Erkin Vohidov lirikasi. A. Oripov she’riyati


Download 27.94 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi27.94 Kb.
#1385276
Bog'liq
4-amaljy


Mavzu: Erkin Vohidov – lirikasi. A.Oripov she’riyati

Erkin Vohidov – ko’p qirrali ijodkor. Uning lirikasini kamalakka - mana shurangin tabiat hodisasiga qiyos qilish mumkin – serjilo poeziya. Shoirning o’zi bir suhbatida sher – qiziq, ammo she‘rning yaralish jarayoni undan-da, qiziq, degan edi,Uvaysiy tomonidan "Anor"chistonining yaratilishi bilan bog’liq voqeani eslab,Erkin Vohidovning she‘riyati haqida gapirganda beixtiyor unga zamondosh bo’lganyana bir zabardast shoirning ijodi "yarq" etib ko’z oldimizda namoyon bo’ladi. Bubejizga emas, chunki har ikki shoirning ijodida ruhan yaqinlik bor. Farqli jihatlariham mushtarak. Binobarin, bu ikki ijodkorning ijodiga xos mushtarak jihatlarnimalardan iborat, ularning ijodida ruhiyat manzaralari, poetik qonuniyatlar mezonihaqida gapirganda nimalar ko’z o’ngimizda namoyon. Erkin Vohidov yuqorida ta‘kidlaganimizdek voqeadan she‘r yaratadi, Abdulla Oripov esa aksar hollarda holatdan kelib chiqib ijod qiladi. Masalan, Abdulla Oripovning"Ona sayyora" she‘ri suvratga qarab bitilgan she‘r. Erkin Vohidovning "Sadoqat"she‘riga esa keksa daraxtni qulatish bilan bog’liq voqea asos qilib olingan. Xuddishuningdek, uning "Hayvon o’rgatuvchiga", "Bolalarni shaytonlardan qo’rqitmangiz","Bu ko’hna hasrat", "Hozirgi yoshlar" singari qator she‘rlarida ham muayyan birvoqea yetakchilik qiladi.


Shoirning shakllanishida muhitning ta‘sirini birlamchi, dedik – bu isbot talab
qilmaydigan haqiqat. Mana u 60-yillar arafasida nima deb yozadi:
Yillar o’tar, quvonaman kelajakka intilib,
Kelajak ham Meni kutar, quchoq ochib, shod kulib.
Yillar o’tar...
Ko’z oldimda chiroy ochar kelajak... deya xulosa chiqargan shoir, oradan yigirma
yilcha vaqt o’tib:
Fursating yetmaydi doim,
Hech qachon yetgan emas.
Mehnating bitmaydi doim,
Hech qachon bitgan emas... degan fikrga keladi. Chunki, zamonning shiddati
o’zgardi. Shoirning lirik qahramoni ham ana shu shiddatga munosib odim otishi lozim
– ba‘zan ulgurish mushkullashayotgnidan nolingandek bo‗ladi. Shoir unga o’z
munosabatini bildirib, harakatchan odam har qanday zamonda, har qanday shiddatga
moslashishini uqdiradi. Allomalar aytgani kabi, qoniqmaydigan odam jilganing
yonida turib ham chanqab turaveradi.
Bilaman, g’oyat tez asrim shiddati,
Yelkanlarga ortgan uhdasi buyuk.
Fazoda charx urgan yerning suvratin,
Yuraklarga bergan aslida shu yuk.
Erkin Vohidov ijodiga tub burilish yasagan omillar haqida so’z ketsa,
adabiyotshunoslar bir ovozdan "Tirik sayyoralar" to’plamini tilga olishadi. Mazkurto’plamga kirgan she‘rlar, haqiqatdan ham shoirning dunyoqarashi kengayib, lirik qahramoni hayotiy bichimga ega bo’lganini ko’rsatadi.
Yirik adabiyotshunoslar "Ozod Sharafiddinov, Ibrohim G’afurov singari she‘riyat bilimdonlari to’g’ri ta‘kidlaganlaridek, "Tirik sayyoralar"ga kirgan ko’pchilik she‘rlar Erkin Vohidov ijodida muhim burilish, poeziyamizda yirik hodisa bo’ldi"
She‘rim, mana bitding nihoyat,
Tunim uyg’oq o’tdi qoshingda.
Bitding dedim, sevinma faqat,
Qancha ish bor hali boshingda.
Mana shu hazil tariqasida yozilgan she‘rga e‘tibor bering. Shoirning
mahoratiga qoyil qolmay ilojingiz yo’q. U polifoniya(ko’p ma‘nolilik) san‘atidan unumli foydalanib, she‘rga ham yengilgina yumor, ham og’ir ijtimoiy yukni
singdiradi. "Sen meniki emassan, tamom!" Mana shu jumladan she‘rning keyingi
hayoti boshlanadi. U "oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga" yuksalish jarayoniniboshdan kechiradi. 
Tortmalarda yotadi, taroshlanadi.
Urinmagin endi behuda,
Uchmoq uchun bog’lama qanot.
Orom olib shirin uyquda,
Muharrirning tortmasida yot.
Shoir xuddi mana shu dovonlarni yengib o’tib, bu she‘r ko’pning mulkiga
aylanishini biladi. Shuning uchun ham uni sinov maydonida qoldirar ekan,
go’yokichidam va sabot tilagandek, unga nasihatlar qiladi. Xuddi ota o’z farzandigahayotsaboqlaridan ulgu berayotgandek. Shuning uchun ham she‘r samimiy, ishonarli shuning uchun ham she‘rxonlarning qalbidan tez o’rin egallaydi.
Har bir insonning hayotida shunday daqiqalar bo’ladiki, u birdan hayot haqida
mushohada yurita boshlaydi. Shaxs va muhitning o’zaro bog’liqligi, o’zining
jamiyatda tutgan o‗rni va vazifasi nimadan iborat ekani haqida fikr qilishga tushadi.
hamma zamonlarda ham progressiv(ilg’or) insonlarni, xususan shoirlarni borliq, olam haqidagi muammolar qiziqtirib kelgan.
Bu la‘nati jumboqlar (Dostoyevskiy bu muammolarni shunday atagan)kirib
bormagan adabiyot yo’q. Uning ustida bosh qotirmagan shoirni topish amri-mahol.
Shuning uchun ham YE. Yevtushenko "Bu yurtda shoir shoirlikdan ko’ra ko’proq vazifani bajaradi"_ degan edi.
Pushkinning dahosida shoirlik juda yuksak qadrlangan va uning e‘tiqodicha
shoir ilohiy bir yumushga mas‘ul etib tayinlangan zot, degan tushuncha mavjud
bo’lgan. Shuning uchun ham u ijodiy qobiliyat va ijodkor haqidagi "Payg’ambar"nomli she‘rida shoir shaxsini xudo, nabiy va serafim darajasidagi yuksaklikda tasvirlaydi.
Xuddi mana shu mezonlar misolida olib qaraydigan bo’lsak, Erkin Vohidovning
"Ruhlar isyoni" she‘ri inson ruhiyatining eng chuqur nuqtalarini ham zabt eta olgan
ijod namunasi bo’lib hisoblanadi.
Bu dunyoga
Nazrul Islom
Shoir bo’lib tug’ildi.
Ibtidodan yoniq ilhom
Shu‘lasiga yo’g’rildi.

Bengal xalqining farzandi, shoir Nazrul Islom haqidagi she‘r bu. Bir millatga


mansub, ammo ikki xil diniy e‘tiqod tarafdori bo’lgan basharning o’zaro
hunrezliklari, behuda mojarolari qalamga olingan doston. Katta-katta epik asarlar miqyosini qamrab olgan she‘riy asar bu.
Shuning uchun ham mazkur mavzuda mushohada yuritgan adabiyotshunos olim U.Normatov: "Hayotdagi murakkab, chigal, dialektik aloqadorlikni tag-tomiri bilanKo’rsatish jihatidan bu she‘r faqat yirik epik asar uddalay olishi mumkin bo’lganvazifani ado etgan" deb yozgan edi. Unda bir mamlakatda istiqomat qilayotgan hindubilan musulmon qavmining kelishmovchiliklari shoir Nazrul Islomning qalb prizmasida olib ko’rsatilgan.Shoirni u tug’ilmasdan
Gado qilgan edilar.Shoir bir doston yozadi, unda haq so’zni aytadi. Xalqni ikkiga bo’lib, o’zaroqirpichoq qilib – parokanda bu qavmning kanadek qonini so’rayotganlar aslida bu
mojarolarni chetdan tomosha qilib turgan oq tan janoblar ekanini barchaga
uqdirmoqchi bo‗ladi. Biroq...
Malomatga qoldi endi
Shoir bitib haq doston.
Hindu uni «jobon» dedi,
«Kofir» dedi musulmon.
Dostonning mana shu nuqtasida nuktadon o’quvchi hushyor tortadi. To’g’risini
aytsam, bir oz esankirab qolishi ham mumkin. Gap qayoqqa sirg’alib borayotganinifaxmlagandek bo‗ladi. She‘rda bor bo’yi bilan bo’rtib turgan ruhiy iztirob nafaqatshoir Nazrul Islomga, balki Erkin Vohidovning o‗ziga tegishli ekani kundek ravshannamoyon bo‗ladi.Bu holni biz shoirning "Zamin tashvishlari", "Arslono’ynatuvchi","Manfaatfalsafasi", "Biz ishlayapmiz" singari asarlari misolida ham ko’rishimiz mumkin.
Umarali Normatov shoirning "Hayvon o‗rgatuvchi" she‘riga yuksak baho berib, uni
"Bugungi poeziyamizning yutug’i"_ deb olqishlagani bejizga emas.
Bas, boshimda qamchi o’ynatma!
Ko’ksimdagi
Uxlab yotgan hisni qo’zg’atma!
Haddan oshma!
O’z boshingga o’zing yetarsan,
Etlaringni
Nimta-nimta qilsam, netarsan!
Bu – olovli panjaradan sakrashga undalgan arslonning yurak hayqirig’i. Arslon
O’ynatuvchiga u isyonini bo’ysunmasligi bilan bildirmoqchi bo’ladi. Yirtqich-da,ba‘zan sarkashligi vahimali tus oladi. Qo’lida qamchi tutib amr-farmon qilib turgan kishiga "sen bor-yo’g’i bir masxarabozsan, men esam tutqun bo’lsam ham
chakalakzorlar shohiman" deb nopisand qaraydi. Shoxni shunday shildirvachchaning
qo’liga topshirib, bundan huzurlanib turgan tomosha ahliga nafrat bilan boqib,
taqdiriga la‘nat aytadi. Shu asno hayvon o’rgatuvchi uning yoniga kelib, qulog’iga bir
nimalarni shivirlaydi:
– Nodon dema,
Men bilaman arslon qudratin.
Sen to‗qaylar podshosisan,
Men – bechoraman,
Hamla qilsang,
Bir lahzada tilka-poraman.
Bir qadam qo’ysang bas – naryog‗i o’lim,
Bir qadam qo’ysang bas – shaksiz halokat.
Odamzod boshida turibdi shu zum
Qazoyi muallaq, mudhish falokat.
Shoir bejiz so’nggi urush demaydi. Chunki xavf solib turgan urush ―nainkiodam, hayotning o’zi‖ni ham qabrga tiqishi, ko’hna tamaddunni kunpayakun qilib,umuman bashariyat kelajagini yo’qlikka yuborish mumkin. Asr ―kash etgan balo qarshisida qalbi larzaga kelgan shoir ―so’nggi she‘rini yozishga-da rozi, faqat urush bo’lmasa bas.

She‘r ruhidan kelib chiqib aytish mumkinki, o‗tgan asrning 60-70 yillaridadunyoga xukm surgan sovuq urush vahimasi, uning yuraklarga etkazgan daxshati bularning bari shoirning xayolot olamini yorib kirgan, uni o’z ta‘sir doirasiga olgan edi.Bunday kayfiyatda, bir qadam qo’ysa – naryog’i o’lim ekanligini,boshlarimiz ustida ―bir soch tolasiga bog’langan shamshir‖ osilib turganini his qilganholda yashayotgan ijodkorning dunyo to’g’risida, uning boshqaruvi, ravishi haqidao’ylamasligi mumkin emas edi. Bular bari esa o’tgan asr ikkinchi yarmi o’zbek she‘riyatining ijtimoiylashuv jarayoniga jiddiy ta‘sir ko’rsatgan muhim omillardanhisoblanadi.XX asr yana intellekt davri bo’ldi. Odamzod kosmosga chiqdi, dengiz tubigasho’ng’idi, o’zi sayyoraga qadam qo’ydi, telefon televizor,radio,kompyutkashfetildi.Natijada aqlga e‘tibor shoirning botinidagi iqlimga qadar o’z ta‘sirini ko’rsatdi.


E.Vohidovning ―Yurak va aql degan she‘rida shu xususda so’z boradi:
Meni bir yon boshlasa, aqlim,
Boshqa yog’iga yetaklar yurak.
Bilolmayman, qaybiri haqli,
Qay biriga ishonmoq kerak?
Ya‘ni aql va yurak o‗rtasida talosh bulayotgan inson o‗ylari aks etgan ushbu she‘rda, aqlning ustuvorligi ortib borayotgan sharoitda yozilgan she‘rda shoir aqlhaqligini tan olgani holda yurak izmiga yurmoqni osonroq biladi, faqat ungaishonadi. Albatta, bu shoirning ratsionalistik qarashlar ustuvorlik kasb etib, hislargae‘tibor susaygandek bo’layotgan sharoitga munosabati, ta‘bir joiz bo’lsa isyonidir.
Ayni chog’da, shoir aslo aqlning rolini inkor etmoqchi emas, faqat meyorni insonning ong faoliyati aqliy va hissiy tomonlar birligi ekanligi unutilmasliginiistaydi.E.Vohidov intellektual lirikaning qator yaxshi namunalarini yarata olgani ham yuqoridagi fikrimiz dalilidir. Shoirning ―Po’lat deb nomlangan she‘ri:

U dastavval oybolta bo’ldi,


So’ng zambarak bo’lib quyuldi.
Qilich ham u, miltiq va nagan,
U bomba bo’lib ham portlagan
Lekin olgan jahonni faqat
Pero bo’lib quyilgach po’lat.

Abdulla Oripov yigirmanchi asr o’zbek she’riyatida inson qalbidagi murakkablik, ziddiyatlarni, haq-nohaqliklarni, adolat razolatni teran va haqqoniy, ayniqsa o’ziga xos betakror kuylayotgan ulkan ajdodlardir.


Abdulla Oripov atoqli o’zbek shoiri va jamoat arbobidir. Abdulla Oripov yangi bosqich o’zbek adabiyotiga yangicha badiiy tafakkur yo’sinlarini olib kirdi. Birga shakllanib voyaga yetgan O’zbekistonning shoir va yozuvchilar avlodi Abdulla Oripov asarlarining kuchli ta’siri ostida o’sdi.Abdulla Oripov o’z asarlarining tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Cho’lpon, G’ofur G’ulom idodiy an’analarining davomchisidir. Kenja shoir asarlari ustoz salaflarining zavol bilma adabiy merosi bilan uzviy bir yaxlitlikda abadiy sari davom etajak o’zbek adabiyotining o’tmishi va kelajagini bog’lovchi oltin halqadir.
Shoirning butkul ijodi tomirigacha milliy ruhi bilan sug’orilgan. Bu milliylik mahdudlik, biqiqlik, faqat o’zinigina o’ylab, o’zgalarni mensimaslik yohud haqorat qilish asosiga qurilgan emas. Bu milliylik zamirida o’zbekona bag’ri kenglik, tantilik, olijanoblik va mehrparvarlik bilan bari insoniyatni baxt-saodatga, mehr-muruvvatga bo’lgan kuyunchaklik hissining uyg’unligi yotadi.Ko’pdan-ko’p she’riy to’plamlar, dostonlar, publisistik va adabiy maqolalar, tarjima asarlar, qo’shiqlar muallifi Abdulla Oripovning ijod yo’li bir tekisda kechgani yo’q. Bu yo’lda sho’ro hukumati davrida haqiqatni ayta olmaslik azoblari-yu, aytilgandagi dashnomlar ham; hukmron mafkura ta’sirida uning g’oyalarini kuylash va milliy mustaqillik yo’lidagi fidoiy kurashlar ham bo’ladi. Biroq past-balandliklar, parvoz va qiyinchiliklar, eng asosiysi shoirning o’z xalqiga, xalqning shoiriga adoqsiz sehr-muhabbatiga bir bahya ham susaytirgani yo’q. Aksincha izlanishlar xalq va shoirning bir-biriga sadoqatini yanada mustahkamladi.
Abdulla Oripov 1941 yilning 21-martida, Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko’z qishlog’ida tug’ildi.Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlariniki qatori o’tdi: qo’y boqdi, suv tashidi, pichan o’rdi, yantoq chopdi, somon to’pladi. Ayni vaqtda, u boshqacharoq ham edi: qandaydir xayolchan, serta’sir, o’ychil, kitobga haddan tashqari ko’ngil qo’ygan.
Birinchi marta respublika matbuotida «Qushcha» deb atalgan she’ri chiqqan paytda Abdulla Oripov talaba edi. SHoirning birinchi she’rlar to’plami «Mitti yulduz»esa 1965 yilda chop etilgan. Undan keyin «Ko’zlarim yo’lingda» (1967), «Onajon» (1969), «Ruhim» (1969), «O’zbekiston», «Qasida» (1972), «Xotirot» (1974), «YUrtim shamoli» (1974), «Jannatga yo’l» (1978), «Hayrat» (1979), «Hakim va ajal» (1980), «Najot qal’asi» (1981), «Yillar armoni» (1983), «Haj daftari» (1992), «Saylanma» (1996), «Sohibqiron» (1996), to’rt tomlik «Tanlangan asarlar» (2000-2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi.1984-yilda nashr etilgan «Yillar armoni» to’plami shoirning deyarli chorak asr davomida yozgan sara asarlari, sara namunalaridan tuzildi va ma’lum darajada muallifning armonli yillaridan o’z-o’ziga kichik bir ijodiy hisoboti tarzida tashkil topdi. Abdulla Oripov o’zbek adabiyotini «Jannatga yo’l» (1978), «Ranjkom» (1980) kabi bir qator dostonlari bilan ham boyitdi.
Shoir she’rlari el, yurt tomonidan munosib taqdirlanmoqda. SHoir Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor bo’lgan. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach, «Munojot» she’riy to’plami uchun u birinchilar qatorida Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofotining sovrindori bo’ldi.

Mustaqillik sharofati tufayli so’nggi yillarda milliy qadriyatlarimizga munosabat tubdan o’zgardi. Islom dinining insonparvarlik xususiyatlarini ulug’lash va o’rganishga e’tibor kuchaydi. Hayotdagi bu o’zgarish A. Oripov ijodida ham o’z aksini topdi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy an’analarini davom ettirish hikmatomuz hadislar talqinida yozilgan qator she’rlarning lirik qahramonlari misolida yigirmanchi asr oxiridagi o’zbek she’riyatida aks ettirilgan qahramonlar olami yanada boyidi.Abdulla Oripov xalqni dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham talay ishlarni amalga oshirdi. U Dantening «Ilohiy komediya», L. Ukrainka, T. SHevchenko, N. Nekrasov, Q. Quliev, R. Hamzatov singari shoirlarning asarlarini o’zbekchaga o’girgan.XX asr o’zbek she’riyatining so’nggi 30-35 yillik tarixidan Abdulla Oripovga qadar tanqidchilik e’tiboriga tushgan shoir kam topiladi. SHu davr she’riyati haqida fikr yuritilgan biron –bir salmoqli tadqiqot, ilmiy ish, maqola, sharx, yo’qki, unda Abdulla Oripov asarlariga munosabat bildirilmagan, she’rlari tahlil etilmagan bo’lsa, uning ijodidan dissertasiyalar yoqlandi. Atoqli olim Matyoqib Qo’shjonov «Onajonim she’riyati» nomli kitobida shoirning mo’’jaz ijodiy portretini yaratdi. Bundan o’ttiz besh yilcha avval matbuotda Abdulla Oripovga ilk bor oq yo’l tilagan, uning kelajagiga katta ishonch bildirgan va ko’p o’tmay bu ishonch oqlanib, she’rlaridagi mahoratni hassoslik bilan tahlil qilgan Ozod SHarofiddinov maqollari shoir ijodini o’rganish bilan birga, tanqidchiligimiz ravnaqida ham muhim ahamiyat kasb etdi.


Salohiddin Mamajonov, Umarali Normatov, Naim Karimov, Ibrohim G’afurov, Begali Qosimov, No’’mon Rahimjonov, Ibrohim Haqqul, Mixli Safarov, Botirxon Akramov, Botir Norboev, Suvon Meliev va boshqalarning ehtiros bilan yozilgan ishlari shoir asarlarining g’oyaviy va poetik teranligini, o’ziga xosligini, go’zallik sirlarini ochishga qaratildi. Bu noyob ijod xalqaro miqyosga chiqdi. SHoir asarlari qozoq, turkman, qirg’iz, tojik, ozarbayjon, tatar, turk, boshqird, uyg’ur, qoraqolpoq, rus, ukrain, belorus, ingliz, nemis, bulg’or, venger singari yigirmaga yaqin tilga tarjima qilindi. «Hakim va ajal» dostoni Bayrutda ingliz tiliga tarjima qilindi.Mustaqil O’zbekiston Respublikasi madhiyasi so’zlarining muallifi, Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofotining sovrindori, ulkan davlat va jamoat arbobi shoir Abdulla Oripov yangi-yangi badiiy asarlar ustida ishlamoqda.
A. Oripov lirikasi orqali o’zbek she’riyatiga ko’ngil dardlarining suvratlari, ruhiy iztiroblari manzarasi, armonga aylangan orzular inson sezimlarida qoldirgan iz tasviri kirib keldi. Bu she’riyat yuzaga kelgan davrda shaldiroq so’zlarni qofiyaga solish, bahtiyorlik haqida ko’tarinki satrlar tizish odat edi. Mavzu she’r emas, balki she’rni mavzu mukarram qiladi deb hisoblanar, shuning uchun she’rning qanday yozilishidan ko’ra, uning nima haqda ekanligi muhimroq sanaladi. Abdulla Oripov tuyg’ulari quruqshagan o’zbek she’riyatiga o’ychil va g’amchil o’y olib kirdi. Bu odam shoirning o’zi edi. Binobarin, bir odam to’g’risida hayqirish, baqirish noqulay bo’ladi, u haqda pichirlab she’r o’qish lozim edi. CHunki shovqin, baland tovush odamni o’zga odamlardan yiroqlashtiradi, samimiylikdan mahrum etadi.
O’tgan asrning 60-70 yillarida Abdulla Oripov she’riyati o’zbek millati tuyg’ularining quruqshab qolishdan saqlab qoldi. SHuning uchun ham shoir o’zbek she’riyatida o’z davrini yaratdi, deyish mumkin. Chunki chinakam iste’dodgina davrning to’siqlari, cheklovlarini yengib o’ta oladi. Har qanday zamon unga o’z ta’sirini o’tkazadi.
Abdulla Oripov she’rlaridagi beadad samimiyat, tuyg’ular chinligi kishini beixtiyor o’ziga asir qiladi. SHoir she’rlari kayfiyat va hisiyotning yaxlit obrazlaridir. U inson tuyg’ularini, hissiyotini shu qadar chuqur bilgani va ifoda eta olganidan butun she’r emas, balki ayrim misralarning zalzila paytidagi ruhiy holatini: «Asablar tuproqqa cho’kkan edi tiz» tarzida beradi. O’zining pokiza yoshlik davrini esa «Yiroq-yiroqlardan mungli va uzun Turnalar tovushin tinglardim faqat», - deya ifodalaydi. O’zbek xalqining yig’ma obrazi: «Sonsiz Mening orzularim, mening o’ylarim» tarzida umumlashtirildi. SHoirning: «qaro sochlaringga oppoq alangan» degan tashbihi aniqligi bilan ham, ta’sirchanligi bilan ham ko’ngilni rom etadi. Uning she’riyatida vatan timsoli «SHabnam shovullaydi bog’lar qo’ynida, Salqin tuman ichra bo’zarar tonglar, Quyoshning erinchak yog’dularida, Nafis yaltiraydi bargi xazonlar» deb tasvirlanadi.
Shoir vatan manzarasini yaltiroq so’zlarsiz, hayqirig’-u da’vatlarsiz samimiy aks ettiradi. Keltirilgan misralarda sun’iylik yo’qligi, yolg’on bo’lmagani uchun ham ta’sirchan va yuqumli. Bu satrlar chin insoniy sezimlarning ishonarli ifodasi ekanligi bilan esda qoladi.
Abdulla Oripov she’riyatini millat ruhining timsoliga aylantirgan sifatlardan yana biri undagi obrazlarning teran xalqchil tomirlarga egaligida. Eng murakkab holatlarni ham ulkan nazokat va yuksak madaniyat bilan ta’sirli qilib o’zbekcha ifodalay bilish shoir she’rlarining qimmatini oshiradi. SHoir deyarli hamisha she’riy ifodaning aniq va tuyg’ularga ta’sir ko’rsata oladigan bo’lishiga erishadi. Uning: «Oyoqyalang qo’ziday dovdirar elda maysa, Ko’m-ko’k moviy osmonda kezib yurar oq bulut» kabi satrlarida qo’llanilgan tashbinlar hayotiy asosi chuqur hamda hissiy qudrati tengsizligi bilan kishini hayratga soladi. Elda silkinayotgan qo’zichoqqa o’xshatilishi shoirning xalq turmushini bilibgina qolmay, uni ichdan tuyishini ham ko’rsatadi. SHu joyning o’zida ko’klam osmonini ham esda qoladigan qilib suratlantira olish uchun ulkan iste’dod talab etadi. Abdulla Oripov ko’z oldiga keltirish mushkul, ifodalash undan –da og’ir bo’lgan sezimlarni, mavhum tuyg’ularni tuyumli qilib chizish borasida tengsiz mahoratga egadir: «YOrilmagan yaraday sevgi!» - deydi u. O’ta mavhum tuyg’uni bundan ortiq aniq tasvirlash mumkin emas.

A. Oripovning san’atkorligi shundaki, u hodisalarning boshqalar ko’rgan yoki ko’rgan bo’lsa-da, payqamagan jihatlarini o’ziga xos tarzda aks ettira oladi. SHoirning iste’dodi nazarining o’tkirligi, tuyg’ularinng nozikligi, hissiyotining teranligida ko’rinadi. Ko’klamda o’rik g’o’ralarini hamma ko’rgan, barcha bolalar, ayniqsa, qizlarning unga ishqibozligi azaldan ma’lum. Ammo faqat chin shoirgina unda hayotni davom ettirish nishonasi borligini ko’ra biladi: «Dilbar kelinchakning ko’ksida guli, Zardoli shoxiga tashlar ko’z qirin». Sal e’tibor qilgan o’quvchi yosh kelinchaklarning ko’pincha o’rik dovuchchasiga boshqorong’i bo’lishini esiga tushiradi. Har qanday hayotiy lavhada chin san’atga xos belgini ko’ra olish asl shoirlikning belgisidir.
Download 27.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling