Эркин иқтисодий ҳудудлар
Download 7.24 Mb. Pdf ko'rish
|
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
- 2.5. Erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish muammolari
Tayanch iboralar:
Erkin iqtisodiy hududlar, iqtisodiyot, kapital, investor, infartuzilma, eksport. Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 29 Mahmudov N.M., Eshov M.P va boshqalar. Jahon iqtisodiyotiga integratsiya. O„quv qo„llanma. – T.: TDIU, 2011. – 200 b. 58 1. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda yuzaga keladigan muammolar barcha davlatlar tajribalarida kuzatilib, ularning hal etilish uslublari, vaqti va imkoniyatlari bo„yicha bir-biridan farqlanadilar. 2. EIHXRA – MARSEZ rahbarlarining fikriga ko„ra, EIHlarni tashkil etish va yaxshi faoliyat yuritishi uchun bir qator muhim dastlabki shart-sharoitlarni ta‟minlash talab etiladi. 3. O„zbekistonda ham EIZlarni tashkil etish bo„yicha muayyan tajribalar to„plangan bo„lishiga qaramay, bu borasida hal etilishi lozim bo„lgan daolzarb muammolar ham mavjud. Nazorat uchun savollar: 1. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda qanday muammolarni bilasiz? 2. EIHXRA – MARSEZ rahbarlarining fikriga ko„ra, EIHlarni tashkil etish va yaxshi faoliyat yuritishi uchun qanday dastlabki shart-sharoitlarni ta‟minlash zarur? 3. Jahon amaliyotida aksariyat EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bilan bog„liq qanday muammolarni aytib bera olasiz? 4. “EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bilan bog„liq muammolarni hal etish bo„yicha qanday takliflar bera olasiz? 5. O„zbekistonda EIHlarni tashkil etish va rivojlantirish bilan bog„liq muammolarni hal etish borasida qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda? 6. EIHlarni tashkil etish va rivojlantirishda asosiy muammolar sifatida qaysilarni ko„rsatib bera olasiz? 2.5. Erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish muammolari EIHlarga to„g„ridan-tug„ri xorijiy investitsiyalarni xorijiy firmalarning asta- sekin milliy iqtisodiyotga integratsiyalashuv usuli sifatida qarash mumkin. Shu sababli EIHni rejalashtirish bosqichidayoq chet el firmalarining mahalliy tadbirkorlar bilan bevosita va teskari aloqalarini o„rnatish imkoniyatlarini ko„zda tutish zarur. Bunday aloqalar mahalliy xomashyo tovarlarini, komponentlarni, yarimfabrikatlarni, majmuaviy asbob-uskunalarni va xizmatlarni olish imkoniyatini ta‟minlashi zarur. Mahalliy resurslarga ega bo„lish imkoniyati xorijiy investorlar uchun muhim rag„bat hisoblanadi. Biroq, EIHda faoliyat ko„rsatayotgan xorijiy investorlar uchun bunga amalda erishish ancha qiyin bo„lishi va katta vaqtni talab etishi mumkin. Mazkur omilga katta e‟tibor bergan holda, EIH loyihachilari quyidagi jihatlarni hisobga olishga urinadilar. Download 7.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling