Erkin Vohidov she‘riyatining lingvistik tahlili reja


Download 27.71 Kb.
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi27.71 Kb.
#1004405
  1   2
Bog'liq
Erkin Vohidov she


Erkin Vohidov she‘riyatining lingvistik tahlili
REJA:
1. Sotsiolingvistik haqida ma'lumot.
2. Erkin Vohidov she’rlarining sotsiolingvistik tahlili.
3. Xulosa

Sotsiolingvistika atamasini birinchi bo'lib Garver Kurri o'z ishida ishlatgan: Sotsiolingvistikaning proektsiyasi: nutqning ijtimoiy mavqei bilan aloqasi (1952).Biroq, 1964 yilda Amerika Qo'shma Shtatlarida tilshunoslar, sotsiologlar va antropologlar o'rtasida ushbu yangi istiqbolni tahlil qilish uchun bir necha uchrashuvlar bo'lib o'tgandan so'ng, bu intizom jadal rivojlanib, taniqli tadqiqot sohasi sifatida o'zini namoyon qildi.Sotsiolingvistika (lot societas — jamiyat va lingvistika) — tilshunoslik, sotsiologiya (jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya fanlari tutashmasida rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuyini oʻrganuvchi ilmiy-nazariy soha,bundan tashqari til va odamlar rivojlanadigan madaniy-ijtimoiy muhit o'rtasidagi munosabatni va bu nutq uslubiga qanday ta'sir ko'rsatishini o'rganadigan fan.Boshqa jihatlar qatorida yosh, jins, etnik kelib chiqishi, ijtimoiy tabaqasi, ma'lumoti, makon va vaqt tilshunoslik aloqalarining rivojlanishiga qanday ta'sir qilishini tahlil qiladi. Ushbu muammolarning ayrimlari (masalan, "til va jamiyat") umumiy tilshunoslik doirasida ham oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlararo maqomi u foydalanadigan tushunchalar majmuyida namoyon boʻladi. Chunonchi, sotsiolingvistik tahlilning asosiy tushunchasi deb qaraladigan til jamoasi ham ijtimoiy, ham lisoniy belgilar asosida aniqlanadi.Sotsiolingvitikaning eng muhim tushunchalaridan biri lisoniy vaziyat tushunchasi boʻlib, u muayyan etnik birliklar yoki maʼmuriy-hududiy birlashmalarda muomala aloqa izchilligini taʼminlaydigan tilning (tillar, mintaqaviy umumiy tillar, hududiy va ijtimoiy lahjalarning) yashash shakllari majmuyi sifatida taʼriflanadi. Lisoniy vaziyatning ekzogloss (turli tillar majmualari) va endogloss (muayyan bir tildagi kichik tizimlar majmualari) guruhlari farqlanadi.Hozirgi sotsiolingvistika eʼtibor qaratishi zarur boʻlgan eng muhim muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin: til va millatning oʻzaro taʼsirlashuvi; til va madaniyatning aloqasi va oʻzaro taʼsirlashuvi; bilingvizm (ikki tillilik) va diglossiya (bir tilning bir - biriga ijtimoiy qarshi qoʻyilgan turli xil kichik tizimlarining oʻzaro taʼsiri)ning ijtimoiy jihatlari muammosi; til siyosati muammosi (davlat, ijtimoiy guruhlar tomonidan tillarning yoki til tizimchalarining funksional taqsimlanishini oʻzgartirish yoki saklab qolish maqsadida, yangi lisoniy meʼyorlarni joriy qilish yoki eskilarini saqlab qolish maqsadida amalga oshiradigan choratadbirlar majmuyi) va boshqalar.


Chinakam iste’dod mangu yashaydi. E.Vohidov badiiy adabiyotning turli
janrlarida ijod qildi. U qaysi janrga qo„l urmasin hamisha insonlar dard-u qayg„usi,
armonlari, quvonchlarini his etdi. Xalq qalbini ma‟naviyat nurlari bilan yoritishni,
dardiga malham bo„lishni diliga tugdi. Shoir haqiqatga hamisha tik qaragan holda
chinakam vatanparvarlik g„oyalarini, insoniy kechinmalarni turfa ranglarda ifoda
etdi. U inson sifatida ham xalqparvarlikni, yurtparvarlikni, odamiylikni o„ziga shior
qildi. Totalitar tuzum davrida armonga aylanib borayotgan gaplarni E.Vohidov
baralla ayta boshladi. Ulkan jasoratni shuurida mujassam etgan shoir hayoti va ijodi
davomida ko„pgina to„siqlarga ham duch keldi. Shu jihatdan, uning ijodiga nisbatan
turlicha munosabatlar, munozarali jarayonlar, bosimlar ko„p bo„lib turdi. Hatto,
shoirning quyida keltirilgan she‟ri tufayli “unga suiqasd ham uyushtirildi-joniga
tajovuz qilishmoqchi bo„ldilar”:
Tiflisda xalq uzra tank yuborgan zot
Sha‟nin qilar bo„lsa qonun ehtiyot,
O„sha zot kommunist bo„lsa, men, hayhot,
Firqa daftarimni otganim bo„lsin…
Badiiy adabiyot inson kechinmalari ifodachisi, ma„naviy kamol
topishining muhim omili sifatida muayyan bir millat, ijodkor maqsadini amalga
oshirish, ijtimoiy voqelikni aks ettirish, shu bilan birga, ma„naviy taraqqiyot
uchun xizmat qiladi. Zotan, O„zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom
Abdug„aniyevich Karimov “Yuksak ma„naviyat-yengilmas kuch” asarida: “Insonni,
uning ma„naviy olamini kashf etadigan qudratli bir vosita borki, u ham bo„lsa,
so„z san‟ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va
yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta‟riflanishi bejiz emas,
albatta… Adabiyot, so„z san‟ati azaldan xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va
adolat jarchisi bo„lib keladi.”,-deb ta„kidlaydilar.1
Erkin Vohidov ijodida so„zning turfa tovlanishlari va jozibasi namoyon
bo„ladi, shoir uning olmosdek rango-rang jilolari orqali xalq qalbiga kirib boradi.
O„zbekiston xalq shoiri A. Oripov shoir ijodini shunday e„tirof etadi: “Mana, bir
necha o„n yillardirki, biz dilbar bir she„riyatning muattar havosidan bahramand bo„lib
kelayotirmiz. Bu Erkin Vohidov she„riyatidir. Ona tilimizning ipakdek mayin,
kamalakdek rang-barang shamoyili g„oyat nozik lutf, beozor qochirimlar, goh hazin,
goh samimiy tabassum uyg„otuvchi tashbehlar, o„tkir xulosalar-bular bari ulkan
shoirimizning qalamiga mansub betakror fazilatlardir.
Xalqimiz keyingi davrlar mobaynida bosib o„tgan va o„tayotgan goh mashaqqatli,
goh armonli, goh tug„yonli, goh iftixorli yo„llarning manzara va ohanglari, sadolari
Erkin Vohidov she„riyatida to„la mujassamdir.”[5,4-5.]
Bo„lajak shoir tarjimai holiga nazar tashlaydigan bo„lsak, uning hayoti oson
kechmaganini ko„rish mumkin. Shoir 1936-yil, 28-dekabrda so„lim Farg„onaning
Oltiariq tumanida, qishloq o„qituvchisi oilasida dunyoga kelgan. Uning otasi
Cho„yanboy, onasi Roziyaxonlar o„sha davrning ma„rifatli kishilaridan bo„lishgan.
Erkin Vohidov bolaligini o„sha davrning ko„pchilik kishilari qatori mahzunlik bilan
yodga oladi. Uning yozishicha, oilada undan oldin, oilaning to„ng„ich farzandi-qizi
go„dakligidayoq, ukasi Elburs esa ikki yasharligida dunyodan o„tishgan ekan. Otasi
tarix muallimi bo„lib, so„ng davlat tashkilotlarida ham faoliyat olib borgan
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil, 25-avgustdagi Farmoniga
binoan Davlatimiz va xalqimiz oldidagi ulkan xizmatlari, O„zbekiston mustaqilligini
mustahkamlash, islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayoti,
milliy-madaniy sohalar rivojiga qo„shgan salmoqli hissasi hamda qahramonona
mehnatlari uchun bir nechta yurtdoshlarimiz “O„zbekiston Qahramoni” unvoniga
sazovor bo„lishgan va “Oltin Yulduz” medali bilan taqdirlanishgan.
Taniqli shoir,tarjimon Erkin Vohidov 1936-yil 28-dekabrda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida tug‘ilgan. U yoshligidanoq she’riyatga ixlosmand bo‘lib ulg‘aydi. U she’r yozish bilan birga chet el adiblarining she’r-u asarlarini zo‘r mahorat bilan tarjima qilgan. O‘zi ham bir nechta she’riy to‘plamlar chiqargan. Shulardan ba’zilarining sotsiolingvistik tahlilini ko‘ramiz.

Shoirning “Hozirgi yoshlar” deb atalgan she’rini olaylik:


“ To'ng'ich o'g'li u kun qizaloq ko'rgan,
Nomini Sharlotta qo'yibdi, ajab.
O'rtanchasi tog'da yurgani yurgan,
Ba'zan uch oyda bir kelmaydi yo'qlab.
Nahot otasidan bo'lsa azizroq
Qaysidir tog'dagi qandaydir toshlar...
"Bizning bordi-keldi odatdan yiroq,
Bemehrroq o'sdi hozirgi yoshlar...”
Bu bandda shoir “zamonaviy” yoshalarning o‘zlarining milliyliklaridan kechib,farzandlariga ham chet el ismlarini qo‘yishayotganini “To'ng'ich o'g'li u kun qizaloq ko'rgan,Nomini Sharlotta qo'yibdi, ajab” misralari orqali ifodalaydi. Yana shu she’rda
"Bo'sh qolsak tunlar bo'lib jam
"Chordarvesh" o'qirdik qurshab tanchani.
Bular tanimaydi Huvaydoni ham,
Ertayu kech o'ylar kino, tansani”
misralarini qo‘llaydi. Bunda shoir hozirgi yoshlarning kitob o‘qimay qo‘yishganini, bo‘sh vaqtlarini keraksiz ishlarga sarflashayotganlarini aytib o‘tmoqchi bo‘lgan.Shoirning shu she’ridagi boshqa bandida keksalar tilida uchraydigan so‘zlar ham ishlatilgan.
Ko'z oldidan o'tar qirq birinchi yil,
Maskov bo'sag'asi,
Achchiq qahraton.
Agar qulatmasa daydi o'q sabil,
Berlindan qaytardi bo'lib qahramon…
Bunda Moskva so‘zini akasariyat keksalar Maskov deb ishlatadilar. Bu so‘zni faqat yoshi kattalar ishalatishadi.Bu so‘z apakopaga, ya’ni talaffuzda so‘z oxirida tovush tushishiga misola bo‘ladi.
Erkin Vohidovning “Kun o‘tganda” she’rida metaforaning chiroyli namunasini keltirgan.Metafora - bu narsa yoki harakatni tushuntirish uchun boshqa obyekt yoki harakatning xususiyatlaridan foydalanadigan adabiy yoki ritorik figura. Ya'ni, u qo'lga kiritmoqchi bo'lgan g'oyani yaxshiroq tushuntirish uchun o'xshashlikdan foydalanadi.
“Fursat degan sekundlar
Qanotida uchadir.
Kecha «bugun» bo‘lgan kun
Bugun mana «kecha»dir.
O‘n ikki shoxli daraxt
To‘kdi bitta yaprog‘in.
Shamol uchirib ketdi
Kalendarning varog‘in.”
Bu bandda “O‘n ikki shoxli daraxt,To‘kdi bitta yaprog‘in” misrasida bir yilni “o‘n ikki shoxli daraxtga”, kunlar o‘tishini esa, “yaproqning to‘kilishiga” o‘xshatgan.
“Nido” she’riy dostonida metonimiyadan foydalangan. Metonimiya-ikki tushuncha oʻrtasidagi yaqinlikka asoslangan oʻxshashsiz koʻchim. Metonimiyada biror narsa yoki voqea-hodisaning nomi boshqasiga koʻchiriladi, biroq bu nomlash narsalar oʻrtasidagi oʻxshashlikka emas, balki ular oʻrtasidagi yaqinlikka, aloqadorlikka asoslanadi.
“44-yil
Sentyabr tongi otdi.
Meni cheksiz quvonch bilan baxt uyg‘otdi.
Ko‘k jildimda alifbe va bir burda non,
Birinchi bor qadam qoydim maktab tomon.
O‘yinlardan ancha erta to‘ygan edim,
Kitoblarga barvaqt havas qo‘ygan edim.
Yod bilardim alifbening harflarini,
O‘qir edim informbyuro xabarini.
Juman “pochta” dadamdan xat keltirgan kun
Katta bayram yuz hijjalab, yuz tutilib.
Takrorlardim yirtilguncha xat titilib.
Yayrar edim ma’nosini uqarkanman,
Dadam xatin oqib savod chiqarganman.”
Bu bandda Juman degan kishiga “Pochta” deb laqab qo‘yib olishgan. Bu bir narsani qayta nomlash bo‘lganligi uchun metonimiya bo‘ladi.
Shoirning “Bolalarni shaytonlardan qo‘rqitmangiz” deb boshlanuvchi she’rida evfemizmdan foydalangan.Evfemizm (yun. yeirpegsha — yumshoq ifodalash) — soʻzlovchiga aytish noqulay, nooʻrin yoki qoʻpol tuyulgan soʻz va iboralarning sinonimi sifatida paydo boʻlgan soʻzlar. Evfemizm salbiy voqelikni atashdan qochish, shunday voqelikning salbiy taʼsirini yumshatish uchun xizmat qilib, kishining izzatnafsiga tegadigan, unga malol keladigan, hurmatsizlik ifodalaydigan, axloqiy meʼyorlarga zid keladigan holatlarning yoki toʻgʻridantoʻgʻri aytish mumkin boʻlmagan maxfiy voqeliklarning salbiy taʼsirini kamaytirish, ularni yashirish, berkitish; noxush xabarni beozorroq, yumshoqroq shaklda yetkazish, ifodalash uchun ishlatiladi.
dastlabki yillaridanoq frontga ketib, 1945-yilda jarohatlanib qaytadi va o„ttiz uch
yoshida vafot etadi. Bir yildan so„ng onasidan ham ayrilib qolgan yosh Erkin
Toshkentda yashaydigan tog„asining qo„lida tarbiya topadi. “O„ylab qarasam, bolalik
xotiralarimning ko„pchiligi she„rlarga, dostonlarga ko„chgan ekan. “Nido”, “Quyosh
maskani” poemalari, “Bolalik”, “Oqsoqol”, “Bolalik ekan-da” she„rlari o„sha murg„ak
tasavvur, ilk xotiralarning mevasi bo„lgan.
Toshkentda kechgan bolalik va o„smirlik yillarimdan qolgan eng yorqin
esdaliklar Ostrovskiy nomli pionerlar saroyidagi shoir G„ayratiy to„garagi va
tog„amning xonadonida bo„lib turadigan adabiy suhbatlar bilan bog„liq.“,-deb eslaydi
shoir.[2,7-8]
Shoirning ilk she„riy mashqi 7-sinfda o„qib yurgan beg„ubor damlarida
“Mushtum” jurnali sahifalarida bosilib chiqadi. Ilk she„riy kitobi-“Tong nafasi”ning
chop etilishi talabaligining “Oltin davrlar”iga to„g„ri keladi. Bu davrni shoir: “Sergey
Yesenin she„rlaridan tarjimalar qildim. Yozuvchilar Uyushmasining yosh ijodkorlar
seminaridagi qizg„in bahslar, ulug„ ustozlar-Oybek, G„, G„ulom, A. Qahhor, Mirtemir,
Shayxzodalar bilan ilk muloqot va uchrashuvlar, universitet dargohidagi adabiy muhit
hayotimda o„chmas iz qoldirdi.”,-deb eslaydi.[2,8-6]
Shundan so„ng shoir qizg„in ijod bag„riga sho„ng„iydi. Dastlab “Yosh gvardiya”
nashriyotida muharrir, bo„lim mudiri, bosh muharrir o„rinbosari, o„n ikki yil davomida
bosh muharrir vazifalarida faoliyat olib borgan shoir keyinchalik “Yoshlik” jurnalida
bosh muharrir, G„.G„ulom nomidagi adabiyot va san„at nashriyotida direktor,
Oshkoralik Qo„mitasi rahbari, Respublika Yozuvchilar Uyushmasi boshlig„i kabi
nufuzli joylarda faoliyat yuritadi. Bu davrlar ichida shoirning o„ndan ortiq kitoblari
kitobxonlar qo„liga yetib boradi. Hassos shoirning beqiyos ijod mahsullari xalqning
qalbiga, ruhiga singib, uning chinakam ma„naviy xazinasiga aylanadi.
Erkin Vohidov Respublika Yozuvchilar Uyushmasining H. Olimjon nomidagi
mukofoti, Turkiya Yozarlar Birligining nomidagi mukofoti, O„zbekiston
Davlat mukofoti, “Xalq shoiri” unvoni, “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan
taqdirlangan. 1999-yilda esa shoirning xalqimiz va insoniyat ma„naviyatini
shakllantirish, Xalqlar do„stligini rivojlantirish, ular o„rtasida madaniy aloqalarni
mustahkamlashga qo„shgan hissasi hamda Vatanimiz ravnaqi yo„lidagi fidokorona
mehnatlarini yuqori baholagan Davlatimiz rahbari ko„pgina yurtdoshlarimiz qatori u
kishini ham “O„zbekiston qahramoni” yuksak unvoni bilan taqdirladilar.
Shoir ijodiy faoliyati davomida xalq bilan hamnafas bo„ldi, uning dardiga malham
bo„lishga intildi. “Davr talabi“ deb tilyog„lamalik qilmadi, xalqni ranjitadigan hayot
tarzini yoqlamadi, o„z mavqeini o„ylab ijod qilmadi. U hayotni, tarixiy ildizlarni boricha
aks ettirdi, so„zning rango-rang jilolarini kashf etdi. Xalqning beqiyos ma„naviy mulki
bo„lmish tilni asl ildizidan ayro tasavvur etolmadi. Asarlarida til hodisalarini millat
ruhini namoyon etuvchi, dardini kuylovchi, unga malham bo„luvchi o„tkir qurol
yanglig„ harakatga keltirdi.va xalqning–muxlislarining qalbidan chuqur joy oldi.
Shoirning asarlari kirib bormagan o„zbek xonadoni, uning samimiy satrlaridan
bahramand bo„lmagan o„quvchi qolmadi, desak mubolag„a bo„lmaydi, albatta. Erkin
Vohidov hayotning qayg„uli, quvonchli damlari aks etgan hayot kartinalarini sodda,
xalqona tilda ifoda etdi. Shoirning o„zi aytganidek: “Bunday qaraganda bitta shoir
qilishi mumkin bo„lgan ishni qilib qo„ygandekman. Lekin hech qachon o„z qilgan
ishimdan ko„nglim to„lgan emas. Hamisha yozganimdan yozadiganim muhimroq va
azizroq tuyuladi. Men ijodiy mehnatni faol jamoat ishlari bilan qo„shib olib borishdek
sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilganman. Odamlarga faqat she„ring emas,
o„zing ham kerakligingni his qilish-bu katta baxt. Shuning uchun ham jamoat
mehnatidan hech qachon o„zimni olib qochgan emasman. Qaynoq hayot ichida yashab,
ishlab o„rganganman, go„shanishinlik tabiatimga begona.”[1,16-20].
Erkin Vohidov ijodiga xos bo„lgan eng muhim jihat shundaki, unda
zamondoshlarining ziddiyatga to„la, sertashvish, mashaqqatli hayoti haqidagi haqiqat
mujassam etilgan. U inson deb atalmish jumboqning intim kechinmalari-kechmishlarini
teran anglaydi, ularni falsafiy qarashlari bilan boyitadi, kashfiyotlar qiladi. Va bularning
barini yuksak e„tirof, chuqur samimiyat bilan ifoda etadiki, beixtiyor inson ko„z o„ngida
haqiqiy hayot jonlanadi. Erkin Vohidov ijodida bolalikka, yoshlikka bag‘ishlangan
dilgir she‟rlar ko„p. Kuzatishlarimiz ko‘rsatadiki, ijodkorning ijodiy merosidagi
dostonlarda ham bolalik yoki bolalik bilan bog‘liq tasvirlarga alohida o‘rin ajratilgan:
Xayolning tumanli pardasi aro
Yillar ko„z oldimda charx urayotir,
Qishloq ko„chasidan zanjiday qaro
Olov bolaligim yugurayotir… (“Nido” dostonidan)
Shoir ushbu parchada urush tufayli otasidan, quvnoq bolaligidan judo bo„lgan
qahramon iztiroblarini aks ettirar ekan, “zanjiday qaro”, “olov bolalik” ifodasini o„ziga
xos tarzda qo„llaydiki, yo„qotilgan bolalikning azob-uqubatlari, sog„inch-qayg„ulari
ko„lami o„quvchi qalbiga ham ko„chadi. Lirik qahramon sifatida shoir dostonini otasiga
bag„ishlaydi va shu bilan ko„ngli biroz taskin topganday bo„ladi:
Bag„rim o„yib,
Bu kun menga bermoqda azob
Sizning ko„ksingizni teshgan qora o„q.
Silqib oqayotir
Ko„kragimdan qon.
Qalbim o„rtanmoqda, so„ngsiz armonim…
“Bolalarni shaytonlardan qo‘rqitmangiz,
Bobov keldi, deb ko‘rpaga berkitmangiz,
To ulg‘ayib, duch kelganda «bobov»larga,
O‘xshamasin itdan qo‘rqqan soqovlarga.”
Bu she’rda shoir “shayton” so‘zini “Bobov” deb ataydi. Chunki bolalarga shayton so‘zini aytsak juda qo‘pol tuyaladi,shuning uchun shoir “Bobov” so‘zini qo‘llaydi.
Erkin Vohidovning “Bizlar ishlayapmiz” deb nomlangan she’rida ma’nosi ta’sirli chiqishi uchun ruscha so‘zlardan ham foydalanadi:
“…Paxtazor ham bugun kattakon zavod.
Biz ham,oʻylab koʻrsa,rabochiy odam,
Engil moy,koʻngilda motorga ixlos,
Lekin biz xursandmiz shunisiga ham,
Bizlar ishlayapmiz,
Bu – mehnat, xolos.”
Bu yerda shoir “ishchi” so‘zi o‘rniga“rabochiy” birligini qo‘llaydi. Bu belingvizm bo‘ladi.Bilingvizm(ikki tillilik) – билингвизм – bilinguistics – ikki tilda erkin fikrlasha olish, ikki tilni bir xilda egallash.
Erkin Vohidov she’r yozish bilan birga xorij adiblarining asarlarini ham zo‘r mahorat bilan tarjima qilgan. Xorij shoirlaridan,asaosan,Sergey Yesenin she’rlarini tarjima qilgan. Masalan, Yeseninning ”Aldamasman o‘zimni bu kun” deb boshlanuvchi she’rida rus millatiga xos mentalitet sezilib turadi:
“Tverskoyda ko‘rib yiroqdan,
Bosh irg‘ishar menga otlar ham.
Jonvorlarga yaxshi o‘rtoqman,
She’rim ular dardiga malham.
Boshimdagi bu slindrim,
Jononlarga yoqish uchunmas.
Unda berib baytallarga yem,
Chaynashiga qilurman havas…”
Bu she’rda boshga slindr kiyib yurish odati aytib o‘tilgan. Yevropa davlatlarida yuqori tabaqa vakillari boshlariga slindr shlyapa kiyib yurishadi.Bizda esa milliy do‘ppilar kiyib yuriladi.
Bu she’rda boshga slindr kiyib yurish odati aytib o‘tilgan. Yevropa davlatlarida yuqori tabaqa vakillari boshlariga slindr shlyapa kiyib yurishadi.Bizda esa milliy do‘ppilar kiyib yuriladi.
Oʻzbekiston xalq shoiri, publitsist, atoqli olim Erkin Vohidovning betakror ijodi
XX asr oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga ulkan hissa boʻlib qoʻshildi. Oʻzbek adabiyoti va
madaniyati shoir nomi bilan chambarchas bogʻlandi. Shoir kamalakdek serjilo ijodi
bilan xalqimiz qalbiga kirib bordi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil
25-avgustdagi Farmoniga binoan millatimiz maʼnaviyatining yuksalishida oʻziga xos
oʻrin tutgan, Oʻzbekiston mustaqilligini mustahkamlash, islohotlarni chuqurlashtirish,
yurtimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayoti rivojiga qoʻshgan salmoqli hissasi, davlatimiz
va xalqimiz oldidagi ulkan xizmatlari hamda qahramonona mehnatlari uchun bir nechta
yurtdoshlarimiz qatori Erkin Vohidovning ham “Oʻzbekiston Qahramoni” unvoniga
sazovor boʻlgani shoir muxlislarining koʻngliga mislsiz quvonch baxsh etadi.[1] Xalq
oʻzi sevgan qahramonlar haqida bilishni, ularni ardoqlab, faxr bilan yodga olishni xush
koʻrishadi. Ularning nomlari asrlar oʻtsada millat farzandlari qalbida abadiy
yashayveradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tilda biror predmetning boshqa predmetlardan ajralib turadigan o’ziga xos
xususiyatini ta’kidlash uchun uning maxsus belgisini ko’rsatib turuvchi so’zlardan
foydalaniladi, yoki shu predmet belgisini o’zidan-uzoq gaplar vositasidan izohlab
o’tirmasdan, uni boshqa biror predmetga o’xshatish bilan konkretlikka, aniqlikka
erishiladi. [2]
Shoirni o'zi bayon qilayotgan fikrni tinglovchiga ixcham, aniq, ta'sirchan va
tushunarli qilib yetkazib berishga harakat qiladi. Masalan, ko'pincha biror narsa, belgi,SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 431
xususiyatini tinglovchi yoki o'quvchiga tushunarli, aniq qilib tasvirlab berish uchun
uzundan-uzoq va birdan ortiq gaplarga murojaat qilishga to'g'ri keladi. Shunday
vaqtlarda so'zlovchi va yozuvchi ayni shu fikrni bayon qilib berishda aytganimizdan
birdan ortiq, uzundan-uzoq gaplarni qatorlashtirib tashlashdan qochadi-yu, ammo shu
fikrni boshqa vositalar bilan ifodalaydi. Bu tilshunoslik va adabiyotshunoslikda ifoda –
tasviriy vositalar deyiladi.Maxsus ifoda – tasviriy vositalar troplar va figuralar deb
ikkiga bo'linadi. Maxsus ifoda – tasviriy vositalar, tilda obrazlilik, hissiylikni keltirib
chiqaradi. Ulardan foydalanish bilan muallif tinglovchining sezgisiga ta'sir qiladi.[6]
NATIJALAR
Erkin Vohidov asarlarini o‘qiganingizda, ularda inson azobini ko‘rgandek
bo‘lasiz. Shoir she’rlarini o‘qib, go‘yo afsonaviy olamga tushib qolgandek bo‘lasiz.
Shoirning tili erkindir. U har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlatishni bilgan, shoir esa so‘zlarni
takrorlashdan qochgan. E.Vohidov ijodining asosiy xususiyati shundan iboratki, so‘zda
so‘zning ichki shakli yo‘qolguncha tilning she’riy tabiati saqlanib qoladi va aksincha,
ichki shaklning ramziy xususiyatini unutib qo‘yish yoki yo‘qotib qo‘yish nasriy
xususiyatga olib keladi. so'z. Shoir she'riyat va nasrga bo'linib, tillar o'rtasidagi farqni,
bir tomondan - san'atni , ikkinchi tomondan - ma'naviyatni tushundi. Umuman san’atda
bo‘lgani kabi she’riy tilda ham obraz asosiy rol o‘ynaydi. Demak, E.Vohidov rasmda
tasvirlangan kompozitsiyani, voqea va personajlarni mazmunni ko‘rsatish usuli sifatida
obrazga, obrazlar tufayli yuzaga kelgan his-tuyg‘u va fikrlarni esa mazmunning o‘ziga
bog‘laydi.[3]
MUHOKAMA
Erkin Vohidov soʻzning chinakam jozibasini oʻziga xos tarzda aks ettirgan, xalqning
dilidagini sheʼrga solib, asarlari orqali millat ruhini samimiy, oʻlmas satrlarda
muhrlagan qalb meʼmoridir:
El-ustozim, men esa tolib,
Soʻz durlarin termoqdir ishim.
Odamlarning oʻzidan olib,
Odamlarga bermoqdir ishim. [4,]
Haqiqatan ham, shoirning hassos qalbi hamisha uni eʼzozlagan Ona xalqi bilan
birga boʻldi, u xalq kechmishlarini qalban his etdi, uning dardlari bilan yondi va ularni
oʻziga xos uslubda ifoda etdi:
Mayli, umrim abadiy emas,
Mayli, yashay faqat bir nafas,
Lekin meni oyga qilib teng,
Shuʼlalardan yasab koshona.
Quyosh sari uzatgan xalqning
Boshi uzra boʻlay parvona. [4,].SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 432
Erkin Vohidov ijodida soʻzning turfa tovlanishlari va jozibasi namoyon boʻladi,
shoir uning olmosdek rango-rang jilolari orqali xalq qalbiga kirib boradi.
Oʻzbekiston xalq shoiri A. Oripov shoir ijodini shunday eʼtirof etadi: “Mana,
bir necha oʻn yillardirki, biz dilbar bir sheʼriyatning muattar havosidan bahramand
boʻlib kelayotirmiz. Bu Erkin Vohidov sheʼriyatidir. Ona tilimizning ipakdek mayin,
kamalakdek rang-barang shamoyili gʻoyat nozik lutf, beozor qochirimlar, goh hazin,
goh samimiy tabassum uygʻotuvchi tashbehlar, oʻtkir xulosalar bular bari ulkan
shoirimizning qalamiga mansub betakror fazilatlardir.
Xalqimiz keyingi davrlar mobaynida bosib oʻtgan va oʻtayotgan goh
mashaqqatli, goh armonli, goh tugʻyonli, goh iftixorli yoʻllarning manzara va ohanglari,
sadolari Erkin Vohidov sheʼriyatida toʻla mujassamdir.”[5,4]
XULOSA
Erkin Vohidov hech bir sheʼrini shunchaki yozmaydi, balki ularning har birida
hayotning muhim masalalarini, inson bilan bogʻliq haqiqatning yangi-yangi qirralarini
kashf etadi. Shoir sheʼrlarida vatanparvarlik, Vatanga, uning cheksiz kengliklariga
muhabbat, ona yurtning yorug‘ kelajagiga ishonch mavzusi eng muhim mavzu bo‘lgan
va shunday bo‘lib qoladi.

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Erkin Vohidov o‘z she‘rlarida xalqona iboralardan tortib chet el so‘zlarini ham mohirona qo‘llagan. Men shoir she‘rlarining 1/10 qismini sotsiolingvistik tahlil qilib chiqdim. Men o‘qigan she‘rlaridaurush tasviri bilan bog‘liq o‘rinlar ko‘proq uchradi. Bulardan tashqari chiroyli kinoyalar-u qochirim so‘zlar ham salmoqli ekan. Adib she‘rlarida keksalar nutqiga xos bo‘lgan so‘z va iboralar ham uchraydi. Bular haqida yuqorida to‘xtalib o‘tganman.





Download 27.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling