Havoning namligi. Bug‘lanish yog‘inlar


Suv bug‘ining parsial bosimi (elastikligi) e deb


Download 1.2 Mb.
bet4/9
Sana13.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1770491
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
20-MAVZU atmosferadagi suv bug\'i

1. Suv bug‘ining parsial bosimi (elastikligi) e deb – berilgan haroratda havo tarkibidagi suv bug‘ining faqat o‘zi, havo hajmiga teng hajmni egallaganida hosil qiladigan bosimiga aytiladi. Suv bug‘ining parsial bosimi oldin aytganimizdek gPa birlikda o‘lchanadi.
2. To‘yingan suv bug‘ining bosimi E – berilgan haroratda suv bug‘ining mumkin bo‘lgan eng katta parsial bosimi (elastikligi) dan iborat va u ham gPa birlikda ifodalanadi.
3. Absolyut namlik  deb – havoning hajm birligidagi suv bug‘ining massasiga aytiladi. Havoning absolyut namligi g/m3 birlikda ifodalanadi.
Absolyut namlik  bilan suv bug‘ining parsial bosimi e orasida quyidagicha munosabat mavjud:
bu yerda: e – gPa birlikda ifodalangan suv bug‘ining parsial bosimi, T – absolyut harorat.
Masalan, 0C (yoki 273 К) haroratda to‘yinish holatida absolyut namlik α = 4,9 g/m3 ga teng.
4. Havoning nisbiy namligi f deb – mazkur haroratdagi suv bug‘i parsial bosimi e ning xuddi shu haroratdagi to‘yingan bug‘ bosimi E ga nisbatiga aytiladi va foiz hisobida quyidagicha ifodalanadi:
Quruq havoda e = 0 bo‘lganidan f= 0 ga teng, agar e = E bo‘lsa f= 100 % bo‘ladi. Demak, havo suv bug‘iga to‘yinganida nisbiy namligi 100 foizga tenglashadi.
Shunday qilib, nisbiy namlik havoning suv bug‘iga to‘yinishiga qanchalik uzoq-yaqinligini tavsiflaydigan kattalikdir.
5. To‘yinish yetishmovchiligi d – berilgan haroratdagi to‘yingan bug‘ bosimi E bilan, havo tarkibidagi mavjud suv bug‘i parsial bosimi e ning ayirmasiga teng:
To‘yinish yetishmovchiligi d ni ham gPa birlikda ifodalanadi.
To‘yinish yetishmovchiligi havoning berilgan haroratda suv bug‘iga to‘yinishi uchun mavjud bug‘ miqdoriga yana qancha bug‘ kerakligini bildiradi. Nisbiy namlik oshgan sari to‘yinish yetishmovchiligi kamaya boradi, f= 100% bo‘lganda esa to‘yinish yetishmovchiligi nolga teng bo‘ladi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling