Reja: Dunyo okeani va dengizlarning ekologik omillari. Dunyo okeani suvlari Dengiz o‘simlik va xayvonlari Tayanch iboralar
Download 449.88 Kb. Pdf ko'rish
|
Документ Microsoft Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyo dengizlari
Dunyo okeani va dengizlarning ekologik omillari va ularda yashovchi organizmlar Reja: 1. Dunyo okeani va dengizlarning ekologik omillari. 2. Dunyo okeani suvlari 3. Dengiz o‘simlik va xayvonlari Tayanch iboralar. Dunyo okeani va dengizlarning ekologik omillari Dunyo okeani suvlari Dengiz o‘simlik va xayvonlari Dunyo okeanining organizmlari Dunyo okeanining biologik tuzilishi qonunlari Dunyo okeani asosan 4 ta: Atlantik, SHimoliy muz, Tinch va Hind okeanlaridan tashkil topgan. Dunyo okeanining chet qismlari ayrpm dengizlar: Boltiq, Barens, Karsk, Ok, SHarqiy-Sibir, YApon va boshqalar bilan chegaralangan. Ayrim dengizlar (Qora, Azov, Qizil. Kaspiy, O‘rta) kuruklik bilan o‘ralgan ѐki kichik suv yo‘llari orqali Dunyo okeani bilan bog‘langandirlar. Dunyo okeanining o‘rtacha chuqurligi 3760 m, maksimal chuqurligi 11022-11024 m (Marian chuqur ligi). Dunyo okeanining suvlari o‘zgarishining chetlari bilan qit’alarning yassi tog‘dariga tegib astasekin chuqurlashib (200-500 metrgacha) boradi, keyinchalik kit’a ѐki kontinental kiyaliklar birdan chuqurlashib (3-4 ming m) okean lojasiga o‘tadi. Okean va dengizlarning bental qismi tubani i zonalardan tashkil topadi. Dunyo dengizlari-biosferani meyorlashtiruvchi eng muhim manbalaridan biri, shuningdek, ularda juda katta biologik va mineral boyliklar zahiralari mavjuddir. Dengiz va dar ѐѐlardagi suvning umumiy hajmi 1362200 ming km 3 . Dengizning atmosfYer a bilan o‘zaro ta’siri Yer dagi ob-xavo sharoiti va iqlimning shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Dengiz suvi turli minYer al moddalarga boy chuchuk suv olish manbai sifatida xizmat qiladi. Dunyo dengizi-juda katta miqdordagi osh tuzi zahira siga ega bo‘lib, unda 180 mingga yaqin organizm turlari kichik baktYer iyadan tortib, yirik kitlargacha panox topgan. Dengizda yashovchilarning biomassasi tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko‘ra 60 milliard tonna (quruqlikda yashovchilarning umumiy biomassasi taxminan 10 milliard tonna). Bugungi kunda inson oziq-ovqatidagi oqsillarning 10% yaqini dengizlardan olinadi. Ko‘pgina mamlakat axolisi uchun dengiz mahsulotlari asosiy taom hisoblanadi. Insoniyat ning bu “go‘sha” si “jaxon” “axlatxona”siga aylanib bormoqda. CHunki ummonga inson faoliyati oqibatida to‘planadigan chiqindilar tashlanmoqda. Kimѐviy sintez sanoati paydo bo‘lgunga qadar bu “tabiiy axlatxona”ga nima tashlansa, ularning barchasi biologik s iklga qo‘shilib, tarqab ketardi. Biroq insonning turli sun’iy moddalar ishlatishi tufayli, dengiz tabiiy muxitining buzilishi jarayoni, ifloslanishi va zaharlanishi toboro ortib bormoqda. Dunyodagi dengizlarning ifloslanishi ko‘plab mamlakatlar neft mahsulotlarini dengiz orqali tashishni keng yo‘lga qo‘yishi bilan ham bog‘liqdir. Suvning neft va uning mahsulot lari bilan ifloslanishi xayvonot va o‘simlik dunyosi uchun juda xatarlidir. Neft, mazut bilan qoplangan Atlantika okeani, O‘rta Yer dengizi, Fors ko‘rfazi va boshqa dengizlarda o‘n va hatto yuz minglab qushlar xalok bo‘ladi. To‘g‘ri, odamlar ularga ѐrdam bYer ishib, yuzlab qushlarni qutqarishga muvofiq bo‘lishadi, ammo minglab jonzotlar qirilib ketadi. Ilgarigi vaqtlarda iflos suvlar dengizga quyilsa, u dengiz muxitida Yer ib tozalanadi, degan tushuncha mavjud edi. Xaqiqatan, dengiz iflos suvlarni tozalash qobiliyatiga ega. Bu jarayonda dengiz organizmlari, masalan, mallyuskalarning har xil turlari katta rol o‘ynaydi. Ammo dengizning o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati ham cheksiz emas. Dengizni ifloslantira ѐtgan asosiy manba nimalardan iborat? Birinchidan, dengizga darѐ suvlari orqali sanoat va qishloq xo‘jaligi chiqindilari tashlanadi va shahar oqava suvlari quyiladi. Bu taxminan ifloslantiruvchilarning 40% tashkil etadi. 30% ifloslantiruvchilar dengiz transport vositalari ulushiga to‘g‘ri keladi. Bunda dizel ѐnilg‘isi chiqindilari, kemalarni yuvish, tozalash, ballistic quyilmalarni to‘kish va boshqalarni eslab o‘tish kifoyadir. Ayniqsa, neft va neft maxsultolari yuklangan tankYer larning xalokati, dengiz tubiga o‘rnatilgan neft quvurlari, suv osti atom kemasining ishdan chiqishi, dengizdan neft qazib olish katta zarar keltiradi. Hozirgi vaqtda Orol, Boltiq, Qora, YApon, Oq va boshqa dengizlarda juda murakkab ekologik xolat yuzaga kelgan. Bugungi kunda dengizlardagi ekologik xolatlarni yaxshilashning bir necha yo‘llari ma’lum: dengiz qirg‘oqlarida chiqindisiz ishlab chiqarishni tashkil etish, zaruriy miqdorda tozalash inshootlarini qurish, antropogen ta’sirlarni kamaytirish va boshqalar. Dunyo dengizlarining qirg‘oqlariga yaqin joylashgan sanoat ishlab chiqarish chiqindilari va unga quyiladigan dar ѐlar suvi bilan ifloslanishi ahvolni yanada qiyinlashtiradi. Ba’zi taraqqiy etgan mamlakatlar Dunyo dengizlarining tubiga atom ishlab chiqarishidan hosil bo‘lgan faolligi yuqori chiqindilarni ko‘madilar (AQSH, Angliya, GYer maniya). Xolbuki, dengiz tubidagi chuqurliklar ham seysmik jihatdan ishonchli emas, u joylarda konteynYer larning chirish-buzilishi ham extimoldan xoli emas. Nitsedagi Biologik markaz ma’lumotlariga ko‘ra, Atlantika okeanidan tutilgan baliqlardagiga qaraganda, O‘rta Yer dengizi baliqlarida simob miqdori uch marta ko‘p ekan. Jaxon Sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumoti bo‘yicha O‘rta Yer dengiziga har yili 12 million tonna organiq chiqindilar tashlanadi, u oqar suvlari orqali har yili 1 million tonna rux, 2,5 ming tonna turli radioaktiv moddalar bilan ifloslanadi.shuning uchun bu dengizning qator qirg‘oqlarida cho‘milish man etilgan va u Yer dagi hududlardan tutilgan baliqlar iste’mol uchun yaroqsizdir. Tokio, Jakarta ko‘rfazlari, YAvan dengizlarining taqdirlari ham achinarli xolatdadir. U Yer larda o‘simlik va xayvonot olamidan asar ham qolmagan. Dunyo miqѐsida darѐ, ko‘llar va suv havzalarining iflosla nishiga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Download 449.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling