Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi yoki "free-floating exchange rate" bu mamlakat valyutasining qiymati tashqi valyuta bozoridagi talab va taklifning rivojlanishi natijasida belgilanadi


- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi


Download 58.05 Kb.
bet6/9
Sana24.04.2023
Hajmi58.05 Kb.
#1395869
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Erkin suzib yuruvchi valyuta kursi Ollaberganov Azmiddin (2)

- milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlari darajasi;
- pulning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya darajasi;
- valyutalarga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi to‘lov balansi holati;
- mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;
- valyutaga jahon bozoridagi ishonch va h.k.
Nazariy jihatdan valyuta kurslarining tebranishini tushuntirish, xarid qilish layoqatinig paritet nazariyasi yordamida beriladi (G.Kassel tomonidan isbotlab berilgan). Bu nazariyaga ko‘ra, kursli nisbatlarni aniqlab berish uchun ikki mamlakat iste’molchilik tovarlari shartli “savati” Baholami taqqoslash talab qilinadi. Masalan, agar O‘zbekistonda bunday savat, aytaylik 5000 so‘m, AQSH da esa 10 dollar tursa, 5000 so‘mni 10 ga bo‘lib 1 dollaming bahosini hosil qilamiz, bu 500 so‘mga teng ekan. Agar O‘zbekistonda muomaladagi pul massasining ko‘payishi natijasida, tovarlar bahosi ikki marta oshsa, AQSHda hammasi o‘zgarishsiz qoladi va hamma sharoitlar teng bo‘lganda dollaming so‘mga nisbatan ayirboshlash kursi ikki martaga oshadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosan giperinflyatsiya ro‘y berganda, xarid layoqatining paritet nazariyasi kurs nisbailarini oldindan aytish imkonini beradi. Valyuta kurslarining o‘zgarishi eksport mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqlar imkoniyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, agarda AQSH bir dollari 2,5 nemis markasiga ayirboshlansa Germaniya uchun maishiy elektronika ishlab chiqaruvchi Amerika eksportyorlarining tushumi, 100 marka 40 dollarga tenglashadi. Valyuta kurslarining к 1,682 nisbatga o‘zgarishi sotishning o‘zgarmas hajmida tushumning 59 dollarga ko‘pafishiga olib keldi.
Valyuta kurslari milliy iqtisodiyotga, ishlab chiqarish va undagi bandlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Milliy valyutalar kursining pasayishi mamlakatlar eksport imkoniyatini oshiradi. Ammo mamlakat eksporti xomashyo tovarlari importiga asoslansa, bunda valyutalar kursining pasayishi eksport qilinadigan tovarlar bahosining o‘sishiga olib keladi va bu ularning raqobatga layoqatliligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Valyuta kurslarining oshishi mamlakatlar eksport imkoniyatlarini yomonlashtiradi. Valyuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy aloqalarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Uning tebranishi xalqaro bitimlarda noaniqlik va tahlika darajasini ko‘paytiradi. Shu sababli valyuta kursi ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning muhim obyekti hisoblanadi. Davlat bevosita tartibga solish vositasi sifatida valyutali intervensiya va diskont siyosatidan foydalanish mumkin.
Diskont - banklar tomonidan olinadigan foiz. Bank foiz hisob stavkasini oshirib yoki tushurib chet el kapitallari kirishi yoki chiqib ketishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Tartibga solishning ko‘proq universal usuli valyutali intervensiya liisoblanadi. Bunda markaziy banklar taklifi yetarli bo‘lmagan, kurs esa yuqori bo’lgan chet el valyutalarini sotadi, taklif ortiqcha va kurs past bo‘lganda sotib oladi. Bu bilan talab va taklifni tenglashtirib, milliy valyuta kursi tebranish chegarasini cheklaydi. Valyutali intervensiyani qo'llash zaxira valyuta fondining miqdori bilan cheklanadi, shu sababli valyutalami sotish albatta uni sotib olish bilan almashtirib turilishi lozim.
Bundan tashqari inflyatsiyaning yuqori sur’atida valyutalar kursi valyuta xarid qilish kuchlari nisbatining o‘zgarishi tufayli pasayadi. Bu holda valyutali intervensiya mazkur mamlakat valyuta devalvatsiyasi (kursning rasmiy o‘sishi) bilan birga borishi zarur.

Download 58.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling