Havoning namligi. Bug‘lanish yog‘inlar
Download 1.2 Mb.
|
20-MAVZU atmosferadagi suv bug\'i
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Shudring nuqtasi td
e va E ning ta’riflaridan ko‘rinadiki, e havodagi suv bug‘ining miqdoriga, E esa havo haroratiga bog‘liq. Shuning uchun to‘yinish yetishmovchiligi havoning harorat va namlik sharoitini ifodalaydigan kattalikdir. Bu esa namlik yetishmovchiligini qish-loq xo‘jalik ekinlarining o‘sish sharoitini baholashda foydalanish imkonini beradi.
6. Shudring nuqtasi td deb havodagi mavjud suv bug‘ining to‘yinish xolatiga o‘tish haroratini aytiladi. Nisbiy namlik f = 100 % bo‘lganida havo harorati shudring nuqtasi bilan mos tushadi. Jadval bo‘yicha to‘yingan bug‘ bosimi 12,3 gPa bo‘lsa, mazkur vaqtda havoning harorati qandayligiga qaramasdan shudring nuqtasi 10C ga teng bo‘ladi, chunki shu haroratda to‘yingan suv bug‘i 12,3 gPa bosim beradi. Demak, shudring nuqtasini aniqlash uchun suv bug‘ining parsial bosimi e ni bilish kerak. U holda to‘yingan bug‘ bosimi jadvaliga qarab, e ning qiymati bo‘yicha, uning to‘yingan bug‘ga aylanishi haroratini aniqlash lozim, xolos. 6. Atmosferaning yerga tutashgan qatlamida suv bug‘i parsial bosimininng sutkalik o‘zgarishi ancha aniq ko‘rinishga ega. Okeanlar, dengizlar va qirg‘oqlar ustidagi suv bug‘i parsial bosimining o‘zgarishlari suv hamda havo haroratlarining sutkalik o‘z-garishiga o‘xshaydi. Uning minimal qiymatlari quyosh chiqishi oldidan va maksimal qiymatlari soat 14-15 larda kuzatiladi. Quyosh chiqishi oldidan faol sirtlarning harorati eng past va bug‘lanishi kam. Shuning uchun havodagi suv bug‘i ham oz bo‘ladi. Yilning sovuq vaqtlarida quruqlik ustidagi suv bug‘i parsial bosimining o‘zgarishi yuqoridagiga o‘xshaydi. Yoz vaqtida, ayniqsa issiq kunlarda quruqlik ustidagi yerga tutashgan havo qatlamida parsial bosimning sutkalik o‘zgarishida ikkita minimum: kechasi va tushki soatlarda, hamda ikkita maksimum: ertalab va kechqurun kuzatiladi. Suv bug‘i parsial bosimining yillik o‘zgarishi quruqlik va okean ustidagi havo haroratining yillik o‘zgarishi bilan mos keladi. Shimoliy yarimsharda parsial bosim-ning maksimal qiymati iyul oyida, minimal qiymati esa yanvar oyida kuzatiladi. O‘zbekiston hududida suv bug‘i parsial bosimining taqsimlanishi quyidagicha bo‘ladi: qishda (yanvarda) respublika tekisliklarining shimoliy qismida e ning qiymatlari 3-4 gPa, janubiy qismida 5-6 gPa teng. Ammo tog‘li qismida haroratning pastligi sababli e miqdori 1-2 gPa dan kam. Yozda suv bug‘ining parsial bosimining o‘rtacha miqdori qishga nisbatan ko‘p bo‘lib, Orol dengizi bo‘yida, Quyi Amudaryoda 19-25 gPa ga yetsa, Qizilqumda 9-10 gPa ni tashkil qiladi. Demak, yozda e ning taqsimlanishi haroratdan tashqari yana sug‘oriladigan yerlar, suv havzalari (daryo, kanal, suv omborlari, ko‘llar)ning mavjudligiga ham bog‘liq. Suv bug‘i parsial bosimining sutkalik amplitudasi qishda 0,3-0,7 gPa ni, yozda esa 1,0-5,0 gPa ni tashkil qiladi. Suv bug‘i parsial bosimining yer sirtidagi eng kam qiymatlari qishda Antarktika va Yakutiyada uchrab, e ning qiymatlari gektopaskalning yuzlik ulushlariga teng bo‘ladi, ekvatorda esa e ning eng katta qiymati 35 gPa gacha yetadi. Havo qanchalik issiq bo‘lsa, u shunchalik ko‘p bug‘ni to‘yinmagan holda saqlashi mumkin va bug‘ning parsial bosimi ham kattalasha boradi. Ammo e ning qiymatlari suv bug‘ining atmosferaga o‘tishi imkoniyatlariga ham bog‘liq. Masalan, cho‘llarda harorat yuqori bo‘lsa ham suv bug‘ining parsial bosimi juda kam, chunki quruq yerning bug‘lanishi juda kamligidan atmosferaga ham oz bug‘ miqdori qo‘shiladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling