Erkin Vohidov qalamiga mansub dostonlar qaysi javobda ko`rsatilgan? "Orzu chashmasi", "Quyosh maskani"
Download 54.57 Kb. Pdf ko'rish
|
ADABIYOT - savol-javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Telegram manzil: Uztilim
- Mavlon Burxanov Telegram manzil: Uztilim
1. Erkin Vohidov qalamiga mansub dostonlar qaysi javobda ko`rsatilgan? “Orzu chashmasi”, “Quyosh maskani” 2. “O`kin, pushaymon bo`l, ko`rgiliging, taqdiring uchun. Tarbiya qilgan xoqoningga, yemrilgan qo`ldan ketgan yaxshi davlatingga….” Mazkur parcha qaysi asardan olingan? “Kul tigin” 3. Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin, Jonima har birining javr-u jafosimu deyin.” Baytda qaysi san`at qo`llangan? Tanosub 4. “Dunyo-kattakon ko`l, zamon esa turgan yeldir…”. Mazkur parcha qaysi asardan olingan? “Nasihatlar” Abay 5. Sakkokiy o`z ijodida qaysi shohning saltanat tepasiga kelishini Sulaymonga, adolatparvarligini Nosho`ravonga o`xshatgan? Ulug`bekni 6. Xalq qahramonlaridan qaysi biri “O`zi nor kalla qo`chqor”de ta`riflangan? Rustamxon 7. Berteks quyidagi fikrlarni X asrda qayerda yaratilgan adabiyot haqida aytgan? “Aslini olganda, til ___________ nazaridan bu davradabiyotini arab va fors adabiyotiga bo`lish haqiqatan shartli narsadir? Buzorada 8. Ogahiyning “Dahr uyi bunyodkim suv uzradir mahkam emas” she`ri qaysi janrda?Tarji`band 9. Xayriddin Salohning dostonlarini nomini toping. “Toshkent bilan suhbat”, “Laylo”, “Yangroq hayot” 10. Zavqiyning “Hajvi ahli rasta” she`ri qofiyaslash tizimini toping. a-a, b-a, c-a….(g`azal kabi) 11. “Ham forsiy demoqqa qodir va ham turkcha aytmoqqa mohur erdi, ammo turkey devon tadvinga mayl qildilar va dilpazir abyot va Benazir g`azaliyot tartib berdilar”. A.Navoiyning bu ta`rifi kim haqida? Husayn Boyqaro (Husayniy) 12. Qaysi ijodkor o`zini “muhit girdobini somon parcha”ga o`xshatgan? Cho`lpon 13. Qaysi asarda pahlavonlik sirlarini o`rgatgan ustozdano`zini ortiq bilgan va ustoz bilan kurashni da`vo qilgan shogird haqida hikoya bor? Sayfi Sayfi, ”Guliston bit-turkiy” 14. Roman epopiyalarni toping. 1) Sholoxov, ”Tinch don”; 2)Tolstov ”Urush va tinchlik”; 3)Ch.Aytmatov, ”Oq kema”; 4)Nurpeisov ”Qon va ter”; 5)M.Ali ”Ulug` saltanat”; 6)M.Avezov ”Abay” Javob:1,2,4,5,6 15. Abayning “Nasihatlar” asarida “Mensiz inson na o`z foydasini, na o`z zararini bilmaydi qabilida ilmga so`zlagan obraz qaysi? Aql 16. “Layli andin qo`ydi Majnun ko`nglida taxti g`amin, Kim, yo`q erdi manzil ul vodiyg`a andin pokroq”. Qaysi she`riy san`at qo`llangan? Talmih
17. Cho`lponning “Kecha va kunduz” romanida “Imon yo`q taqsirimda” degan jumla qaysi qahramonga nisbatan qo`llangan? Domla 18. “Ayollar sochi uzun, aqli qisqadir” deguvchilarga fikrini bildirgan shoir kim? Anbar Otin 19. Sipehri husn ichra moh sen-sen. Baytda qaysi san`at qo`llangan? Tashbeh
20. Navoiyning “Kamol et kasbim…..” so`zlarining asl ma`nosi qaysi? Lamolga yetishishini o`zingga kasb qil 21. “Sen bo`lmasang otang holi ne kechar, Sensiz falak menga kafan to`n bichar, Dunyoning bolini zahar deb ichar, Harna yo`g`-u borim senga yo`l bo`lsin”. Parcha qaysi dostondan olingan? “Ravshan” 22. Mirkarim Osimning “Zulmat ichra nur” asarida Alisher Shohruxning o`limi haqida kimdan eshitadi? Tog`asi Mir Sayid Kobuliydan 23. Quyidagi misra kimga tegishli va unda qaysi san`at qo`llangan? Shamollarga bitib sho`x kuy taklif etdim bo`limga, Chamanlardan ular xushbo`y sepishdi dimog`imga? Xayriddin Saloh, tashxis 24. Juft-juft matn va naqoratlardan tashkil topgan xalq qo`shig`I qaysi? Chittigul 25. Qaysi ijodkor huquqshunoslik fakultetini juda yaxshi baholar bilan tugatib, diplom olsa-da, bu sohada biror kun ishlamagan? Haynrix Hayne 26. “Bolgar qo`shiqlari”, “Charos” nomli to`plamlar muallifi kim? O`lmas Umarbekov 27. “….Alisherbekning uyikim, “Unsiya” derlar…” “Unsiya” so`zining ma`nosi nima? Chin do`stlik 28. Qaysi ijodkor: “Bu dunyo avraydigan ilondir, yuvosh, yumshoq deb o`ylasang, ichi achchiq ichimlik kabi o`gudir”, deya yozadi? Ahmad Yugnakiy
29. Do`mbira yordamida doston ijro etuvchi, kuylovchi san`atkor “xalfa” deb yuritiladigan viloyatni toping. Xorazm 30. G`am seli bilan ko`ngli vayronga o`xshaydi, …deb u Sa`dullo hayronga o`xshaydir. Baytda qaysi taxallus tushirilgan? Furqat 31. Sharni zindondin ozod o`lib, Tog`ni Shiringa Farhod o`lib Sonur edi o`zni tog` xisravi, Tog`ni uqib Dehlavii ma`navi(y). Ushbu parcha qaysi asarda uchraydi? “Zarbulmasal” 32. Ham mutloq ham muqayyad qofiyani toping? Qamar yuzingdan bo`lur munavvar, Shakar so`zingdan kelur mukarrar 33. “Kichkina hovoncha boshidagi oq tepchima to`ppi va qora uzun soqoli uni hind savdogari qiyofasi qo`yg`an edi. Ushbu portret kim haqida? “Mehrobdan chayon” romanidagi Mulla Abdurahmon 34. Har xil odamlarning fe`l atvori, yaxshi fe`l xosiyati va yomon fe`l kasofati, turli foydali kuzatishlar va misollar kabi uch qismdan iborat asar qaysi? “Mahbub ul-qulub” 35. “Esib keldi sharqdan bahorning yeli, Jahon ko`rkiochildi firdavs yo`li. Ipor to`ldi yerga kofur ketib, Bezanmoqchi dunyo chiroy kasb etib. Ushbu misralar orqali bahorni madh etgan shoir kim? Yusuf Xos Hojib (“Qutadg`u bilig”dagi “Bahor madhi”) 36. Muqimiyning masnaviy usulida yozilgan hajviy asarlarni toping. 1) ”Tanobchilar” 2)Maskovchi boy ta`rifida” Javob: 1,2 37. Har bir baytida ustozlar nomi tilga olingan “Ustozlar e`tirofi” g`azalining muallifi kim? Munis Xorazmiy 38. “Ravshan” dostoni haqida to`g`ri hukmni toping. Doston birinchi marta Hodi Zaripov tomonidan Ergash Jumanbulbul o`g`lidan yozib olingan
39. Cho`lponning she`riy to`plamlarini toping. “Uyg`onish”, “Tong sirlari”, “Buloqlar”, “Soz” 40. “Suhayl va Guldursun” asarida Amir Temurning qayerga yurishi aks etgan? Urganchga 41. Qaysi javobda Rabindrant Tagorning hind xalqining ingiliz istilochilariga qarshi kurashi, mustamlaka siyosatiga nisbatan noroziligi ifodalangan va o`zbek iliga tarjima qilingan hikoyalari berilgan? “Hisob-kitob”, “Jazo”, “Nur va soyalar” 42. Quyidagi parcha qaysi asardan olingan va unda nima tasvirlangan? “… oyoq qo`ygan yer o`pirilib tushib, tubsiz o`ngirga aylandi. U oyog`ini tortib olib, orqaga tisarildi. Qorayib turgan o`ngirning labida qandaydir daraxt ildizi ko`rindi. … tubsiz jarga qulay deganda shu ildizni ushlab qoldi. Bir payt daraxt ham ildizi bilan sug`urilib chiqa boshladi…” “Avlodlar dovoni” romani Humoyunning tushi 43. “Ravshan” dostoni haqida to`g`ri hukmni toping? Avazxonga Guldiz degan suluvni kelin qilib tushurib berdilar 44. Jadid adabiyotining qaysi namoyondasi Kaiy Validiy va yosh o`zbek yozuvchisi Fitrat ta`sirida “O`zbek milliy yozuvchisi” bo`lishga ahd qilgan? Cho`lpon 45. O`quv darsliklarida berilgan qaysi dostonlar Ergash Jumanbulbul o`g`lidan yozib olingan? “Ravshan”, “Kuntug`mish” 46. O`quv darsliklarida berilgan qaysi dostonlar Fozil Yo`ldosh o`g`lidan yozib olingan? “Alpomish”, “Rustamxon” 47. Pirimqul Qodirov qalamiga mansub romanlarni toping? “Olmos kamar”, “Uch ildiz” 48. Navoiy “Xamsa”si qaysi dostonining xotimasida Ganjaviy va Dehlaviyni ta`riflab: “Gar nuktalari jahonni tutti, G`avg`olari ins-u jonni tutdi. Chin forsiy edi nukta shavqi, Ozroq edi anda turk zavqi degan misralar bilan “Xamsa” yozishning sabablarini izohlaydi? “Layli va Majnun” 49. Qaysi javobda keltirilgan asarda ismi yo`lda tug`ilgani uchun qo`yilgan qahramon uchraydi? “Asrga tatugilik kun” (Jo`lomon- Yo`lomon) 50. Quyidagi bayt kimga tegishli? Ey orazi shams-u qamarim netti, ne bo`ldi, Vey tishlari dur-u guharim netti, ne bo`ldi. Atoiy 51. Tilarman sendin koni malohat, Ki bersang, so`z bilan jonimga rohat. Muhabbat jonidin ichsang sharobe, “Muhabbatnoma”ga yozsang javobe. “Latofatnoma” asaridan olingan ushbu misralarda ifoda etilgan talab qaysi obrazga tegishli? Bir juvon(kanizak)ga 52. Navoiyning qaysi asari sari` bahrida yozilgan? “Hayrat ul-abror” 53. “Uch og`ayni botirlar” ertagida “Podsholik-qonxo`rlik demak” degan fikrni kim aytgan? Kenja botir 54. Qaysi qahramon yoshligida o`z ismini burro aytib to`yga yig`ilganlarni hayratga solidi? O`g`izxon (Shajarayi turk) 55. “Qutadg`u bilig” asarida Yusuf xos Hojib bek uchun nimalarni ziynat degan? Sabr va qaror 56. Cho`lponning tarjimalari berilgan qatorni toping? “Tergovchi”, “Feruza”, “Osilgan yetti kishining hikoyasi” 57. Mirmuhsinning “Temur Malik” asari qaysi janrda? Roman 58. Pahlavon Mahmudning “Kanz ul-haqoyiq” asari qaysi janrda? Masnaviy 59. Ko`rar ko`zim ko`rmayotganday, bilar aqlim bilmayotganday bo`ldi(es-hushimdan ayrildim), jonim azobda qoldi. Ushbu parchada tasvirlangan azobga sabab nima edi? Kultiginning vafoti 60. Nokas-u nojins avlodin kishi bo`lsin debon, chekma mehnati, kasofati,olamning kuchuk birla xo`takka qancha qilsang tarbiyat, it bo`lur, eshak bo`lur, bo`lmas aslo odami. Navoiyning bu she`ri qaysi janrda? Qit`a 61. Mirmuhsinning dastlabki she`r va hikoyalar to`plami qaysi? “Sheralining mardligi”, “Ovchi bolalar” 62. Mirmuhsinning ilk dostoni qaysi? “Qamar” 63. Seton Tompsonning “Yovvoyi yo`rg`a” asarida kim “yovvoyi yo`rg`ani tutgan kishiga ming dollar beraman” deb va`da beradi? Montgomer 64. Hukumi tog`I qaysi dostonda keltirilgan? “Rustamxon”
65. Echki faqat ovqat bilan semiradi, muloyim so`z bilan semirmaydi. Parcha qaysi asardan olingan? “Yatimat ad-dahr” (Saolabiy) 66. “To`nyuquq” so`zining ma`nosi nima? To`ng`ich Javhar 67. “Sarob” romanida kim Saidiyning kitoblari nomini o`qiy olmaydi? Ulfat 68. O`lmas Umarbekov qalamiga mansub kinossenariylarni toping? 1) “Changalzor qonuni” 6) “O`zgalar uchun” 7) “Yigit va qiz” 8) “Yuksak qorlikdagi uchrashuv” Javob:1,6,7,8 69. Muqimiy “Sayohatnoma”sida “Zebo sanam, qoshi qalam jononlari bisyor ekan” deya qaysiqishloq ta`riflanadi? Yayfan 70. “Nafs itin qilsang zabun olamda yo`q sendek shujo”. Bayt muallifi kim? Navoiy 71. No`shiravoni Odil nimaning savdosi bilan zulm ildizini qutqarmoqchi bo`ldi? (“Guliston bit-turkiy”) tuz 72. Ahmad Yugnakiy bir kishida ikki narsa bo`lsa unga muruvvat yo`li yopiladi degan. Ular nimalar? Yolg`on gapirish va behuda vaysash 73. Nizomiy Ganjaviy qaysi dostonni Alouddin Ko`rpa Arslonning topshirig`I bilan yozgan? “Haft paykar” 74. Ikki aka-uka Ilhaqa va Is`hoq haqida “Dunyoning ishlari” asarining qaysi hikoyasida berilgan? “Haqqush” 75. Abdulla Qodiriyning “Uloqda” hikoyasida Nurxon o`rtoqlariga otining chopmasligini qanday izohlagan? Akasining issiq holda suv bergani bilan 76. Oybekning “Namatak” she`ridagi ushbu baytda qaysi san`at qo`llangan? Yuksakda raqs etar bir tup namatak, Quyoshga bir savat gul tutib xursand. Tashxis 77. Quyida berilgan qahramonlardan qaysi biri “xurrakni baland otar edi, botmon nosvoyni to`rt bo`lib otar edi, ne gigantlarni bir pulga sotar edi, yurish-turishi xatar edi, yomonlik izlab borgan odamning ishi undan bitar edi” deb ta`riflanadi? Maston kampir 78. Navoiyning qaysi asari hazaji musaddasi mahfuz(maqsur) vaznida yozilgan? “Farhod va Shirin” Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asarida Gulliverning liluputlar tilida o`rgangan dastlabki jumlasi qanday ma`noni anglatadi? O`zini ozod qilishlari ma`nosini 79. Mirmuhsinning chet eldagi kishilar hayoti qalamga olingan asari qaysi? “Chodrali ayol” 80. Qaysi asar “Tangri yashatuvchidir” deb yakunlanadi? “Kul tigin” bitigi 81. Orazidin shams qumardin xijil, so`zlaridin shahd-u shakar munfail Hosili umri erdi ul boyni oti … edi o`shal oyni. Tushirilgan nomni qo`ying? Gunashbonu 82. Qaysi asarda sultonning bir soatlik adolatining savobidan ortiq ekanligi qalamga olingan? Xojaning “Miftoh ul-adl” 83. G`. G`ulom qaysi she`rida Kerch fojiasi, Odess dahshatini qalamga olgan? “Sen yetim emassan” 84. U. Nosirning “Monolog” she`rida “gunohsiz dilbar” degan ta`rif kimga tegishli? Dezdemona 85. Mustaqillik davrida yaratilgan “Bozor” romani muallifi kim? Do’stmuhammad 86. Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asaridan olingan quyidagi parchaga mos tushirilgan nomlarni toping? “…maqsadisayd urib sibo’ni to’yg’armoq va …vardishi diram o’g’irlab, tugun axtarmoq”. Arslon/ sichqon
87. Tuyg’un Eltabar kim? “Kul tigin”ning bitiktoshidagi Kul tiginning qabr toshidagi naqshlarni keltirgan shaxs 88. Ani nazm etki tarhi toza bo’lg’ay, Ulusqa mayl beandoza bo’lg’ay. Yo’q ersa nazm qilg’onni xaloyiq, Mukarrar aylamak sendin ne loyiq. Navoiy “Xamsa” yozishdagi yo’l-yo’riqlar bayon qilingan bu baytlar qaysi dostondan o’rin olgan? “Farhod va Shirin” 89. Ani nazm tarhitoza bo’lg’ay, Ulusqa mayl beandoza bo’lg’ay. Yo’q ersa nazm qilg’onni xaloyiq, Mukarrar aylamak sendin ne loyiq. Navoiy “Xamsa” yozishdagi yo`l-yo`riqlar bayon qilingan bu baytlar qaysi dostondan o`rin olgan? “Farhos va Shirin” 90. Ani nazm etki tarhi toza bo`lg`ay. Yo`q ersa nazm qilg`onni xaloyiq, Mukarrar aylamak sendin ne loyiq. Navoiy “Xamsa”sining bu bayti qaysi vaznda bitilgan? Hazaji musaddasi mahfuz(maqsur)da 91. Mirmuhsinning “Shiroq” asari qaysi janrda? Doston 92. Muqimiyning “Emdi sendek jono jonon qaydadur” she`ri qaysi janrda? Murabba 93. Oybekning “Navoiy” romanida qaysi qahramon “g`oyat bilimli sardor, ulug`vor odam. Lekin ovga, qushga shunchalik o`ch ediki, maboda biror qushlardan biri o`lib qolsa raso motam qilar, bu qushim o`lguncha falon o`g`lim o`lsa bo`lmasmidi” derdi? Muhammad Burunduq Barlos 94. Muqimiy qalamiga mansub quyidagi misralarda qaysi san`at qo`llangan? Xizr otmalarg`a birodar erur, Chimlik azizlar menga dodar erur. Talmeh 95. Mumtoz adabiyot janri bo`lgan chistonlar qaysi she`riy shakllarda yozilmaydi? Tuyuq, muxammas (chiston g`azal, farq, ruboiy, bayt, qit`a shakllarda ajratiladi) 96. “Qora kitob”, “Shamolni tutib bo`lmaydi” asarlari muallifi kim? Nazar Eshonqul 97. She`riyatga qarata “Qaroli bo`lmading zo`ravonlarning” deya murojaat qilgan shoir kim? Rasul Hamzatov 98. “Kecha va kunduz” romani qahramonlarini toping? Enaxon, Xolmat, Sultonxon 99. “Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq ayvonda uvunto`da ko`rpa-yostiqlarga o`ralib, bittagina O`ratepaning kir ip sholchasi ustida yotamiz”. Parcha qaysi asardan olingan? “Mening o`g`rigina bolam” (G`. G`ulom) 100. Qaysi xalq dostoni qahramoni yo`lda kamxarj bo`lganda gadolik qilgan? “Rustamxon”da Sultonxon 101. Zavqiyning “Ajab ermas” she`ri qaysi janrda? Muxammas 102. Navoiyning qaysi asari zamirida “har qanday kishi o`z ahvolidan shikoyat qilishdan oldin orqa-oldiga, yon-atrofiga qarasin, keyin xulosa chiqarsin”, degan o`git aks etgan? “Ulki, iflosdin ayog`inda kafsh” deb boshlanuvchi qit`asida 103. Sanodin o`zga nav atlas to’qiyin, qish o’rtasida bahoriyot o’qiyin. Kim ujmoh erur bazming binosi, hamisha yoz erur jannat havosi. Ushbu misralarda qaysi ijodkor hukmdorga atab mubolag’aviy tasvir yaratgan? Xorazmiy Muhammad Xo’jabekka Furqat ijodidagi 4 ilmiy asarning nechtasi etnografik xarakterga ega? 3 tasi 104. “Barg ostidan muloyim boqqan iboli g’uncha, Ne sirni saqlagaysan, bag’ring necha tuguncha”. She’riy san’atni toping? Tashxis 105. A.Navoiy o’zining qaysi g’azalida zimdan umr o’tkinchiligi, vaqt g’animatligi, oshiq imkoniyatlari cheklanganini qalamga olgan? “Qilg’il” radifli g’azalida 106. “Oq kema” asarida bolaning portfel olishini masxaraomuz qarshi olgan obraz? Seydahmad 107. Milliy ma’naviyatimizdagi bir kemtiklik sarguzasht yo’sinida tasvirlangan O’.Umarbekovning asari qaysi? “Fotima va Zuhra” 108. “…1913-yilda “Sadoyi Turkiston”, “Sadoyi Farg’ona”, “Oina” gazetalari chiqa boshlagach, menda shularga gap yozish fikri uyg’ondi.” Ushbu fikrlar muallifi kim? A.Qodiriy 109. Al Buxoriyning “Al adab al-mufrad” asarida insonda qanday xislat bo`lmasa u aybli va nuqsonli bo`lishi ta`kidlanadi? Muloyimlik 110. “Gahi topdim falakdin notavonliq, Gahi ko`rdim zamondin komronlig” she`rini Navoiy qaysi vaznda yozgan? Masnaviy 111. Nizomiy “Xamsa”sining birinchi dostoni qaysi? “Maxzan ul-asror” 112. Yeseninning qaysi she`rida badiiy takror she`rning jozibasini oshirgan? “Xurosonda bir darvoza bor” 113. Sozanda va shoir sifatida ovozasi olamni tutgan. Buxoro hokimi Nasr ib Ahmad saroyida 40 yil shoirlarga boshchilik qilgan ijodkor kim? Rudakiy 114. “Bir qo`rqqan yomon, bir quvongan” degan gap bor. Parcha qaysi dostondan? “Rustamxon” (Sultonxon) 115. Qaysi shoir ashtarxoniylardan Nodirmuhammadxon, Abdulazizxon va Subhonqulixon davrida ijod qilgan? Turdi 116. “Mehrobdan chayon” romonida Anvarning akasi o`z o`rtoqlari bilan Sultonaliga duch kelishi va buni Anvarga xat orqali ma`lum qilishi haqidagi tasvirlar qaysi bobdan o`rin olgan? “Ikki xil sadoqat” 117. “Boshsiz odam” hikoyasining muallifi kim? A. Qahhor 118. Roman-epopiylarni toping. Sadriddin Ayniy, “Qullar”va Balzakning “Insoniyat komediyasi” 119. “Baland bo`yli, yelkalari keng, polvonnoma bir kishi ekan. Gapirganda ovozi xumning ichidan chiqqandek guldirab, jaranglab eshitiladi”. Ushbu parcha qaysu asar qahramoni haqida? “Sariq devni minib”, Akbar Nosirov 120. Qoshlaring yosin ko`rgach Atoiy husn ichra toq, Subhidam mehroblarda surai Yosin o`qir. Baytdagi Yosin so`zining ma`nolarini toping? 1-yoy, 2-“Quron”dagi suraning nomi 121. Mirmuhsinning “Me`mor” romani qahramonlarini aniqlang? Zulfiqor, Ma`suma, Badia, Zavrak 122. Mirmuhsin qanday nomdagi qissa va hikoyalar to`plamini bir xil nomad yozgan? “Chodrali ayol” 123. Quyidagi misralar qaysi asardan olingan? Sen yildirim laqabli chaqmoq, Cho`ng temirga urildung-u chilparchin bo`lding. “Sohibqiron” dramasi, A. Oripov 124. “Manzilim bo`ldi chun bu yil diyori Toshkand, Jon-u ko`nglim istar doim xor-xori Toshkand” matla`li g`azal muallifi kim? Komil Xorazmiy
125. “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” she`riy asarlari muallifi kim? Asqad Muxtor 126. Qaysi javobda Nodar Dumbadzening qissalari berilgan? “Men buvim, ilik va Illaron”, “Kukaracha” 127. “Ey tardomani yuzi qora” Navoiy g`azalidan olingan “tardoman” so`zining ma`nosi nima? Etagi ho`l 128. O`lmas Umarbekovning sahna asarlarini toping? 2)”Komissiya” 3) “Kurort” 4) “Kuzning birinchi kuni” 5) “O`zgalar uchun” 2,3,4,5 129. Abayning “Nasihatlar” asarida “Dunyoda hech narsa yo`qki meni ishtirokimsiz kamol topsa. Avvalo, mana, sening o`zingni-ilmni ham o`rganish, erinmay, sabot va matonat bilan izlab, o`rganib, yana uni o`z o`rnida ishlatish ham mening ishim”, deb ilmga kim aytadi? G’ayrat
130. Xorazmiyning “Muhabbatnoma”siga nazira tarzida yozilgan “Latofatnoma” asari qaysi jihatiga ko`ra “Muhabbatnoma”dan farq qiladi? “Latofatnoma” boshdan-oyoq masnaviy usulida yozilgan 131. “Tong sirlari” kimning she`riy to`plami? Cho`lponning 132. Qaysi asarda Amir Temur Ahmad Yassaviyning “Nadsim meni yo`ldan urib xor ayladi” tarzidagi hikmatni aytgan? “Sohibqiron” dramasida 133. “O`ratepani ajoyib, dilkusho topilmas xushhavo, suvi dardga davo” deb ta`riflagan ijodkor kim? Dilshodi Barno 134. O`. Umarbekovning bir janrdagi asarlarini toping? “Oqar suv”, “Yer yonganda”,”Kuzning birinchi kuni” (dramalar) 135. Boburning “Boburnoma” asarida “harrof va xushxulq kishi edi. Ba`zi muomalatta sha`rni bisyor rioyat qilur edi” deya kim ta`riflangan? Husayin Boyqaro 136. Geyne qalamiga mansub ballada qaysi? Qullar kemasi 137. “… Muhtojlik o`z ishini qildi. 12 yashar bolani bir boyga yugurdaklikka berdilar. Tijoratchilik tufayli ruslar bilan ham savdo qiladigan bu boy rus tilini biladigan, shu tilda ish yuritadigan xizmatchiga muxtoj edi… ni rus-tuzem maktabiga berdi”. Parcha qaysi ijodkor haqida? A. Qodiriy 138. Qaysi asarda o`z dovrug`I, shavkati olamni tutgan, ammo na do`sti, na o`rtog`I bo`lmagan obraz uchraydi? "Sab`ai sayyor”da (Jobir) 139. “Qushlar go`shtni olamiz, deb uchgan sari go`sht hali yuqori borur edi. Yana bir kecha-kunduz uchdilar”. “Qissai Rabg`uziy”dagi qaysi hikoyada shunday holat bor? “Namrud” hikoyasida 140. Qaysi dostonda “Kaptarday bo`p turgan qizlar” uchraydi? “Ravshan” 141. Quyidagilardan qaysi biri O`. Umarbekovning dramasi emas? “O`zgalar uchun” (film) 142. Qaysi xalq dostoni qahramoni cho`l-u ko`lda kezib yurishni shodlikdan ziyod bilib, shodlikni rad etgan? “Rustamxon”da Rustam 143. Dedi: “Ushbu anorg`a ne deyursan?” Dedim: “Qizlar xunidan to`ldiribsan”. Baytmuallifi kim va she`r qaysi janrda? Dilshodi Barno, masnaviy(dan) 144. Navoiyning qaysi g`azallari mantiqan bir-biriga o`xshash g`azallar sanaladi? “Jong`a chun derman…” va “Yo`q” radifli g`azallar 145. Shuhratning “Oltin zanglamas” romanidagi “…yon bosmaganim uchun turli yo`llar bilan qisa boshladi, yoshlarni yo`ldan urdi” deya Sodiqni ayblagan ig`vogar, tuhmatchi kim? Mirsalim 146. “O`zimcha, chet yerlarda ko`p yillar sarson-sargardon bo`lib, o`z el- yurtini ko`rish ishtiyoqi bilan yashagan, shu quvonchli damni intizorlik bilan kutgan odamgina o`z tuprog`iga shunchalik mehr qo`yishi, uni shu qadar seva olishi mumkin, degan fikrga keldim”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? “Jamila” (Ch. Aytmatov) 147. Usmon Nosir qalamiga mansub dramatik asarlarni toping? “Atlas”, “Dushman”, “Zafar”, “So`nggi kun” 148. Shuhratning “Jamila”, “Raymonda”, “Ona va farzand” nomli asarlari qaysi janrda? Ballada 149. Quyidagi qaysi asarda er-xotin bolasini 6 yoshida Turkistonga olib borib, hazrat Yassaviy maqbarasining shayxiga ataganlarini berib, kokilini kestirgani, qo`y so`yib xudoyi qilgani haqida tasvirlar uchraydi? “Qorako`z Majnun” 150. Navoiyning qaysi asari mutaqoribi musammani mahfuz vaznida yozilgan? “Saddi Iskandariy” 151. Shermuhammad Munsinning asarlarini belgilang? “Savodi ta`lim”, “Arnalar”(Anhorlar), “Munis ul-ushshoq” 152. Mirmuhsinning qissalarini toping? “Oq marmar”, “Cho`ri”, “”Tunggi chaqmoqlar” (“Jamila”) 153. Bek to`qbug`a qaysi ijodkordan “O`qimoqqa keraklik, o`rganmoqqa yaroqlik” asar yozib berishni so`ragan? Nosriddin Rabg`uziydan 154. “Otello” fojiasida quyidagilarni Yagoga kim aytgan? “Ko`kning shuncha guldurosi ayt-chi, ey iflos, Bitta momaqaldiroqning o`zi uchunmi? Otello 155. Navoiy “Xazoyin ul-maoniy” devonidagi qaysi janrdagi asarlarga sarlavha qo`ygan? Qit`alarga 156. Yeseninning “Dog`lar ketmish majruh ko`ngildan” she`rida muallif kimga “mezbon” deb murojaat qilgan? Choyxonachiga 157. “Advokatlik osonmi” dramasining qahramonlarini toping? Egamberdi, Xudoyberdi,Xushvaqt, Haydarali, Abdujabbor (3,4,5,7,8) 158. Navoiyning qaysi g`azalida “soch” tasavvufiy timsoli uchraydi? “Qilgil” radifli g`azalda 159. Bobur “Boburnoma” asarida “Temurbekni qabri va avlodidan har kimki Samarqandda podsholik qilibdur, alarning qabri ul madrasadadur” deganda qayerni tilga olgan? Chaqarda solingan madrasani 160. Qaysi asarda har qanday zamonda ham insonning qadri oddiy ashyolardan baland turadi, har qanday zamonda ham kimgadir yaxshilik qilish eng go`zal fazilat bo`lib qolaveradi, degan fikr ilgari surilgan? “Shahzoda Plombir” 161. Rus yozuvchisi Serafimovichning hajmi qissadek kelmaydigan “Temir oqim” asari qaysi janrda? Roman-epopiya 162. Jahonni tutti Yusufdek jamoli, Malohat Misrida sultonmidur bu? Baytda qanday she`riy san`at qo`llangan? Talmeh va tashbeh 163. Jahondin menga g`am bo`lsa, ulusdin gar alam bo`lsa. Ne g`am yuz muncha ham bo`lsa, seningdek g`amgusorim bor. Ushbu hasratli misralar muallifi kim? Bobur 164. A.Oripov qaysi she`rida “Alisher she`ri-yu, Pushkin bayoti”, “Jasur bobolarning tengsiz saboti”ni qalamga olgan? “Genetika” 165. Geynening 30ta davlatchaga bo`linib ketgan Germaniyaning nochor siyosiy-iqtisodiy ahvolidan achinib yozgan ocherklar kitobi qaysi? “Yo`l lavhalari” 166. Qaysi adib o`z asarida “ilmli kishini baholi dinor, limsiz kishini qimmatsiz yemish”ga o`xshatgan? A.Yugnakiy 167. “….xunuk gapni haligi ikki boy bilan Abdusamat kaptarlarning qanotiga ilib, shamolning qo`ltig`iga qistirib, yomg`irning tomchisiga aylanib, bulutning qo`yniga solib uchiradi, har bir uchgan qarg`a shuni aytib qag`illaydi, shu ikki kunichida u shumli xabar yer yuzini aylanib Makkatillogacha boradi”. “Kecha va kunduz” romanidan olingan qaysi xunuk xabar tasvirlangan? Akbarali amaldan bo`shashi haqidagi xabar 168. Ikki minglik g`am bo`ldi anga, Motam ustiga motam bo`ldi anga.Bilmadimkim ne ish ekin hodis, Kim bu ishga bo`lib ekin bois. “Sab`ai sayyor”da qaysi qahramon holati shunday ta`riflanadi? Nu`monning 169. “Mizo Ulug`bek” tragediyasida kim “Ko`p jasur, yo`l bilag`on, sho`x” deb aytgan? Berdiyor 170. “Ravshan” dostonida Ravshan qayerda “G`amning loyiga botibman” deya nola qilgan? Zulxumorni ko`rgani qalpoq bozoriga borganda 171. “Advokatlik osonmi?” komediyasida “yarim soat ichida 20 so`m ishlagan” obraz kim? Abdujabbor 172. Qaysi asarda oz ovqat yegani uchun o`limdan omon qolgan xurosonlik sayyoh obrazi uchraydi? “Guliston bit-turkiy”, Sayfi Saroyi
173. Qaysi asarda adolatli bir podshohning xitoyi shohidan ko`ra bo`z to`n kiyishni afzal ko`rishi haqida yozilgan? “Bo`ston”da 174. Nodon birla o`tgan umrning nori saqar, Nodon borsa do`zzax andin qilgay hazar, Nodon ichra xazon yanglig` so`ldim mano.She`r muallifi kim? Yassaviy (“mano” shaklida) 175. Mirmuhsinning zulm va zo`ravonlikka qarshi o`tmishda kurashgan kishilar hayoti qalamga olingan qissasi qaysi? “Tungi chaqmoqlar” 176. “Yulduzli tunlar” romanida Boburning mamlakatda may ichishni ma`n qilganini kimning elchilari “bizga ma`qul kelmadi” deb munosabat bildirgan edi? Ko`chkinchixon elchisi 177. Ikki shoh kirdilar xudo yo`liga, Mulklarin berib aning qo`liga. Bayt “Xamsa”ning qaysi dostonidan olingan? “Sab`ayi sayyor” (“Mehr va Suhayl”da Navdar va Nu`mon mulkini Suhaylga bergan) 178. Qaysi asar boshdan oyoq masnaviyda yozilgan? “Latofatnoma”, Xo`jandiy 179. Qaysi jadid adabiyoti vakili “islomparast”, “turkparast”, “g`arbning josusi” deb ayblangan? Fitrat 180. Humoyunga sodiq, poraga sotilmaydigan, Agraga kutvol qilib tayinlangan shaxs kim edi? Amir Bahlul (Alvaro Pakavira hiylasi bilan o`ldiriladi) 181. Qaysi shoir o`z she`rida boshimizdan o`tayotgan kunlarni bulutga, istibdodchi mamlakatni pufakchaga o`xshatgan? Zavqiy 182. Maxtumqulining qaysi she`ri faxriya bilan yozilib, yurt uchun eng katta saodat millat birligi, yakdilligi ekani qalamga olingan? “Turkman binosi” 183. “Qisasi Rabg`uziy”ning oxirgi qissasi nima haqida? Muhammad Alayhissalom va u zotning oilasi, avlodlari haqida 184. Ham mutloq ham muqayyad qofiya qo`llangan baytni toping? Qamar yuzingdan bo`lur munavvar, Shakar so`zingdan kelur mukarrar
185. Navoiyning qaysi g`azali Jomiy vafotidan keyin yozilgan? Kecha kelgumdir debon ul sarvi gulro` kelmadi 186. Qaysi asardagi taxt “Bir taxt edi, mundane past kelardi Moh” deya aytilgan? “Shohnoma”da Kaykovusning 187. “Qisasi Rabg`uziy”da qaysi obraz Rasul Alayissalomga “Ummatingga salom degil, bo`g`iz uchun imonni ilikdin chiqarmasunlar… o`limni unutmasunlar” deydi? Azroil 188. “Tog` va daryosi, jangal va sahrosi, mavozi va viloyati va hayvonot va naboboti, eli vatili, yomg`iri va yeli borcha o`zgacha voqe bo`libdur…” “Boburnoma”da qayer shunday ta`riflangan? Hindiston 189. Turli sabablar jamuljam bo`lib yuzaga kelgan murakkab vaziyatga tushib qolgan odamlar hayvonlarning kechinmalari qaysi asarda ifodalangan? “Do`nan” 190. Navoiyning qaysi g`azalida Xizr va Jomiy Jam timsollari uchraydi? “Bo`ldim sanga” g`azalida 191. Qaysi shoir o`z she`rida “Karashma dengizin ko`rdim, na nozik to`lqini border, Halokat bo`lg`usin bilmay qulochni katta otdimku” deb yozgan? Cho`lpon 192. Yeseninning “Bu dunyoda men bir yo`lovchi” she`ri haqida to`g`ri hukmni toping? Bu she`r shaklan maktub tarzida yozilgan 193. “Ayamning hadeganda tiliga chiqavermaydigan allanechuk pinhoniy bir dardi bore di. Ko`pincha ishdan kelsam ko`zlari namiqqan, yuzlari tund bo`lardi”. Parcha muallifi kim? O. Sharafiddinov
194. “Qaro zulfing firoqida parishon ro`zg`orim bor, Yuzingning ishtiyoqida ne sabr, ne qarorim bor. Labing bag`rimni qon qildi,Ko`zimdin qon ravon qildi, Nechun holim yamon qildi, Men andin bir so`rorim bor”. (Bobur) Baytda qanday san`at qo`llangan? Tanosib 195. “Ulug`bek xazinasi” romanida jang maydonini tashlab qochgan sotqin kim? Amir Sulton Jondor 196. “Farhod kibi doston bo`lib aning orzusi butun bashariyat orzusi bo`lsa, nechun ul toifa mashaqqat chekkanlar baxtiqaro bo`lur”. Parcha kimning qaysi asaridan olingan? Anbar Otinning “Qarolar falsafasi” 197. Erkin Vohidov Yeseninning qaysi she`rini 4+3=7 bo`g`inli barmoqda tarjima qilgan? “Ona ibodati” 198. Jaloliddin Rumiy asarlarini toping? “Masnaviy”, “Devoni kabir” 199. Erkin Vohidovning qo`shma vaznda yozilgan she`ri qaysi? “Majnuntol” 200. Pushkinning “Yevgeniy Onegin” romanini kimlar tarjima qilgan? Oybek va Mirza Kenjabek 201. Yuzing ochkim, quyosh sadqing bo`lib boshingdan aylansin, Yangi oy tavoze` ko`rguzib qoshingdin aylansin. (Ogahiy) Baytda qaysi san`atlar qo`llangan? Tanosib va tashxis 202. Visoli lazzatidan zavq topmog`lik erur dushvor, Firoqi shiddatida jon bermak osondur. Baytda qaysi san`at bor? Tazod 203. “O`z she`rida lirik qahramon ruhiyatidagi g`ashlikni “sizlatguchi”,”achiguvchi”, “botguchi”, “tekkuvchi”… singari sifatlashlar bilan bergan ijodkor kim? Mirtemir 204. Imom al Buxoriy qalamiga mansub asarlarni belgilang? “Al jome` as- sahih”, “Al adab al-mufrad” 205. Qaysi shoir Oybek haqida “prozada shoir-u, poeziyada prozaik” segan edi?H.Olimjon 206. Ko`z birla qoshing yaxshi, qabog`ing yaxshi, Yuz birla so`zing yaxshi, dudog`ing yaxshi,Eng birla mengi yaxshi, sadog`ing yaxshi, Bir-bir ne deyin, boshdin oyog`ing yaxshi. She`riy san`atni toping? Tanosib 207. M. Yusuf “Yurtim ado bo`lmas armonlaring bor” she`rida “Jayrondek termulgan” deb kimni aytgan? Cho`lponni 208. Oybekning “Navoiy” romanida keltirilishicha, Alisher to`rt yoshlarida mehmonlarga kimning baytini biyron til bilan o`qib beradi? Mirzo Qosim Anvariy 209. “Biz millat”, “Maktab haqinda”, she`rlari muallifi kim? Avloniy 210. Uvaysiy qaysi janrdagi asarida Ollohdan Hasan baqqol balosidan qutqarishni so`ragan? Tarji`bandida 211. Munisning “Ishqing o`tiding o`rtanadur tan-u nizorim” deb boshlanuvchi she`ri qaysi janrda? Mustazod 212. Bu she`r g`azallar kabi yeti baytdan iborat. Yeseninning qaysi she`ri shunday? “Dog`lar ketmish majruh ko`ngildan” 213. “Axi erni o`ggil o`gar ersa sen, Baxilga qatiq va o`qin kizlagil”. Bayt muallifi va undagi san`atni toping? Yugnakiy, tazod 214. A.Navoiy “Xamsa”sining “Sab`ai sayyor” dostonida oltinchi iqlim yo`lidan kelgan musofir qaysi hikoyani aytgan? “Muqbil va Mudbil” 215. “Shakardek til bila” olamni tutgan shoir kim? Xorazmiy 216. “Xatingni kutaman” nomli ilk hikoyasi bilan “Yilning eng yaxshi hikoyasi” deb tan olingan adib kim? O`. Umarbekov 217. Heynining qaysi asarida tepsa-tebranmas odamlar majoziy yo`l bilan tanqid etilgan? “Atta Troll” 218. Koshiyning “Axloqi Muhsiniy”, Vosifiyning “Badoye ul vaqoe” asarlarini kim tarjima qilgan? Ogahiy 219. Buti siymbarim bizni unutma, Dudoqi shakarim bizni unutma. Bayt muallifi kim va unda qanday qofiya bor? Gadoiy, mutloq qofiya 220. “Yuksak tog` oralab o`kirgan sherning narasiga tengdir aks-sadosi”. Navoiy haqidagi bu she`r muallifi kim? G`.G`ulom 221. Asqad Muxtorning xastalik yillarida yaratgan asarlari qaysilar? “Insonga qulluq qiladurman”, “Uyqu qochganda” 222. Qaysi shoir harflardan so`z yasab, uni mazmunga, tasvirga tatbiq etish yangiligini kiritgan? Ogahiy 223. Rabg`uziy qissalarda fikrni dalillash uchun Qur`ondan, Payg`ambar hadislaridan qaysi tilda namunalar keltirgan? Arab tilida 224. Qaysi asar qahramoni o`g`liga otasining ismini qo`ygan? “Layli va Majnun”da Majnunning otasi 225. “Maydon bo`lsa bedov otlar topilar, Chopib kelsa banot gullar yopilar. Men ham bildim yo`qchi bo`lib kelibsan, G`am yema begijon yo`g`ing topilar. “Rustamxon” dostonida bu kimning so`zlari? Oftoboyning 226. Pirimqul Qodirovning ilk tarixiy asari qaysi? “Yulduzli tunlar” romani
227. “Bu dunyo boyligidan yegulik, kiygulik bo`lsa bas. Ortiqchasi zarar keltiradi”. Parcha qaysi asardan olingan? “Hibat ul haqoyiq” Yugnakiy 228. Shuhratning ballada janridagi asarlarini toping? “Jamila”, “Raymonda”, “Ona va farzand” 229. “G`unchani og`zing desam naylay aning raftori yo`q”matla`li g`azal muallifi kim? Husayn Bayqaro (Husayniy) 230. Qaysi asarda inson uchun eng katta xursandchilik o`zi ekkan daraxt mevasini yeyish, she`rlari qo`shiq bo`lganini eshitish, sevgan farzandlarini xizmatida bo`lganini ko`rish deb kim aytgan? ”Yatimat ad-dahr”da 231. Bo`yning ichra “Ayn”in aylagil tavq, “Shin”in qil ichimga shulai shavq”. Navoiy qalamiga mansub ushbu parcha qaysi qahramon nutqidan? Majnun 232. “Lek g`am bermish balo bermish, Dard bermish, vale davo bermish”. Parcha “Xamsa”ning qaysi dostonidan? “Sab`ai sayyor” (Navdarshoh makturidan) 233. Bulut ichra yoshindi oy yuzingdin, Shakar sizdi qamish ichra so`zingdin. Quyosh yuzing ko`rib yerga yiqildi, Adog`ing tufrog`ini surma qildi. Bayt muallifi kim? Xorazmiy “Muhabbatnoma”, tashxis 234. Usmon Nosir qaysi she`rni Boltiq va Oq dengiz bo`ylariga safar qilganda yozgan? “Yurganmisiz birga oy bilan” 235. Mirmuhsinning “Degrez o`g`li” asari qaysi janrda? roman 236. Qaysi javobda G`.G`ulomning davlat mukofoti olgan to`plami berilgan? “Sharqdan kelayotirman” 237. “Mirzo Ulug`bek” tragediyasida Ulug`bek bu so`zlarni qayerda aytgan? Shu_qirq yillik andishaga alamli yakun, Ketib qoldi zamonadan diyonat, rostlik. Amir Temur qabri oldida 238. Netgayman ul rafiq bilakim, qilur base, Mehr-u vafo radifg`a, javr-u jafo manga. (Bobur) she`riy san`atni toping? tazod 239. Oybekning qissalarini toping? “Nur qidirib”, “Bolalik”, “Bola Alisher” 240. “Zarbulmasal”dagi qaysi hikoya ichida yana hikoya aytilgan? “Bozanda va Navozanda” 241. Geynining qaysi kitobi ocherklardan iborat? “Yo`l lavhalari” 242. Navoiy qaysi asarida: “Agar bir go`zal qancha chiroyli va oy yuzli bo`lsa-yu, lekin gapirmasa, devordagi suratdan farqi yo`q” degan fikrni kim keltirgan? “Hayrat ul-abror”da 243. “Zindondagi bandini hech xayol surmaydi, deb kim aytadi? Gado shoh bo`lishni orzu qilsa, yomonmi?”. Ushbu parcha qaysi asardan olingan? “Kecha va kunduz” romanidan 244. “Men dunyoga kelgan kunim, Guldastalar kelgan onamga. Tug`ildi deb xursand bo`ladigan, El-yurt kerak ekan odamga”. She`r muallifi kim? A. Muxtor 245. Mirmuhsinning bir janrdagi asarlarini toping? “Shiroq”, “Nevara”, “Avesto” 246. “Olov sochlar”, “O`lim yovga” asarlari muallifi kim? Hamid Olimjon 247. “Otello”da yuz bergan fojiani Venetsiyaga yetkazishni kim bo`yniga olib, suzib ketadi? Lodoviko 248. Qachon ul Yusifi Misriyda bu husni malohat bor, Fasohatda, sabohatda, san nozik”. She`r muallifi kim? Furqat Mavlon Burxanov Telegram manzil: Uztilim Download 54.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling