Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tayanch iboralar: 
Erkin iqtisodiy hududlar, soliq, bojxona, mahsulot, imtiyoz, investor
iqtisodiyot, investitsiya, rezident, dengizbo„yi ochiq shaharlar. 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1. Xitoydagi EIHlarining o„ziga xosligi shundaki, zonadagi korxonaning ishlab 
chiqarishi tashqi bozorga yo„naltirilgan hisoblanadi. Mahsulotlarni ichki bozorga 
sotish EIH boshqaruv organining ruxsati bilan amalga oshiriladi va ulardan odatdagi 
tartibda bojxona to„lovlari undiriladi. Shu sababli ayrim EIHlarda eksport hajmi 
hudud ishlab chiqarishining 80 %ini tashkil etadi. 
2. Xitoyda EIHlarda investorlar uchun taqdim etilgan soliq va bojxona 
imtiyozlari va boshqa qulay shart-sharoitlar EIHlarga xorijiy investitsiyalar kirib 
kelishini 
rivojlantirishga 
ta‟sir 
ko„rsatmoqda. 
Endilikda 
iqtisodiyotning 
investitsiyalarga birmuncha to„yinganligi va jamg„armalari hajmi birmuncha ortishiga 
erishilganligi sababli xorijiy investitsiyalarga taqdim etiladigan imtiyozlar ma‟lum 
darajada qisqartirildi. 
3. Xitoyda xorijiy investorlar EIHlarda imtiyozlarga ega bo„lishi uchun ular 
kiritadigan investitsiyalar kamida 50 mln. AQSh doll. bo„lishi va ustav kapitalidagi 
ulushi kamida 25 %ni tashkil etishi lozim. EIH rezidentlari uchun 5 yil davomida 
alohida soliq imtiyozlari tizimi yo„lga qo„yilgan. Birinchi 2 yil davomida ular 
umuman daromad solig„ini to„lashmaydi va keyingi 3 yil davomida soliqning 
faqatgina 50 %ini to„lashadi, xolos. 2012 yildan boshlab qat‟iy 25 % qilib o„rnatildi. 
Savdo, qayta ishlash va import-eksport faoliyati bilan shug„ullanuvchi EIH 
rezidentlari uchun QQS 17 % deb belgilangan. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Xitoyda EIHlarni rivojlantirishda investorlarga taqdim etilgan imtiyozlar 
qanday ahamiyat kasb etgan? 
2. Xitoyda EIHlarga xorijiy investitsiyalarni jalb etishda qanday imtiyozlar 
mavjud? 
3. Xitoy EIHlarida imtiyozlar tizimida qanday o„zgarishlar kuzatilmoqda? 
4. Xitoy xorijiy investitsiyalarga nisbatan qanday siyosatni qo„llamoqda? 
5. Xitoy EIHlarida qanday boj siyosati joriy etilgan? 
6. Xitoy dengizbo„yi ochiq shaharlaridagi imtiyozlar nimalardan iborat? 


285 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling