Havoning namligi. Bug‘lanish yog‘inlar
XAVO NAMLIGINI ANIQLOVCHI QURULMALAR
Download 1.2 Mb.
|
20-MAVZU atmosferadagi suv bug\'i
- Bu sahifa navigatsiya:
- Havodagi suv bug‘ining miqdoriga havo namligi deyiladi.
XAVO NAMLIGINI ANIQLOVCHI QURULMALARHavo namligini ekspeditsiya sharoitida va ekinlar orasida aniqlashda aspiratsion psixrometrdan foydalanish qulay. Uning ishlash prinsipi ham xuddi stansion psixrometrniki kabi. Bu psixrometrda termometrlarning qabul qiluvchi qismlari yaqinida sun’iy ventilyatsiya yordamida o‘zgarmas tezlikdagi havo oqimi shamol (tezligi 2; m/s) hosil qilinadi. Aspiratsion psixrometr ikkita psixrometrik termometrlardan iborat bo‘lib, ular metall g’ilofga yonma-yon qilib joylashtiriladi. Havo namligini o‘lchashning sorbsion usuli gigroskopik jismlarning havo namligining o‘zgarishini sezishiga asoslangan. Gigrometrlarning ishlash prinsipi havoning nisbiy namligi o‘zgarganda yog’sizlantirilgan odam soch tolasi uzunligining o‘zgarishiga asoslangan. Gigrograf havoning nisbiy namligi o‘zgarishlarini uzluksiz yozib boradigan asbobdir. Sochli gigrografning kabul qiluvchi qismi yog‘sizlantirilgan odam sochlari tolasidan iborat bo‘lib, uning ikkala uchi ham ramaga mahkamlangan. Odam sochlari uzunligining o‘zgarishi richaglar sistemasi yordamida strelka va uning uchidagi perosiga uzatiladi. Gigrografning qolgan qismlarining tuzilishi termografnikiga o‘xshaydi. 4. Ma’lumki, butun Yer sirtining 70 foizcha qismini suv qoplagan. Atmosferada mavjud suv bug‘ining asosiy qismi okean va dengizlarning bug‘lanishidan hosil bo‘ladi. Кo‘llar, daryolar, suv havzalari, nam tuproq va o‘simliklarning bug‘lanishidan ham atmosferaga ancha miqdordagi suv bug‘i o‘tadi. Qor qoplami va muzliklarning bug‘lanishi juda kam darajada bo‘ladi. Bu misollardan ko‘rinadiki, bug‘lanuvchi sirt turiga qarab bug‘lanish har xil jadallikda o‘tadi. Bir joyning o‘zida ham bug‘lanish haroratga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi. Suv bug‘lanishida havoning suv sirtiga yondoshgan qatlamlarida eng ko‘p suv bug‘i bo‘ladi. Suv bug‘i atmosferaning yuqori qatlamlariga asosan havo bilan birgalikda issiqlik konveksiyasi, turbulent aralashish va molekulyar diffuziya jarayonlari bilan ko‘tariladi. Havodagi suv bug‘ining miqdori joyning fizik-geografik sharoitlariga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Bundan tashqari havodagi suv bug‘ining miqdori yil fasllariga, sutka vaqtiga va ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Shuning uchun ham havodagi suv bug‘ining miqdori ham o‘zgaruvchandir. Atmosferada uzluksiz ravishda bug‘lanishga teskari jarayon - suv bug‘ining havodan suvga, tuproqqa, o‘simlik, qor va muz qoplamlariga o‘tishi ham ro‘y berib turadi. Agar ajralib chiquvchi suv molekulalarining soni, qaytuvchi suv molekulalari sonidan oshiq bo‘lsa, natijaviy jarayon bug‘lanish bo‘ladi. Bug‘lanayotgan sirt ustidagi suv bug‘ining miqdori ortgan sari birlik yuzadan vaqt birligida ajralib chiqayotgan molekulalarning soni, qaytib tushayotgan molekulalar soniga teng bo‘lib qolishi mumkin, ya’ni bug‘lanayotgan muhit bilan uning ustidagi bug‘ orasida harakatli muvozanat vujudga keladi. Bunday holatdagi bug‘ni to‘yingan bug‘ deyiladi. Agar bug‘lanayotgan sirtdan uchib chiquvchi molekulalar soni, bug‘lanayotgan sirtga qaytib tushuvchi molekulalar sonidan kam bo‘lsa, natijaviy jarayon – suv bug‘ining kondensatsiyasi bo‘ladi. Suv bug‘i boshqa gazlar kabi bosimga ega. Suv bug‘ining parsial bosimini ko‘pincha suv bug‘ining elastikligi deb ham yuritiladi. Havodagi mavjud suv bug‘i-ning parsial bosimini e harfi bilan belgilanadi. Havoda suv bug‘lari ortsa suv bug‘i-ning parsial bosimi e ham ortadi. Suv bug‘ining parsial bosimi e ni hozirgi vaqtda gPa (gektopaskal) birlikda o‘lchanadi (2-bobdan 1 gPa = 1mb ekanligini eslang). Berilgan haroratda suv bug‘ining parsial bosimi (elastikligi) biror maksimal E qiymatgacha ortishi mumkin va uni bug‘ning shu haroratdagi maksimal elastikligi yoki to‘yingan bug‘ elastikligi deb yuritiladi. Demak, e Shunday qilib, havodagi suv bug‘ining berilgan haroratda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng katta parsial bosimini to‘yingan bug‘ bosimi deyiladi va E harfi bilan belgilanadi, to‘yingan bug‘ bosimi E ni ham gPa birlikda ifodalanadi. Havoning harorati qanchalik yuqori bo‘lsa, to‘yingan bug‘ bosimi ham kattalasha boradi. Masalan, harorat 0C bo‘lganda suvning tekis sirti ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi 6,1 gPa ga, 10C da esa 12,3 gPa ga, 20C da 23,4 gPa ga, 30C da 42,4 gPa ga teng bo‘ladi. Bu misollardan ko‘rinadiki, harorat oshgan sari havo tobora ko‘p suv bug‘ini saqlay oladi. Musbat haroratlarda distirlangan suvning tekis sirti ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi faqat haroratga bog‘liq. Manfiy haroratlarda esa u yana bug‘lanayotgan sirtning qanday (o‘ta sovigan suv yoki muz) holatda ekanligiga bog‘liq. Biror haroratda muz ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi, xuddi shu haroratdagi o‘ta sovigan suv ustidagi to‘yingan bug‘ bosimidan kichik. Masalan, harorat -5C bo‘lganda o‘ta sovigan suv ustidagi bug‘ bosimi 4,21 gPa, muz ustidagi bug‘ bosimi esa 4,01 gPa ga teng. Demak, suv ustidagi bug‘ning to‘yinishi, muz ustidagi to‘yinishga qaraganda ko‘proq bosimda boshlanadi. To‘yingan bug‘ bosimi harorat va bug‘lanayotgan sirtning qanday fazaviy holatda ekanligidan tashqari, bug‘lanayotgan sirtning egriligi turiga ham bog‘liq. Qavariq sirt, masalan tomchi ustidagi to‘yingan bug‘ bosimi, xuddi shu haroratdagi tekis sirt ustidagi to‘yingan bug‘ bosimidan katta Botiq sirt, masalan kapillyar naydagi suv sathi ustidagi bug‘ bosimi xuddi shu haroratdagi tekis sirt ustidagi to‘yingan bug‘ bosimidan kichik bo‘ladi. Ammo bu farqlar radiusi 10-4 sm dan kichik tomchilar ustida va tuproqdagi juda ingichka kapillyarlar ustida sezilarli bo‘ladi. 5. Havodagi suv bug‘ining miqdoriga havo namligi deyiladi. Havoning namligi suv bug‘ining parsial bosimi, to‘yingan bug‘ bosimi, absolyut namlik, havoning nisbiy namligi, to‘yinish yetishmovchiligi, shudring nuqtasi kabi kattaliklar bilan aniqlanadi. Endi ularning har birini qarab chiqamiz Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling