Havoning namligi. Bug‘lanish yog‘inlar
Moddaning suyuq holatdan gazsimon holatga o‘tish jarayoniga bug‘lanish deyiladi
Download 1.2 Mb.
|
20-MAVZU atmosferadagi suv bug\'i
7. Moddaning suyuq holatdan gazsimon holatga o‘tish jarayoniga bug‘lanish deyiladi. Meteorologiyada asosan suvning bug‘lanishi haqida so‘z boradi. Yil davomida Dunyo okeani yuzasidan 450·1012 t (tonna) suv bug‘lanadi, quruqlikdan esa bir yilda 70·1012 t suv bug‘lanadi. Shuncha suvni bug‘lantirish uchun zarur energiyani suv quyosh radiatsiyasini yutishdan oladi.
Bug‘lanish miqdor jihatdan bug‘lanish tezligi bilan tavsiflanadi. Amaliy maqsadlar uchun bug‘lanish tezligini vaqt birligida bug‘langan suyuqlik qalinligi (mm larda) bilan ifodalanadi. 1 m2 yuzadan vaqt birligida bug‘langan 1 mm qalinlikdagi suv massasi 1 kg ga teng. Tabiiy sharoitda bug‘lanish tezligi ko‘p omillarga bog‘liq. Ularning orasidan asosiylari bo‘lib bug‘lanayotgan sirtning harorati, havo-ning suv bug‘iga to‘yinish yetishmovchiligi va shamol tezligi hisoblanadi. Dalton qonuniga muvofiq bug‘lanish tezligi W bug‘lanayotgan suyuqlik haroratida hisoblangan to‘yingan bug‘ bosimi E1 bilan havodagi mavjud suv bug‘ining parsial bosimi e ning ayirmasiga to‘g‘ri mutanosib va atmosfera bosimi p ga teskari mutanosibdir, ya’ni bu yerda: A - xususiy holda shamol tezligiga bog‘liq mutanosiblik koeffitsiyenti. Yuqoridagi tinch (harakatsiz) havo uchun chiqarilgan (6.2) formuladan ko‘rinadiki, E1 - e ayirma ortishi bilan bug‘lanish tezligi ham kuchayadi. Dalton qonuniga asosan bug‘lanish tezligi atmosfera bosimiga teskari mutanosib ravishda o‘zgaradi. Atmosfera bosimi oshganda molekulalarning suv yuzasidan ajralib chiqishi qiyinlashadi. Natijada bug‘lanish tezligi kamayadi. Atmosfera bosimi kamayganda esa bug‘lanish tezligi ortadi. Yer sirtida atmosfera bosimining o‘zgarishi kam, shu sababli atmosfera bosimining bug‘lanish tezligiga ta’siri juda kam. Tog‘lardagi turli balandliklarda bug‘lanish tezliklarini hisoblashda atmosfera bosimining o‘zgarishini bilish ahamiyatga ega. Bug‘lanish tezligi bug‘lanayotgan sirt ustida esayotgan shamol tezligiga bog‘liq. Agar shamol tezligi katta bo‘lsa, suv tez bug‘lanadi va aksincha, shamol tezligi kichik bo‘lsa, bug‘lanish sekin boradi. Bug‘lanish tezligi suyuqlik harorati ortishi bilan kuchayadi. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling