Эркин иқтисодий ҳудудлар


Download 7.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/273
Sana20.11.2023
Hajmi7.24 Mb.
#1789622
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   273
Bog'liq
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Tayanch iboralar: 
Erkin iqtisodiy hududlar, iqtisodiyot, korxona, bozor, xorijiy investitsiya, 
valyuta, eksport, import, aholi bandligi, ishlab chiqarish. 
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 
1. EIHlarni tashkil etishning o„ziga xos tamoyillari mavjud bo„lib, bu tamoyillar 
EIHlarning maqsadli tashkil etilishi va samarali faoliyat ko„rsatishini ta‟minlashning 
muhim sharti hisoblanadi. 
2. EIHlarni tashkil etish maqsadlarini amalga oshirishda uni ro„yobga chiarishga 
xizmat qiluvchi vazifalarning o„rni beqiyosdir. Mazkur vazifalar EIHlarning samarali 
faoliyat ko„rsatishini ta‟minlash imkoni berish bilan birga uning amalga oshirilish 
mexanizmini ham ko„rsatib beradi. 
3. EIHlarni tashkil etish va faoliyat ko„rsatishida ularga xos xususiyatlar mavjud 
bo„lib, mazkur xususiyatlar boshqa alohida hududlarda kuzatilmasligi va 
qo„llanilmasligi bilan ajralib turadi. 
Nazorat uchun savollar: 
1. EIHlarni tashkil etish qanday tamoyillarga asoslanadi? 
2. EIHlarni tashkil etish qanday tamoyillarining mazmuni va ahamityatini 
tushuntirib bering. 
3. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish qanday vazifalarni amalga oshirishga 
asoslangan? 
4. EIHlarning tashkil etilishi va faoliyat yuritishi hamda ularga xorijiy 
investitsiyalarni jalb etish mexanizmi nimalardan iborat? 
5. EIHlarga xos bo„lgan xususiyatlar nimalardan iborat? 
6. “EIHlarga xos bo„lgan xususiyatlar ularning ahamiyatini qanday namoyon 
etadi? 


34 
1.6. Erkin iqtisodiy hudud tashkil etilishidagi yondashuvlar: hududiy 
va funksional 
Zamonaviy jahon amaliyotida EIHlar tasnifiga turli xil yondoshuvlar mavjud. 
Shunday qilib, jahon amaliyotida, EIHlarni tashkil qilishda ikkita turli konseptual 
yondoshuvlardan foydalanadilar, ya‟ni tashkil etish usuliga qarab ikki turdagi 
hududlar farqlanadi: 
1. Hududiy EIHlar. 
2. Funksional (nuqtali) EIHlar. 
Hududiy – ajratilgan territoriyali hududlar bo„lib, u erda faoliyat yurituvchi 
barcha rezidentlar faoliyat turidan qat‟iy nazar xo„jalik yuritishning imtiyozli 
tartibidan foydalanadi. Masalan, Xitoydagi EIHlar, “Manaus” hududi (Braziliya). 
Ushbu yondashuv amalga oshirilishiga rivojlangan mamlakatlardagi ko„pchilik 
eksport-ishlab chiqarish hududlari ham misoli bo„la oladi. 
Funksional (nuqtali) – firma mamlakatning qaysi tumanida joylashishidan qat‟iy 
nazar tadbirkorlik faoliyatining ma‟lum ko„rinishlari uchun qo„llaniladigan imtiyozli 
rejimdan foydalanishi mumkin. Ya‟ni firma qaysi hududda joylashishidan qat‟iy 
nazar ma‟lum turdagi faoliyatga qo„llaniladigan imtiyozli tartib hududiga tegishli 
bo„ladi. Masalan, nuqtaviy hududlar Karib havzasidagi alohida korxonalardan iborat 
offshor markazlari, turistik hududlar, Meksikadagi Makiladoras turidagi korxonalar, 
“dyuti fri” magazinlaridir. Bunday yondashuvdagi EIHlar “nuqtali” hududlar 
hisoblanadi. 
EIHlarni tashkil etishning hududiy va funksional yondashuvining quyidagi 
turlari mavjud (1.4-rasm). 

Download 7.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling