 ming dona videotelefon hamda shuncha “IP” telefonlar ishlab chiqarish quvvatiga ega42 . “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun yaratilgan imtiyoz va imkoniyatlar “O’zbektelekom”ning yana bir hamkori “Huawei Tech. Investment Co. Ltd” kompaniyasini ham manfaatli sheriklikka undadi. Natijada 2 million AQSH dollari miqdoridagi sarmoya evaziga mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Broadband Solutions” qo’shma korxonasi tashkil etildi. Ilgari telefon, internet, televideniye, radio kabi tarmoqlardan foydalanishni ta’minlashda ularning har biri uchun alohida sim tortish majburiy edi, – qo’shma korxona bosh direktori Irismat Fayzullayev. – Endilkda bunga hojat qolmadi. Chunki korxonamiz optik tolali telekommunikatsiya qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, u orqali ko’rsatilayotgan xizmat turlari tezligi bir necha barobar oshadi. E’tiborlisi, 18 nafar kishi doimiy ish o’rniga ega bo’lgan yangi korxonada tayyorlanayotgan telekommunikatsiya qurilmalarining dastlabki turkumi Guliston shahri infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida aholiga zamonaviy aloqa xizmatlarini ko’rsatishni kengaytirish ishlariga yo’naltirildi. Majmuadagi uchinchi ishlab chiqarish tarmog’i esa “Jiangsu Zhongtian Technology Co. Ltd” kompaniyasi bilan birgalikda 500 ming AQSH dollarilik sarmoya evaziga tashkil etilgan “ZTT Telekom” qo’shma korxonasidir. Bu yerda optik tolali aloqa tarmoqlarida qo’llaniladigan uskuna hamda ular uchun aksessuarlarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 2013 yilda Jizzax erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan OKMKning ulushi (50%), “Peng Sheng” (O”zbekiston QK MCHJ (17%) va “Wenzhou Jinsheng Trade Co., LTD” (XHR) (33%)dan iborat o’lgan “AWP”MCHJ qo’shma korxonasi tashkil etilgan. Qo’shma korxonaning ustav fondi 7,5 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Qo’shma korxonaning quvvati turli xildagi 1200,0 ming donadan iborat santexnika mahsulotlarini ishlab hiqarishni tashkil etadi. Qo’shma korxonaning asosiy faoliyati sanitar-texnika mahulotlari uchun yuqori texnologiyalar asosida smestitellarni, yopish armaturalari (zulfin)ini ishlab chiqarish, ularga jamlamalarni ishlab chiqargan holda ichki bozor talablarini to’loqonli qondirish va mahsulotlar eksportini ta’minlashdan iboratdir.

XULOSA
Jahon mamlakatlarda tashkil etilgan iqtisodiy erkin zonalarning faoliyati natijasida mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga, hom ashyodan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga, eksport ulushining oshishiga, yangi ish o’rinlarining ochilishiga, mamlakat brendining jahon bozoriga kirib borishi, eng asosiysi aholining yashash sharoitining oshishiga xizmat qiladi. EIHlar mazmunini ochib berishga bo’lgan katta qiziqish bugungi kunga qadar davom etmoqda. Shu sababdan turli iqtisodchi-olimlar va mutaxassislar tomonidan uning mazmunini yoritib berishga bo’lgan urinish va va tadqiqotlar hamda ta’rifini keltirishga oid amaliy harakatlar davom etib kelayotganligini ko’rish mumkin.
EIHlarni xalqaro iqtisodiy tashkilot sifatida e’tirof etish mumkin. Chunki, Ular global xarakterga ega, ularning yordamida jahon xo’jaligi aloqalarida butun mintaqalarda juda intensiv integratsiya jarayoni sodir bo’lmoqda. Xalqaro integratsiyaning hozirgi zamon bosqichining o’ziga xos xususiyatlaridan biri iqtisodiy va ilmiy-texnik rivojlanishning lokazatsiyalashuvi hisoblanadi. Buni tashkiliy jihatdan ifoda etuvchi bo’lib, EIHni yaratish yuzaga chiqmoqda. Shuning uchun ularni jahon bozorining milliy iqtisodiyotga qurilgan kichik tuzilmalari, bo’g„inlari deb ham nomlashadi
EIHlar – shunday geografik hududki, unda mamlakatda qabul qilingan xo’jalik faoliyati tartibiga qaraganda imtiyozli soliq to’lash va bojxona tartibi joriy etiladi. Boshqacha ifodalaganda, ushbu hududda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi kamaytiriladi va bu milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo’lib, mamlakatning boshqa hududlarida qo’llanilmaydigan ma’lum imtiyozlar tizimi joriy etiladi. Shunga ko’ra, EIH mamlakat hududining imtiyozli bojxona, valyuta, soliq, viza va mehnat rejimlari joriy etilgan maxsus ajratilgan qismidir. EIHlarga xos muhim jihat shundan iboratki, u erdagi rag„batlantirishlar, imtiyozlar (soliq, bojxona, ma’muriy), litsenziyalash, vizalarni rasmiylashtirish, bank faoliyatlari, mulkchilik munosabatlariga oid yengilliklar EIH joylashgan mamlakatning boshqa hududlarida aynan amal qilmaydi.



Download 45.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling