Havoning namligi. Bug‘lanish yog‘inlar


Download 1.2 Mb.
bet1/9
Sana13.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1770491
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
20-MAVZU atmosferadagi suv bug\'i

Havoning namligi. Bug‘lanish yog‘inlar


OLIY MATEMATIKA, FIZIKA VA KIMYO
REJA
1.Atmosferadagi suv bug‘i.
2. Yog‘inlar. Qor qoplami.
3.Tomchilarning yiriklashuvi va yog‘inlarning vujudga kelishi. Yog‘in turlari.
Adabiyotlar [1],[2], [3], [4], [5]
1. Tevarak-atrofimizni o’rab turgan havoda har doim turlicha miqdorda suv bug‘i bo‘ladi. Ma’lumki, yer shari yuzasining 71 foizga yaqini okean va dengizlardan iborat. Ularning yuzasidan ko‘tarilgan suv bug‘larining ma’lum qismini shamol quruqlik ustiga ham olib keladi. Bundan tashqari daryolardan, ko‘llardan, quruqlik yuzasidan va o‘simliklardan ham suv bug‘i havoga ko‘tariladi.
Havodagi suv bug‘ining miqdoriga havo namligi deyiladi. Havodagi suv bug‘ining miqdori doimo o‘zgarib turadi. Havo qanchalik issiq bo’lsa, uning tarkibidagi suv bug‘i shuncha ko‘p bo‘ladi.
Havo namligi bevosita o‘simlik transpiratsiyasiga, haroratiga, changlanish sharoitlariga, yig’im-terim mashinalari ishining unumdorligiga va sifatiga ta’sir qiladi.
Shuningdek, havoning namligi tuproq sirtining bug‘lanish tezligiga va qurishiga ta’sir qiladi. Havo namligining kamayishi ekinlar hosildorligining pasayishiga olib keladi. Masalan, O’zbekistonning lalmikor dehkonchilik tumanlarida, ayniqsa, tekislik va do’ng tekislik zonalarida etishtirilgan g‘alla ekinlarining doni havoning nisbiy namligi 30% dan kam bo‘lganida puch bo‘lib qoladi va hosil keskin kamayadi. Havoning yuqori namligi ekinlarning gullash davrida changdonlarning ochilishiga shamol yordamida changlanishiga to’sqinlik qiladi, bunday sharoitda o‘simliklarning hashoratlar yordamida changlanishi ham qiyinlashadi,
Turli xil qishlok xo‘jalik ishlarini o‘tkazish, masalan, begona o‘tlarga qarshi kurash, don ekinlarini o‘rish, silos bostirish, omborxonalarni shamollatish, g‘allani quritish kabi turli ishlarni bajarish muddatini belgilash havoning namligi va haroratiga bog‘liq bo‘ladi.
Don ekinlarining pishishi davrida havoning ortiqcha namligi donning va ekin poyalarining bir tekisda ko’rishiga to’sqinlik qiladi, bu esa g‘alla o‘ruvchi mashinalarning ishlashini qiyinlashtiradi va ish sifatini pasaytiradi.
Havoning nisbiy namligi oshib ketsa, ekinlarda har xil kasalliklarning tarqalishiga va rivojlanishiga, masalan, kartoshka va pomidorning fitoftora, uzumning mild (soxta un-shudring), kungaboqarning oq chirishi, don ekinlarining turlicha zang kasalliklariga sabab bo‘ladi.
Issiqxona (teplitsa) ekinlarining o‘sishi va rivojlanishida ham havo nisbiy namligining ahamiyati katta. Ularda havo namligini sun’iy ravishda parvarish qilinayotgan ekin uchun optimal qiymatlarda boshqariladi.
Shunday qilib, ekinlardan yuqori hosil olishda xavoning va yana tuproq namligi katta ahamiyatga ega.
2. Atmosferadagi suv bug‘i miqdorini havo namligini harakterlovchi kattaliklar yordamida baholanadi. Havo namligi miqdor jihatdan quyidagi kattaliklar bilan harakterlanadi:
1.Suv bug‘ining parsial bosimi (elastkligi) e - deb, berilgan haroratda havo tarkibidagi suv bug‘ining faqat o‘zi, havo hajmiga teng hajmni egallaganda xosil bo’ladigan bosimiga aytiladi. Suv bug‘ining parsial bosimi gPa (gektopaskal) birlikda o‘lchanadi.
2.To’yingan suv bug‘ining bosimi E- berilgan haroratda suv bug‘ining mumkin bo‘lgan eng katta parsial bosimi (elastikligi)dan iborat va u ham gPa larda ifodalanadi.
Demak, mazkur haroratdagi suv bug‘ining maksimal elastikligiga to’yinish elastikligi E deyiladi va e = E da suv bug‘i to’yingan bo‘ladi.
3.Absolyut iamlik a-deb havoning xajm birligidagi suv bug‘ining massasiga aytiladi, va u g/m3 birlikda o‘lchanadi. Ba’zan havoning absolyut namligi deb 1 m3 havodagi suv bug‘ining zichligiga aytiladi.
Havoning absolyut namligi va suv bug‘ining parsial bosimi (elastikligi) orasidagi bog‘lanish quyidagicha ifodalanadi:
Bu erda:
e - millibar birlikda ifodalangan suv bug‘ining parsial bosimi (elastikligi);
t - havo harorati;

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling