Havoning namligi. Bug‘lanish yog‘inlar


Download 1.2 Mb.
bet2/9
Sana13.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1770491
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
20-MAVZU atmosferadagi suv bug\'i

a - havoning issiqlikdan xajmiy kengayish koeffitsient;
4.Havoning nisbiy namligi f deb mazkur haroratdagi suv bug‘i parsial bosimi (elastikligi) e ning, shu haroratdagi to’yingan bug‘ bosimi (elastikligi) E ga nisbatiga aytiladi va foiz hisobida quyidagicha ifodalanadi
Havoning nisbiy namligini ba’zan mazkur haroratdagi suv bug‘i zichligi ρ ning, shu haroratdagi to‘yingan suv bug‘i zichligi ρ0 ga nisbati tarzida ham aniqlanadi. Bunda ikkala usulda ham foizlarda ifodalangan nisbiy namlik bir xil qiymatga ega bo‘ladi.
5.Namlik defitsita (etishmovchiligi) d- mazkur haroratdagi tuyingan suv bug‘i elastikligi E bilan, havo tarkibidagi mavjud suv bug‘i elastikligi e ning ayirmasiga teng:
d = E-e
Namlik defitsiti suv bug‘i elastikligi kabi mb va mm sim. ust. birliklarda o‘lchanadi. Havoning nisbiy namligi oshsa, namlik defitsiti kamayadi va f= 100 % da nolga teng bo‘ladi.
6. Havodagi suv bug‘ining to’yinish holatiga o’tish haroratini shudring nuqtasi deyiladi. Nisbiy namlik f= 100 % bo‘lgandagi havo harorati shudring nuqtasiga teng bo‘ladi.
Endi suv bug‘ining partsial bosimi va nisbiy namlikning sutkalik va yillik o‘zgarishlarining borishiga doir ma’lumotlarga to‘xtalamiz.
Okeanlar, dengizlar va qirg‘oqlar ustidagi suv bug‘ining partsial bosimining o‘zgarishi suv va havo haroratining sutkalik o‘zgarishiga o’xshaydi. Uning maksimal (eng katta) qiymati soat 14-15 larda, minimal (eng kam) qiymati esa quyosh chiqishidan oldin kuzatiladi.
Yоz vaqtida, ayniqsa issiq kunlarda quruqlik ustidagi partsial bosimning sutkalik o‘zgarishida ikkita minimum: kechasi va tushki paytlarda, hamda ikkita maksimum: ertalab va kechqurun kuzatiladi.
Suv bug‘i partsial bosimining yillik o‘zgarishi quruqlik va okean ustidagi havo haroratining yillik o‘zgarishi bilan mos keladi. Shimoliy yarim sharda partsial bosimning maksimal qiymati iyul oyida, minimal qiymati esa yanvar oyida kuzatiladi.
Nisbiy namlikning sutkalik o‘zgarishi havo haroratining o‘zgarishiga teskari ravishda ro’y beradi. Nisbiy namlikning sutkalik o‘zgarishida maksimal qiymati kechasi yoki erta tong vaqtida kuzatiladi, minimal qiymati esa soat 14-15 larga to’g’ri keladi.
Nisbiy namlikning yillik o‘zgarishida maksimal qiymati qishda, minimal qiymati yozda kuzatiladi.
Namlik yetishmovchiligining o‘zgarishi havo haroratining o’zga-rishiga bevosita bogliq.
Namlik yetishmovchiligi soat 14-15 larda maksimal, quyosh chiqishi oldidan esa minimal qiymatiga ega bo‘ladi.
Yillik o‘zgarishda suv bug‘ining to’yinish yetishmasligi eng issiq oyda maksimum, eng sovuq oyda esa minimum bo‘ladi.
3. Hozirgi vaqtda havo namligini o‘lchash uchun psixrometrik va sorbsion usullar eng ko‘p qo’llaniladi.
Birinchi usulning nomi yunoncha «psixros» - sovitish, sovuq so’zidan kelib chiqqan va havo namligini o‘lchash uchun termometrlardan birini sovitish kerakligini bildiradi. Havo namligini aniqlash uchun eng ko‘p tarqalgan asboblar stansion va aspiratsion psixrometrlarning ishlashi shu usulga asoslangan. Stansion psixrometr meteorologik maydonchadagi psixrometrik budkada mahsus shtativga vertikal holatda bir-biriga yaqin joylashtirilgan ikkita bir xil psixrometrik termometrdan tashkil topgan.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling