Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonida tinchlikka da’vat


Download 21.76 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.09.2023
Hajmi21.76 Kb.
#1680839
Bog'liq
3272-Article Text-6577-1-10-20220501



Erkin Vohidovning “Ruhlar isyoni” dostonida tinchlikka 
da’vat 

Umidaxon Alisherzoda Abdusamatova 


O’zMU 
 
Annotatsiya: Mazkur maqolada O’zbekiston xalq shoiri, davlat arbobi, 
dramaturg, adabiy tarjimon bo’lgan Erkin Vohidov hamda uning ijodidagi “Ruhlar 
isyoni” dostoni haqida yoritilgan. 
Kalit so’zlar: Adabiyot, Erkin Vohidov, “Ruhlar isyoni” dostoni, ruhiyat, Nazrul 
Islom, Hindiston, shoir qalbi. 
Erkin Vahidov's epic "Rebellion of Spirits" calls for peace 
Umidaxon Alisherzoda Abdusamatova 
UzNU 
Abstract: This article is about the People's Poet of Uzbekistan, statesman, 
playwright, literary translator Erkin Vahidov and his epic "Rebellion of Spirits". 
Keywords: Literature, Erkin Vahidov, The Epic of the Rebellion of Spirits, 
Psychology, Nazrul Islam, India, The Heart of a Poet. 
Adabiyot go’zal bir cho’qqi. Unga kirib borganing sari eng yuqori cho’qqilar 
tomon odimlab borasan, kishi. Har tashlagan qadaming seni yuksaltirib, ruhingga-ruh, 
kuchingga-kuch qo’shib boraveradi. Eng yuqori cho’qqini zabt etganlar ham u yerdan 
qulamaydi, o’ziga boshqa yo’l, Haq bilan inson o’rtasini bog’lab turuvchi, ruhiyat 
ozuqasi bo’lmish, shoirlik yoki yozuvchilik maqomi ulashuvchi yo’lga yetishadi va 
shu bilan yuksaklikka intilganlar yo’liga mayoq, ko’ngliga orzu-maqsad, maqsadiga 
esa xarita bo’lib xizmat qiladilar. Asl shoir o’z ijodi orqali na obro’-e’tibor, na 
daromadga intilishadi, ularning istagi boshqa. Ular Alloh solgan dardni kitobxonlar 
bilan bo’lishadi va qaysidur ma’noda shu orqali ruhini tinchlantiradi. Shoirlar g’alati 
xalq. Ular doim nimanidur izlaydi, hech bir narsaga shunchaki qarashmaydi. 
Tabiatdagi ohista qimirlab qo’ygan birgina daraxt bargi ham e’tiborini tortadi. Shoirda 
xalovat bo’lmaydi. Insonlar o’rtasida bo’lib o’tayotgan har qaysi vaziyat ham unga 
ta’sir qiladi. Xoh ezgu ish bo’lsin, xoh isyon. Shu shoirlar qatorida O’zbekiston xalq 
shoiri Erkin Vohidovning ham isyoni bor. Bu isyon uning ruhiyatida, Nazrul Islom 
qalbini his qila olgan, xalqni ozodlikka, tinchlikka chorlagan olov qalbidagi isyon. 
Erkin Vohidov tomonidan 1978-1979- yillarda yozilgan Gyotening “Faust” asarini 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
2067


tarjima qilish davomida ta’sirlanib yozilgan “Ruhlar isyoni” dostoni Erkin 
Vohidovning qalb isyonlaridan bir tomchidir.
Ruh nima? U qanday bo’ladi va u qayerda?
Har bir insonning o’z ruhi mavjud. Ruh inson qalbida kechayotgan o’y-fikrlar, 
kayfiyat, tuyg’ulari, ma’naviy qiyofasi orqali ozuqa oladi va xalovat topadi. Siz ham 
aqlingiz va ruhingiz o’rtasida ko’plab janglar qilasiz. Aqlga tayanib ish qilgan to’g’ri, 
ammo sizning chin hamrohingiz, bu dunyoda jismingiz qolgan holatda, siz bilan 
qo’shilib ketguvchi faqat ruhingiz bo’ladi holos. Faqat ruh istaklarini nafs bilan 
adashtirmasak bo’lgani. O’zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov o’z dostonida haqiqat 
uchun kurashgan uyg’oq ruhlarning his-tuyg’ularini o’z asari orqali yoritib berganlar. 
Ushbu dostonda nafaqat haqiqat uchun kurashgan Nazrul Islom haqida, balki uning 
onasiga bo’lgan dil so’zlari, shoir qalbi, ko’zi ojiz insonning ko’zini davolab ayblangan 
donishmand tabib, hindlarning qadimgi an’analariga ko’ra: “eri vafot etganda, turmush 
o’rtog’íga qo’shib tiriklay yoqilgan ayollar” haqida, Mumtoz mahal begim, Shohi 
Jahon, Avrangzeb kabi insonlarning kechinmalari haqida yoritilgan.
Tun bilan kun, o’t bilan suv, qish qahri va boychechak, zulmat va chaqmoq bir- 
birga abadiy isyonkor. Hattoki, endi tug’ilgan chaqaloq ham, o’z qo’llarini musht qilib 
tugib, o’limga qarshi isyon qilishini go’zal tarzda tasvirlab bergan. Shoir “Bu olamda 
bir dard bor - istibdodning, yurakdan qon bo’lib sizgan iste’dodning dardidir”,- deydi.
Shoir yurak - 
Pok tilagi, 
Imonidir basharning. 
Armon to’la 
yurakdagi 
Isyonidir basharning. 
Nazrul Islom o’z ona Hindistonida kechayotgan haqsizlikka jim qarab turolmadi. 
Yonib turgan yuragini so’ragan zamonga o’z qalbini bayroq qilib ko’tardi. Hindlar va 
musulmonlar o’rtasida kechgan asossiz jang, din tufayli kelib chiqqan adovat uning 
shoir qalbiga sig’may, 
“Ne vahshat bu, 
Bas, xaloyiq! 
Al-omon! 
Qotillikni to’xtat, 
Hindu, 
G’azotni qo’y, musulmon - 
Bizlar, axir, 
Birodarmiz, 
Farzand Odam Atoga! 
Xalq oldida barobarmiz, 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
2068


Ayting, 
Ne bor nizoga! 
Deya tinchlika va munozaraga da’vat qilib she’r yozgan shoirga “Hindu va 
muslimlar orasiga qutqu solgan odam”, “Xalq dushmani” deya ayb qo’ydilar va 
zindonga tashlandi. Nazrul Islom tor zindonda o’z she’rlarini qalam topa olmay, o’z 
qoni ila bitgan. Yov asli hindu ham, musulmon ham emas, ularni orasiga nizo solib, 
chetdan xursand qarab turgan yov asli boshqa edi. Nazrul Islomning aybi esa bor yo’g’i 
adolatsizlikka jim qarab tura olmagani, xalqini uygótishga harakat qilgani edi halos. 
Doston yakunida, olov qalb shoir zindonda vafot etadi. Asli vafot etish katta fojea 
emas, asl fojea bu ogohsizlik, e’tiborsizlik, o’z manfaati uchun bo’lgan qo’rquvdir. 
Necha ming-ming insonlar bu dunyodan shundayligicha o’tib ketganlar, ammo Nazrul 
Islomdek xalq dardida yonib-kuyib yashagan, adolat uchun, tinchlik uchun kurashgan 
insonlar ruhi hali hanuz tirik. Shu kabi ogoh ruhlar bor-ki, dunyo tinch, osmonimiz 
musaffo, adolat bizning asl yo’ldoshimizdir. Sevimli shoirimiz Erkin Vohidovning bu 
dostoni tinchlikka, adolat-u, ogohlikka chaqiruvchi go’zal asar bo’lib, asrlar davomida 
bizga mayoq bo’lib xizmat qiladi. 
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Erkin Vohidov “Tanlangan asarlar” to’plami- Toshkent 2019 
2. Safo Matchonov “Adabiyot” 2012 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
2069

Download 21.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling