Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi yoki "free-floating exchange rate" bu mamlakat valyutasining qiymati tashqi valyuta bozoridagi talab va taklifning rivojlanishi natijasida belgilanadi


Download 58.05 Kb.
bet2/9
Sana24.04.2023
Hajmi58.05 Kb.
#1395869
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi Ollaberganov Azmiddin (2)

Xorijiy valyuta bozori.
1. Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki suzib yuruvchi valyuta kursi tizimi.
2. Oavlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valyuta kursi tizimi.
Erkin suzib yuruvchi valyuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi.
Masalan, bir o‘zbek so‘mining AQSH dollariga almashishini qarab chiqamiz. Сhizmadan ko'rinib turibdiki, dollarga talab kamayadi va taklifesa oshadi. Nimaga?
Dollarga bo‘lgan talabning kamayishi DD to‘g‘ri chizig4 ida berilgan. Bu shuni ko‘rsatadiki, agarda dollar o‘zbekistonliklar uchun arzon bo4Isa, Amerika tovarlari ham ular uchun arzon bo‘ladi va bu, o’z navbatida, ulaming Amerika tovarlariga bo‘lgan talabini oshiradi.
Dollaming taklifi (SC) kamaysa, so‘mda belgilangan dollaming qiymati oshadi (ya'ni dollarda belgilangan so‘mning qiymati pasayadi). Bunday vaziyatlarda amerikaliklar ko'proq o‘zbek tovarlarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Chunki, so‘mning dollarga nisbatan qiymati pasaysa, u o‘z navbatida o‘zbek tovarlarining narxi ham pasayganini bildiradi va oqibatda ko‘proq o‘zbek tovarlarini sotib olish imkoni paydo bo‘ladi.
O‘zbek tovarlarini sotib olish jarayonida ular AQSH dollarini valyuta bozoriga olib chiqadi, chunki, o‘zbek tovarlarini sotib olish uchun dollami so‘mga almashtirishadi. Dollarga bo‘lgan talab va taklifning kesishgan nuqtasi dollaming so‘mdagi qiymatini bildiradi.
Erkin bozor sharoitida belgilangan valyuta kurslari “o‘zgarishi” mumkin. Agarda, dollaming so‘mdagi qiymati oshsa, so‘m qiymatinmg pasayganligini yoki qadrsizlanganligini ko‘rsatadi. Aksincha, agarda dollarning so‘mdagi qiymati pasaysa, so‘m qiymatining oshganligini yoki so‘mning qimmatlashganligini ko‘rsatadi. Bir birlik xorijiy valyutani sotib olish uchun kam miqdorda milliy valyuta sarf qilish milliy valyutaning qimmatlashuvini bildiradi. Agarda, dollarga nisbatan so‘m qadrsizlansa, dollar so‘mga nisbatan qimmatlashadi.
Ochiq iqsodiyotli ko‘plab mamlakatlar o‘z to‘lov balanslarini XVF tavsiya etgan narx bo‘yicha ishlab chiqadilar. Bu tarx rivojlangan bozor munosabatlari sharoitida amalga oshiriladigan barcha iqtisodiy operatsiyalami amalga oshiradi. To‘lov balansining ma’lumotlari muntazam chop etiladi va davlatning kredit qobiliyati haqidagi guvohnoma sifatida xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlaming hukumatlari hamda tadbirkorlari tomonidan kreditlash va moliyalashtirish, moliyaviy, texnika va moddiy yordam ko‘rsatish masalalarini hal etishda qo‘llaniladi.
O‘zbekistonda to‘lov balansi faqat Respublika mustaqillikka erishganidan va bozor munosabatlariga o‘tishidan keyin tuzila boshlandi. Jahon bozorida teng huquqli sherikchilik Respublikani xalqaro iqtisodiy munosabatlar subyekti sifatida aniq ma’lumotlarni talab etadi. Shuning uchun Respublika to‘lov balansi XVF tafsiyalariga juda yaqinlashtirilgan tarx asosida tuzilgan.

Download 58.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling