Эркин иқтисодий ҳудудлар
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida erkin
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
7.2. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida erkin
iqtisodiy hududlarning ahamiyati. G„arbiy Yevropaning ilmiy-texnik rivojlanishida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o„rni Yuqoridagi 1-bobning 1.3-paragrafida keltirilganidek, hozirda jahonning 140 dan ortiq davlatida 5 mingga yaqin EIH mavjud. Ularda 80 mln.dan ortiq kishi mehnat foliyatini olib bormoqdalar. E‟tiborli tomoni, bu ko„rsaktichlar yildan-yilga o„sib bormoqda. Natijada ularning jahon savdo hajmi o„sib bormoqda. Rivojlangan davlatlarda yaratilayotgan EIH mamlakatning xo„jaligiga, eng avallo, tashqi iqtisodiy aloqalar darajasi oshishiga va tovar almashinuvi o„sishiga o„z ta‟sirini o„tkazadi. Jumladan, AQShda 266 ta tashqi savdo hudud (TSH)lari mavjud, ular butun mamlakat hududini qamrab olgan. AQShda EIHlar soni 266 ta ekanligi tilga olinganida rasman TSHlari nazarda tutiladi. Undan tashqari, tadbirkorlik hududlari va texnoparklar ham faoliyat ko„rsatadi. 1990-yillar boshlarida AQShda 150 ta texnopark (dunyodagi texnoparklar umumiy sonining 30 foizi) mavjud edi 63 . Hozirgi kunda ular soni 200 tadan ortiq. Shuningdek, 1500 ta tadbirkorlik hududlari ham mavjudligini hisobga olgan AQShda EIHlar qanchalik rivojlanganligini tasavvur qilish mumkin. AQShning TSH davlatning ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy elementi bo„lib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga o„z hissasini qo„shadi; bandlik darajasini oshiradi, mablag„ kelishini ta‟minlaydi va ichki bozor ehtiyojini qondirishga xizmat qilishadi. Bundan tashqari, ESH faoliyati AQSh avtomobil sanoatining raqobatbardoshligi oshishiga ko„maklashgan va Amerika ichki bozorida Yaponiya avtomobil ishlab chiqarish korporatsiyalariga qarshi kurashda yetakchi o„rinni egallashni ta‟minlagan. Yevropa ichki va tashqi savdo rivojlanishiga EIH sezilarli darajada ta‟sir ko„rsatishmoqda. Bu hududlarda amalga oshirilayotgan savdo operatsiyalarining miqdori va samarasi Yevropaning tashqi iqtisodiy faoliyatining rivojlanishiga katta hissa qo„shmoqda va bu, o„z navbatida, Yevropa dunyo bozorida yetakchi o„rinni egallashini ta‟minlab berdi. Germaniyada, masalan, oltita erkin iqtisodiy zona faoliyat ko„rsatmoqda. Bular ichida eng birinchi paydo bo„lgani, ko„plab olti va 63 Шаропов С.А. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити, 2006. – С. 18. 196 sakkiz qavatli, hajmi 600 ming m 2 dan ortiq omborga, neft va neft mahsulotlarini saqlash omborlariga, meva va sabzavotlar uchun mo„ljallangan omborlarga ega Gamburg EIHdir. Bu zona Gamburg Germaniyaning eng yirik dengiz porti unvonini ushlab turishiga imkoniyat bermoqda. G„arbiy Yevropaning rivojlangan davlatlari jahon iqtisodiyotida va jahon xo„jalik aloqalarida muhim rol o„ynaydi. Bugungi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasiga etish bir necha o„n yilliklardan iborat. Yevropa davlatlari mavqei ham mintaqada, ham jahon xo„jaligida mustahkamlanishiga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modeli tanlovi, jahon xo„jaligiga yuqori ochiqlik va xo„jalik hayotning internatsionallashuv darajasi, integratsion jarayonlar sabab bo„ldi. G„arbiy Yevropaning iqtisodiyoti va tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlanishiga mintaqada keng tarqalgan EIH ma‟lum xissa qo„shmoqda. Odatda, EIH xalqaro mehnat taqsimoti va jahon xo„jalik aloqalar bilan bog„liq va u yoki boshqa davlat iqtisodiy rivojlanish strategiyasi bilan belgilanadigan vazifalarni bajaradi. Asosan, chet el sarmoyalarini jalb etuvchi rivojlanayotgan davlatlar EIHiga qaraganda, G„arbiy Yevropada EIH, boshqa rivojlangan davlatlardagi kabi, milliy xususiy kapital jalb etishga va mahalliy tadbirkorlar uchun preferentsial investitsion sharoit yaratishga qaratilgan. Bundan tashqari, G„arbiy Yevropada EIH faoliyati (ayniqsa, 1950 yillardan keyin) yetarli darajada mintaqa davlatlari iqtisodiy rivojlanishining muhim tendensiyasi bo„lmish integratsion jarayonlar bilan aniqlanadi. G„arbiy Yevropada EIHning ko„p turlari mavjud, ular ichida erkin savdo hududlari, texnoparklar, ofshor markazlari va kompleks hududlar rivoj topgan. G„arbiy Yevropada erkin savdo hudud (ESH)lari soni ko„proq. Ular bu erda XIX asrda va undan ham oldin (erkin gavanlar) paydo bo„lgan. XXI asr boshida ularning soni 200 dan ortiqni tashkil etdi. Avval bunday zonalar, asosan, dengiz portlarida shakllangan. Jumladan, Germaniyada yirik ESH Bremen, Bremerxaven, Emden, Gamburg va Kil portlarida joylashgan. Bu zonalarda tovarlarni yuklash, bo„shatish, qayta yuklash, saqlash, ajratish, belgilash va ularning sotuvi amalga oshiriladi, tashqi savdoga tegishli turli xizmatlar ko„rsatiladi. Ularning hududida alohida preferentsial rejim asosan, port-zona hududida tovarlarni ishlash va qayta ishlash natijasida yuzaga keladigan bojxona to„lovlari, QQS bekor qilinishi orqali tashkil qilinadi. Germaniya ESH orasida Gamburg ajralib turadi, u Shimoliy dengizdan 100 km da joylashgan eng yirik dengiz va daryo portidir. Unda yirik xalqaro aeroport va turli sanoat sohalari mavjud. Italiyada ESHning bojdan ozod etilgan ombor o„shakli keng tarqalgan. Ularning soni 12 ta bo„lib, jumladan, Neapolda (4 ta), Genuyada (2 ta), Vari, Imperiya, Livorno, Palermo va Rimda joylashgan. Ispaniyada 4 ta EIH mavjud. 1929 yil ichki va tranzit savdoni rivojlantirish, tashqi savdo operatsiyalarini faollashtirish va ekusportga yo„naltirilgan sanoatni rivojlantirish uchun “Kadis” EIH tuzilgan. EIHning Atlantika okeani qirg„og„ida joylashganligi uning Amerika, Shimoliy Afrika, Anlantika sohili hamda O„rta er dengizi atrofidagi Yevropa davlatlari, Yaqin va O„rta Sharq davlatlari bilan o„zaro iqtisodiy munosabatlari rivojlanishini 197 ta‟minadi. “Qadis” hududidagi qirg„oq Ispaniyani barcha yirik savdo markazlari bilan bog„lovchi yuk va passajir tashuvchi, dengiz liniyalariga xizmat qiluvchi zamonaviy port qurilmalariga ega. “Qadis” EIH maydoni 570 ming m 2 ni tashkil etadi. Bu hududda xalqaro savdo markazi, ofis markazi, ochiq va yopiq ombor va maydonchalar, sanoat korxonalari, port xizmatlari, konteyner-muzlatgichlar terminali joylashgan 64 . “Qadis” EIH zamonaviy infratuzilma va ma‟lumotlar bazasi, xavfsizlik xizmat,iyaki aloqa tizimi, bojxona, bank va transport xizmatlariga ega. ESH Yevropa Ittifoqi (EI) bojxona hududining qismi hisoblanadi, shuning uchun uchinchi davlatlar tovarlari uchun quyidagi bojxona va soliq imtiyozlari mavjud: - agar tovar ESHda bo„lsa, import bojlaridan ozod etish; - zona hududiga olib kelinayotgan tovarlarni maxsus soliqlardan ozod etish; - QQSdan ozod etish va ESHga olib kirilayotgan tovarlar uchun va bu tovarlarni qayta ishlash bilan bog„liq xizmatlar uchun to„lovlarning qaytarilishi; - EI savdo siyosati choralarini qo„llamaslik; - tovarning kelib chiqishi, imqdori, ishlab chiqilgan joyi va ishlatilishidan qat‟iy nazar, uni olib kirish va cheklanmagan muddat davomida ESHda saqlash imkoniyati. “Qadis” EIH muvaffaqiyatli rivojlanib, Ispaniyaning ichki va tashqi savdosi rivojlanishiga hissa qo„shmoqda. 1990-yillar boshida Ispaniyada “Barselona” kompleks EIHi tuzilgan. Davlatdagi eng yirik zona hisoblanuvchi mazkur EIH o„z ichiga sanoat zonasini, erkin bojxona omborini va erkin savdo zonasini oladi. Bu kompleksni boshqarish uchun Barselona EIH konsortsiumi tashkil etilgan. Konsortsium uchta EIH faoliyatini boshqarish va hudud chegarasidagi erlarni korxona va firmalarga ijaraga berish bilan birga, EIHdagi loyihalarni amalga oshirish bilan shug„ullanadi. Tarragonda (Barselona) joylashgan sanoat poligoni sanoat korxonalari zichligi bo„yicha Kataloniyadagi eng yirik EIH hisoblanadi va eng yaxshi infratuzilmaga ega. Ushbu hudud asosiy kommunikatsiya tuzilmalari yaqinida joylashgan. Ispaniya va Yevropaning asosiy avtomagistrallariga, Tarragon dengiz porti va Reus aeroportiga yaqin, hudud ichida tovar stantsiyalari va temir yo„l konteyner terminali mavjud. Shularni hisobga olgan holda, “Barselona” EIHiga, nafaqat, milliy, balki, xalqaro korporatsiya qa firmalar ham katta qiziqish bildiradi. Tarragon yaqinidagi erkin ombor 1993-yilda tashkil etilgan. Konsortsium rahbariyati fikriga ko„ra, “Barselona” EIHni rivojlantirishning o„rta muddatli loyihalari orasida erkin ombor faoliyati katta ahamiyatga ega 65 . Kompleks hududning uchinchi tarkibiy qismi – erkin savdo hududi, u orqali turli tovarlarning tarnziti va eksporti amalga oshiriladi. 1980-yili Portugaliyaning Madeyra arxipelagida va Azor orollarida ikkita kompleks zonalar tuzilgan. “Santa-Mariya” kompleks zonasi (Azor orollarida) 40 ga maydonni egallaydi va unga transport ta‟minoti borasida chuqur suvli dengiz porti va xalqaro aeroporti tomonidan xizmat ko„rsatiladi. Zonaning ixtisosligi ko„p qirrali: 64 Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 59-60. 65 Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 60-61. 198 uning hududida sanoat, tijorat va moliyaviy faoliyatning, shuningdek, ofshor zonalar, barcha turlari ruxsat etilgan. “Santa-Mariya” EIHdida ro„yxatga olingan korxonalar quyidagi imtiyozlarga ega: - barcha bojxona turlarini soddalashtirilish; - tovarlarni erkin olib kirish va olib chiqish; - reeksport qilinayotgan tovarlarning bojlaridan ozod etilish; - aksiyadorlik jamiyatlar va korxonalar daromad solig„idan hamda patentlar, litsenziyalar, tovar belgilarni berishda daromad solig„idan ozod etilish; - chet el kompaniyalar kapitali erkin harakat qilinishi; - kasb o„qishi uchun subsidiyalar (Azor orollari fuqarolari uchun 100%gacha); - ijara subsidiyalari (harajatlar 50%gacha 5 yil muddatga); - qurilish subsidiyalari (ishlab chiqarish korxonalari qurilishida harajatlarning 50%gacha); - uskuna olish uchun subsidiyalar (ishlab chiqarish korxonalari uchun harajatlarning 50%gacha). Loyihalarni amalga oshirishga qiziqqan va EIHda ish yuritayotgan korxonalarning axborot ta‟minoti “Santa-Mariya” EIHni rivojlantirish jamiyati orqali amalga oshiriladi. Portugaliyaning boshqa Maydeyra orolidagi EIH kompleks zonasining vazifa va imtiyozlar tizimi shunga o„xshash, biroq, uning hududi va faoliyat doyrasi “Santa- Mariya” EIHga solishtirganda kichikroq. G„arbiy Yevropada kompleks zonalarning turi bo„lmish tadbirkorlik hududlari tuzilgan va ish yuritib kelmoqda. Bu zonalar depressiv hududlarda joylashgan, misol uchun, Buyuk Britaniyaning ko„mir basseynlarida – uzoq vaqt davomida iqtisodiy inqiroz va ishsizlikka yuz tutgan Midlend va Yorkshirda. Tadbirkorlik hududlarni tuzishdan maqsad iqtisodiy qoloq hududlarda milliy tadbirkorlarga moliyaviy-kredit va soliq imtiyozlar berish orqali xo„jalik faoliyatni jonlantirishdir. Bu zonalardagi imtiyozlar darajasi, odatda, bevosita tadbirkorlar tomonidan tashkil etiladigan ish joylariga bog„liq. Tadbirkorlik hududlar Buyuk Britaniya va Fransiyada mavjud. G„arbiy Yevropa davlatlarida ilmiy-sanoat parklar, ilmiy parklar, texnoparklar sifatida ma‟lum bo„lgan texnik-tadbiq etish hududlari keng tarqalgan. Ularda printsipial yangi texnologiyalar, materiallar va tovarlar ishlab chiqish olib boriladi, ilm talab qiluvchi mahsulotning kam miqdorli eksperimental ishlab chiqarilishi amalga oshiriladi. Bunday zonalar tuzish va tarqalish sababi shundaki, urushdan keyingi davrda G„arbiy Yevropa davlatlari AQShdan yuqori texnologiyalar yaratishda ortda qolib ketgan, bu mintaqa tomonidan murakkab mahsulotlarning ko„p turlarini ishlab chiqarish va eksport qilishda yetakchilik pozitsiyalarini yo„qotishga olib keldi. 1970-yillarda vujudga kelgan AQSh bilan iqtisodiy aloqalardagi “texnologik qoloqlikni” qisqartirish maqsadida G„arbiy Yevropa o„z ilmiy-texnik potensialini mustahkamlash borasida harakatlarni amalga oshirdi, ular, jumladan, o„z ichiga texnoparklar tarmog„i yaratilishini olgan. Texnoparklar 1970 yillar oxirida birinchi 199 bo„lib Buyuk Britaniyada, so„ngra esa Belgiya, Fransiya va boshqa davlatlarda tashkil etila boshladi. Germaniyada bunday tuzilmalar faqat 1983 yildan boshlab paydo bo„la boshladi, lekin, ularning rivojlanishi juda tez amalga oshdi: 1988 yili texnoparklar soni 20 tashkil etdi. Fransiyada 30 texnoparklar mavjud, ular mini- parvarishxonalar deb ataladi 66 . Mini-parvrishxonalar texnik jixatdan yaxshi jihozlangan, malakali kadrlar bilan ta‟minlangan, ular barcha xoxlovchilarga o„z ishini boshlashda yordam ko„rsatadi, ularga biznes-reja tuzishda maslaxatlar beradi, zarur kadrlar topishda ko„mak beradi. Buyuk Britaniyada 40 yaqin texnoparklar tashkil etilgan, ularda 18 mingdan ko„p odam ishlaydi. Bundan tashqari, Yevropada aniq universitetlar bilan bog„liq bo„lmagan 20 yangi sanoat-texnologiyalar markazlari mavjud. Texnoparklarning funksional xususiyati davlatga qarab farqlanadi. Agar Fransiyada mini-parvarishxonalar kichik biznes qo„llab-quvvatlashga qaratilgan bo„lsa, Germaniyada ular e‟tiborlarini kichik ilm talab qiluvchi firmalar tuzishga, texnologiyalarni sanoatga o„tkazishga, texnopark ichida harakat qiluvchi firmalar o„rtasida texnologiyalarni almashishga qaratilgan. Buyuk Britaniyadagi texnoparklarning tashkil etilishi va ish maqsadlari shunga o„xshash. Jumladan, Kembridjda joylashgan ilmiy park malaka oshirish bo„yicha maxsus kurslar taklif etuvchi universitetning faol ishtirokida fan yutuqlari va ishlab chiqarishni ishlatish asosida shakllangan. Universitet xodimlari qo„shma ilmiy-tekshirish loyihalarda qatnashadi, ilmiy park korxonalarining ishlab chiqarish bazasi ilmiy tadqiqotlar olib borishda ishlatiladi. Ilmiy parkning ixtisosligi universitet tadqiqotlari asosiy yo„nalishlari asosida shakllangan va o„z ichiga katta bo„lmagan (ishchilar soni 30 ga yaqin) innovatsion firmalarni oladi. Texnoparkda beriladigan imtiyozlar xususiyati shundaki, asosiy e‟tibor kichik venchurli biznesni qo„llab-quvvatlashga qaratilgan. Soliq, kredit va ma‟muriy imtiyozlar faoliyatning boshlang„ich, tavakkalli bosqichlarida bu firmalarning faoliyatini yengillashtirishga yo„naltirilgan. Kompaniyalarni ro„yxatga olishning maxsus soddalashtirilgan qoidalari kiritiladi, kichik firmalarning tashkiliy muammolari bilan shug„ullanuvchi ma‟muriy tuzilmalar tashkil etiladi. Tashqaridan sarmoyalar kelishi, texnoparklarda kichik firmalarni moliyalashtiruvchi investitsion jamg„armalar tuzilishi texnologik ishlashlarning samarali ko„zatilishiga, ommabop sanoat tadbiq etilishiga olib kelishi kerak. 1983-yili Lundada tuzilgan “Ideon” birichi shved ilmiy parki yaxshi ma‟lum. Tuzilishidan buyon ilmiy park 17 asrdan beri universitet ta‟limotining an‟anaviy markazi bo„lgan Lundning oliy o„quv yurtlari bilan keng hamkorlikni olib borgan. 2001-yili parkda 170 firma faoliyat ko„rsatib kelgan, ularda 2 ming xodim ishlagan. Lundda 15 oliy o„quv yurtlari mavjud, ularda 120 ming talaba tahsil oladi. Bitiruvchilarning 10% aspirant va fan nomzodlari bo„ladi, ularning aksariyati innvatsion firmalarni tashkil etadi yoki ularda ishlaydi 67 . Yosh firmaning “Ideon” parkida bo„lishi u uchun yuqori texnologiyalar bozorida 66 Дерюгина С.В. Правовые аспекты понятия свободных экономических зон. // “Государство и право”, 1997. – №5. 67 Зименков Р.И. Свободные экономические зоны. Уч.пос. – М.: Юнити 2005. – 230 с. 200 yuqori ishonch darajasini anglatadi. Bu erdan firmalar hayotga yaxshi tayyorlikka ega bo„lib kiradilar, bu yerda ular uchun ideal sharoitlar yaratilgan – bu yerda banklar, konferens-zallar, yotoqxonalar, yaxshi ishlaydigan telekommunikatsion xizmati va yosh perspektiv kadrlar. Laboratoriyalar umumiy maydoni 100 ming m 2 ga teng. Asosiy faoliyat sohalari – biotexnologiya, farmasevtika, axborot texnologiyalar va elektronika. Lundning Texnologik institutining bir o„zigina texnoparkda (Eriksson firmasi yordamida) maxsus chiplar va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini o„rganuvchi qator innovatsion firmalarni tashkil etgan. Shuning uchun “Ideon” texnoparkini shved “Silikon vodiysi” deb atashadi. “Ideon biznes-markazi” texnoparkning tarkibiy qismi bo„la turib innvatsion firmalarga yuridik maslaxatlar beradi, marketing sohasida, biznes-rejalar ishlab chiqishda, moliyaviy manbalari va sarmoyadorlarni topishda yordam ko„rsatadi. Texnoparkda “Ideon grinxaus” – Lund universiteti tomonidan “IKANO” shved investitsion kompaniyasi va “Teknopol” firmasi bilan birgalikda tuzilgan o„ziga xos inkubator mavjud. Bu yosh kompaniyalar uchun ideal joy. Uncha katta bo„lmagan narxlar evaziga ularga xonalar, xizmat ko„rsatish va maslaxatchilar taqdim etiladi. Texnoparkning bu bo„limi talabalar firmalariga mo„ljallangan. Ko„pincha, texnoparkka o„z sarmoyalarini yirik tarnsmilliy kompaniya (TMK)lar kiritadi, ular orasida birinchilardan “Eriksson” kompaniyasi bo„lgan. Ular talabalar va ilmiy xodimlarga texnoparkda firmalar tuzishga yordam beradi, ular kapitalda ma‟lum miqdorda egalik qiladi. Texnoparklar va bunga o„xshash tuzilmalar tashkil etish G„arbiy Yevropaning ilmiy-texnik rivojlanishining, bu sohada yetakchi pog„onalarga ko„tarilishi sababi bo„ldi. Biroq, G„arbiy Yevropa, jumladan, EI, hali ham bu borada AQShdan ortda qolmoqda. Shu sababli EI texnoparklarni rivojlantirishda va ularning samaradorligini oshirishda faol choralar qo„llamoqda. Texnoparklar EI davlatlari tarkibiy disbalansini yo„q qiladigan, zarur innovatsion sharoit yaratadigan hamda fan va ishlab chiqarishning bog„liqligini mustahkamlaydigan omil sifatida ko„riladi. Yevropa davlatlari Amerikadan kechikishni kamaytirishdi va atom elektr stantsiyasi (AES) qurilishida, dori preparatlari, aloqa vositalarini ishlab chiqarishda, transport mashinasozligining ba‟zi sohalarida yetakchi o„ringa chiqishdi, hozirda esa katta miqdorda ilm talab qiluvchi mahsulotlarni eksport qilishmoqda. Bu borada Yaponiyaning texnopolislar yordamida yuqori texnologiya va uning mahsulotlarini ishlab chiqarish bo„yicha tajribasi e‟tiborga loyiq. Urushdan keyingi davrda Yaponiya patent va litsenziyalarni olib kirish bo„yicha birinchi o„rinni egallashdi: 1950-yildan 1990-yilgacha Yaponiya kompaniyalari 55 mingdan ortiq xorijiy patentlar va litsenziyalarni sotib olishdi va to„liq o„zlashtirishdi. Ammo ohirgi o„n yillikda Yaponiyaning o„zi ham yuqori texnologiyalarni yirik eksportchisiga aylandi. Bunda 30 dan ko„p milliy dasturlarni bajarayotgan texnopolislar yaratilishi muhim ahamiyatga ega. Bu milliy dasturlarning mahsuloti allaqachon AQSh va Yevropaga etib borgan, Yaponiya kompaniyalari u erlarga tola optikasi, uyali telefon tizimlarini, sputnik va videoaloqa vositalarini olib kiradilar. XXI asr boshida Yaponiya 201 texnopolislari ilm va texnologiyaning asosiy markazlariga aylanishdi. Amerikalik olim Sh.Tatsumoning aytishicha Yaponiyaning texnopolislari XXI asrda nafaqat yangi mahsulot va texnologiyalar bo„yicha, balki yangi g„oyalar, xizmatlar va turmush tarzi bo„yicha ham inkubatorga aylanishadi. Turkiya o„z iqtisodiy rivojiga EIHlar tashkil etish orqali erishgan desak mubolag„a bo„lmaydi. Turkiya hukumati rahbarlari mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish borasida xorijiy investitsiyalarni jalb etish dasturini amalga oshirganlar. Bu dasturning amaliy ko„rinishi esa EIHlar tashkil etish va o„sha hududlarga xorijiy investorlar kapitallarining oqib kirishini ta‟minlashda namoyon bo„lishi ko„zda tutilgan edi. Turkiyadagi ilk EIHlar 1987-yilda Mersin va Antaliya shaharlarida tashkil etilgan. 1990-yilda aynan shunday hududlar safi Izmirdagi Egey EIH va Istanbul shahrida yaratilgan EIHlar bilan kengaydi. Keyinchalik 1992-yilda Trabzonda, 1993- yilda Adan shahrida, 1994-1995 yillarda Turkiyaning sharqiy hududida joylashgan shaharlar Erzurum va Mardina shaharlarida ta‟sis etilgan. Bu kabi islohatdan ko„zlangan asosiy maqsad, mamlakatning nisbatan qoloq bo„lgan, iqtisodiy tang ahvolda qolgan hududlarning qisqa muddat ichida samarali o„sishini ta‟minlash hamda u erlarga xorijiy investorlar va tadbirkorlarni jalb etish orqali rivojlangan bozor infratuzilmasini shakllantirishdan iborat bo„ldi. Turkiya EIHlari faoliyati ushbu davlatning qulay geografik joylashuvi, uning Yaqin va O„rta Sharq, qolaversa G„arbiy va Sharqiy Yevropa davlatlariga yaqin joylashganidan unumli foydalangan holda tez orada qo„shni va xorijiy mamlakatlar bozorlariga kirib borishi, ularni egallashi hamda kuchli raqobat olib borishini yo„lga qo„yishga qaratilgan. Turkiya hukumati tomonidan, EIHlarni tashkil etish va faoliyatini tartibga solish borasida bir qator qonunlar ishlab chiqilgan. Masalan, “Erkin iqtisodiy hududlar to„g„risida”gi 3218-sonli Qonun 1985-yilda qabul qilingan va 1987-yildan boshlab amal qilib kelmoqda. Ushbu qonunning maqsadi, EIHlarni tashkil etish chora- tadbirlari, ular faoliyatini maqbullashtirish, tartibga solish va to„g„ri yo„naltirib borishdir. EIHlar faoliyatining qonuniy jihatdan mustahkamlab qo„yilgani ularning samarali ish olib borishiga va son jihatidan yanada ko„payishiga turtki bo„lishi tabiiy. Turkiya EIHlariga xos va ularda mavjud bo„lgan imtiyozlar sifatida quyidagilarni sanab o„tish mumkin: - EIHlar barcha turdagi soliqlardan, shuningdek, korporativ va daromad soliqlaridan butunlay ozod bo„lgan hududlardir; - EIHlarda faoliyat ko„satayotgan tadbirkorlar turli xildagi yig„imlar va bojlardan ham ozod hisoblanadi (masalan, bojxona va port xizmatlari uchun bojlar va boshqalar); - boshqa davlatlardagidan farqli o„laroq, Turkiya ichki bozorlarida EIHlarda ishlab chiqarilgan yoki ular orqali import qilingan tovarlarning savdosiga ruxsat berilgan va bu borada ularga nisbatan oddiy ko„rinishdagi tashqi savdo boshqaruvi qo„llaniladi; - EIHlarda to„lov vositasi sifatida erkin konvertatsiya qilinuvchi ixtiyoriy valyuta qo„llanilishi mumkin; - Turkiyaning EIHlar faoliyati to„g„risidagi qonunchiligiga binoan, ushbu 202 hududlarda faoliyat olib borish huquqini beruvchi litsenziyani qo„lga kirita olmagan tadbirkorlarga ro„yxatga olish uchun yig„imlar summasi to„la miqdorda qaytariladi; - Turkiya EIHlarida ishchi kuchi narxining boshqa davlatlardagi EIHlarga nisbatan pastroq darajani tashkil etadi; - Turkiya EIHlarida yer ijarasining eng quyi narxi joriy qilingan; - investitsiyalarning kirib kelishi, shuningdek, ularni ishlab chiqarish jarayoniga yo„naltirish va o„ylab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bosqichlarida ham byurokratik rasmiyatchilikka yo„l qo„yilmaydi; - Turkiyaning boshqa hududlarida tovar va xizmatlar narxi va sifati hamda ular ustidan nazoratni o„rnatish borasidagi qonunchilik normalari EIHlarda amal qilmaydi. Ushbu imtiyozlardan tashqari, erkin tadbirkorlik hududlarida faoliyat ko„rsatuvchi investorlar hukumatning xususiy kapital qo„yilmalari hajmini oshirishni rag„batlantirish borasida amalga oshiradigan siyosati doirasida taqdim etiladigan bir qator boshqa imtiyozlardan ham foydalanishlari mumkin. Turkiya EIHlarining eng afzal jihati va o„ziga xos xususiyati shundaki, ular xalqaro portlar va transport tarmoqlariga yaqin joylashgan. Bu kabi shart-sharoitlar pirovard natijada ushbu hududlarda qulay investitsion muhitning shakllanishiga olib keladi. SHu bilan investorlarga ham bir qator qulayliklar va keng imkoniyatlar yaratadi, ya‟ni ishlab chiqarish xarajatlari miqdori kamayadi, mavjud mahalliy va xorijiy firmalar o„rtasidagi kuchli va sog„lom raqobat mustahkamlanadi. Hozirda Turkiyada mavjud EIHlar nomi va tashkil etilgan yillari: 1. Adana – YUmurtalik erkin hududi (CHeyhan – Adana), 1999. 2. Ayjen erkin hududi (Gaziemir – Izmir), 1990. 3. Antaliya erkin hududi (YAngi port – Antaliya), 1987. 4. Bursa erkin hududi (Jemlik – Bursa), 2001. 5. Gaziantep erkin hududi (Baspinar – Gaziantep), 1999. 6. Denizli erkin hududi (CHardak – Denizli), 2001. 7. Yevropa erkin hududi (CHorlu - Tekirdag), 1999. 8. Izmir Menemen erkin hududi (Menemen – Izmir), 1998. 9. Istanbul birja erkin hududi (Emirgan – Istanbul), 1997. 10. Istanbul Otaturk aeroporti erkin hududi (Esilkoy – Istanbul), 1990. 11. Istanbul charm va sanoat erkin hududi (Tuzla – Istanbul), 1995. 12. Kayseri erkin hududi (Kayseri), 1998. 13. Kochaeli erkin hududi (golchuk – Kochaeli), 2001. 14. Mardi erkin hududi (Mardin), 1995. 15. Mersin erkin hududi (Mersin), 1987. 16. Rize erkin hududi (Rize), 1998. 17. Samsun erkin hududi (Port – Samsun), 1998. 18. Trabzon erkin hududi (Port – Trabzon), 1992. 19. Tubitak Marmara tadqiqot markazi texnologik erkin hududi (Gebze– Kochaeli), 2002. 20. SHarqiy Anatoliy erkin hududi (YArmarka hududi – Erzurum), 1995 68 . 68 www.turkey.mid.ru/rus/econom_06.html |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling