Havoning namligi. Bug‘lanish yog‘inlar
Havo nisbiy namligining sutkalik o‘zgarishining
Download 1.2 Mb.
|
20-MAVZU atmosferadagi suv bug\'i
Havo nisbiy namligining sutkalik o‘zgarishining borishi havo haroratining sutkalik o‘zgarishiga teskari ravishda ro‘y beradi. Buni quyidagicha tushuntiriladi.
Nisbiy namlik f ning sutkalik o‘zgarishi e va E larning sutkalik o‘zgarishiga bog‘liq. Suv bug‘i parsial bosimi e ning sutkalik o‘zgarish amplitudasi unchalik katta emas. Кunduzi bug‘lanish kuchayib atmosferada bug‘ miqdorining ortish tezligiga qaraganda to‘yingan bug‘ bosimi tezroq ortadi. Demak, e ga nisbatan E tezroq ortadi. Shuning uchun e/E nisbat havo harorati oshgan sari kamaya boradi va sutkalik minimum soat 14-15 larga to‘g‘ri keladi. Nisbiy namlikning sutkalik maksimumi esa kechasi yoki quyosh chiqishi oldidan kuzatiladi. Nisbiy namlik sutkalik o‘zgarishining bunday me’yorda o‘tishi dengiz qir-g‘oqlarida briz shamolining ta’sirida buziladi. Chunki tushki paytlarda briz shamoli qirg‘oqqa ko‘plab suv bug‘ini olib keladi, natijada e ning qiymati ortishi natijasida f ham ortadi (normal sutkalik o‘zgarishda esa f tushki paytda kamayishi kerak). Nisbiy namlikning yillik o‘zgarishida maksimal qiymati qishda, minimal qiymati esa yozda kuzatiladi. O‘zbekiston hududida havoning nisbiy namligi yil davomida o‘zgarib boradi: yoz oylarida kamayib, qishda esa haroratning pastligi va yog‘ingarchilikning ko‘pligi sababli ortadi. Tekisliklarda va tog‘ oldi rayonlarda yanvar oyida havoning o‘rtacha oylik nisbiy namligi 70-80% atrofida (Termizda 79%, Toshkentda 71%) bo‘ladi. Tog‘li joylarda havoning nisbiy namligi ancha kam. Masalan, Chimyonda 59%, Shoximardonda 55%. O‘zbekistonda yozda (iyulda) haroratning yuqoriligi va yog‘inlarning deyarli bo‘lmasligi sababli havoning o‘rtacha oylik nisbiy namligi Qizilqumda, Qarshi va Sherobod cho‘llarida eng kam bo‘lib, 30-35 % ni tashkil etadi. Qolgan qismlarida esa o‘rtacha nisbiy namlik 40-50 % atrofida (Andijonda 46 %, Chimyonda 48 %) o‘zgaradi. Toshkent shahrida yanvarda o‘rtacha oylik nisbiy namlikning sutkalik o‘zgarishida maksimum 77 % mahalliy vaqt bilan soat 22 atrofida, minimum 58 % esa soat 13 larda kuzatiladi. Toshkent shahrida iyul oyida o‘rtacha nisbiy namlikning sutkalik o‘z-garishida maksimum 57 % soat 04 larda, minimum 23 % esa soat 13-16 larda kuzatiladi. Havoning nisbiy namligi 30 % va undan kam bo‘lgan kunlarni qurg‘oqchil kunlar deb yuritiladi. Uni bilish qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida amaliy ahamiyatga ega. Bunday kunlar respublikamiz tekislik qismida yil bo‘yi o‘rta hisobda 100-200 kunni, janubda Sherobodda esa 200 kundan ham oshiq. To‘yinish yetishmovchiligining o‘zgarishida maksimum tushki paytdan keyin, minimum esa ertalab quyosh chiqishi oldidan kuzatiladi. Masalan, Chimboyda yanvarda o‘rtacha oylik to‘yinish yetishmovchiligining sutkalik o‘zgarishida maksimum 1,9 gPa soat 1600 da, minimum esa 0,6 gPa soat 04-07 larda kuzatiladi. Chimboyda iyulda o‘rtacha oylik to‘yinish yetishmovchiligining sutkalik o‘zgarishida maksimum 37,2 gPa mahalliy vaqt bilan soat 16 da, minimum esa ertalab soat 04 da kuzatiladi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling