Fundamental ilmiytadqiqotlar
Download 13.61 Kb.
|
Xorijiy davlatlardagi innovatsion klasterlarning rivojlanishi tahliliga ko
Xorijiy davlatlardagi innovatsion klasterlarning rivojlanishi tahliliga ko‘ra, mazkur tuzilmalarning asoslari sifatida texnoparklar,texnologiyalar, yuqori texnologiya hududlarini e’tirof etish mumkin. Ma’lumki, innovatsion jarayon texnologiyalar transferi asosida yotadi.Texnologiyalar transferi o‘zining chiziqli ko‘rinishda rivojlanishiga muvofiq qo‘yidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi: fundamental ilmiytadqiqotlar; amaliy tadqiqotlar; innovatsion ishlanmalar; yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish; marketing va texnologiyalar tijorati (tayyor mahsulotlarni bozorga chiqarish). Texnologiyalar transferining barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun quyidagi shart-sharoitlarni amalga oshirish zarur: olimlar tomonidan yaratilgan yangi g‘oyalar va yangiliklar zarur; g‘oyadan to ilmiy hajmdor mahsulotga aylanish mumkin bo‘lgan real patentlangan ilmiy natijaga bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish lozim. Buning uchun etarli moddiy-texnik, tajriba-yeksperimental va moliyaviy ta’minot kerak bo‘ladi. Bu erda ishlab chiqarish tarmoqlari tomonidan investitsiya berilishi muhimdir; ilmiy ishlanma ishlab chiqarish tarmog‘ining amalda qiziqishini uyg‘otishi va uni texnologik jarayonlarga joriy etilishi lozim; sanoat sinovi uchun ishlab chiqarish tarmog‘ida tegishli infratuzilma va sharoit yaratilgan bo‘lishi zarur; innovatsion mahsulot ichki va xalqaro bozorlarda to‘lovga qodir talabga ega bo‘lishi lozim, ya’ni import o‘rnini bosadigan va eksportga yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Xususiy vaaksioner kapital, venchur kapital ishtirokida, innovatsion jarayonni tashkil qilish, uni barcha bosqichlarida innovatsiyalarni amalga oshirish va taqdim etilgan maqsadli investitsiyalar mavjud sanoatga innovatsiyalarni targ‘ib qilish lozim. Davlat yoki boshqa korxonalar topshirig‘iga asosan innovatsion jarayon oxirgi bosqichni tashkil qilish va boshqarish orqali menedjerlar guruhini ishga solish va zaruriy infratuzilmaniyaratish orqali amalga oshiriladi. Shuni qayd qilish kerakki, ko‘pgina mahalliy ilmiy ishlanmalar butun sharoitda amalda bo‘lgan texnologiyalar va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning guruhiga to‘g‘ri kelmaydi. Ishlab chiqaruvchilarga tayyor va yaxshi reklama qilingan yangi texnologiya yoki mahsulotlarni sotib olish, ularning ishlab chiqarishdan ko‘ra osonroq hisoblanadi. Respublika ishlab chiqaruvchilari hali ham yangi mahalliy ishlanmalarga mablag‘larni ishonchsiz qo‘ymoqda. Davlat amaliy ilmiy-texnik dasturlari darajasida ilmiy loyihalarni moliyalashtirishda bu ishlarga qiziqqanlarni sanoat tomonidan ishtirok etishini ta’minlash va ayniqsa tarmoqlar,respublikaning etakchi sanoat ob’ektlari va ularning moliyaviy ishtiroki bilan yaratiladigan venchur fondlari loyihalar amaliy ishlanmalarning birinchi monitoringgini olib borish hamda innovatsiya bosqichiga o‘tkazishi zarur. Sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarishda innovatsion loyihalarni venchur fondlari orqali moliyalashtirishi kerak. Download 13.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling