Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
Nauru davlatida aholidan daromad solig„i olinmaydi. Chunki, soliqlar va
yig„imlardan budjetga tushadigan tushumlar budjet daromad qismi hisobiga qoplanadi. Budjetning daromad qismi, asosan, eksport qilinadigan fosfor mahsulotidan, shuningdek, moliya, baliqchilik va dengiz flotidan keladigan soliq tushumlaridan tashkil topgan. Nauru erkin iqtisodiy hududida qonunchilikni tarkib topishi boshqa iqtisodiy hududlarga nisbatan bir muncha farq qiladi. Jumladan, boshqa EIHlarda soliq imtiyozlari keng qo„llanilsa, bu erda esa soliq tizimi mutlaqo yo„q. Lekin shunday bo„lsa-da, mamlakatda jinoyatchilikka qarshi qattiq kurash olib boriladi. Agar xo„jalik subyektlarning faoliyatida bunday holatlar yuz bersa, ya‟ni investorlar yoki aksiyadorlarning huquqlari poymol etilsa, bunday holatga yo„l qo„ygan xo„jalik 216 subyekti bilan shartnomalar darhol uzilib, chet el fuqarosi bo„lsa mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Har bir korporatsiyada ro„yxatdan o„tkazilgan kotib bo„lishi shart. Mamlakatda direktorlar kengashi yoki aksiyadorlar yig„ilishini qayerda va qachon o„tkazilishiga talab qo„yilmaydi. Biroq, savdo korxonalari bir yilda bir marta o„zlarining yig„ilishlarini o„tkazib turishlari shart. Xolding kompaniyalar uchun esa bunday talab qo„yilmagan. Nauru iqtisodiy hududida korporatsiyalarni ro„yxatdan o„tkazish uchun 2-3 kun vaqt ketadi xolos. Ro„yxatdan o„tgan korporatsiya agar bank, sug„urta yoki trast operatsiyalarini amalga oshirmoqchi bo„lsa, u holda litsenziya olishi talab etiladi. Bank litsenziyasi 1972-yilda qabul qilingan “Korporatsiyalar” to„g„risidagi va 1975-yilda qabul qilingan “Banklar” to„g„risidagi qonunlar asosida amalga oshiriladi. Litsenziyani berish davri to„ldirilgan hujjatlar to„lig„icha talabga javob bersa, 3-4 oy ichida amalga oshirilgan. Nauru mamlakatida erga to„laligicha egalik qilish huquqi faqatgina tub aholiga ruxsat etilgan. Qishloq xo„jaligi va sanoat sohalarini rivojlantirish uchun Nauru mamlakatiga kapital kiritish unchalik samara bermaydi. Chunki bu yerda makroiqtisodiyotning ushbu sohalarini rivojlantirish uchun imkoniyatlar yetarli emas. Shuning uchun ham Nauru mamlakatida faqat savdo va xolding kompaniyalari, banklar, sug„urta kompaniyalarini tashkil etish va faoliyat ko„rsatishi maqsadga muvofiqdir. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling