Erkin Vohidov."So‘z latofati". I bosqich


Download 12.9 Kb.
Sana03.02.2023
Hajmi12.9 Kb.
#1155688
Bog'liq
mustaqil ta‘lim


"SO‘Z LATOFATI"



  • Olamni oxirigacha anglab bo’lmagandek ,so’zning ham tubiga yetish imkonsizdir.Biz ko’zlamoq,ko’zikmoq,ko’zguning ko’zdan kelib chiqishini bilamiz,lekin ko’z nima sababdan ko’z deyilganini,nega uni birov ayn ,birov chashm,birov glaz,birov ay deb atashini bilmaymiz.Nega toshni bizning ajdod tosh degan,boshqalar xajar,sang,kamen,stoun,shtayn ataganlar,bu yuzlab nomlar qayerdan kelgan,bilolmaymiz.Biz faqat farazlar qilamiz,asil haqiqat esa sirlar ummoni tubida yotibdi.Lekin baribir tinchimas idrok egasi bo’lgan odamzod g’avvos bo’lib bu ummon ostini kezadi,kashfiyotlar qiladi va kashfiyotlari ham cheksizdir.

  • Tilimizda zimiston degan so’z bor.Bog’iston,guliston so’zlari kabi chiroyli,yorug’ kalima.Lekin negadir zulmatni bildiradi.U aslida tiniq va oppoq so’z.Fors va rus tillari qarindosh bo’lganidek,zimiston ruscha zima so’zi bilan egizak.Qish kechasining uzun va qorong’iligi uchun zulmatli tun zimiston qorong’isi deyilgan,ya’ni qish qorong’isi.Lekin biz gapni qisqa qilishga ustamiz-ku.Zimiston qorong’isi ham qisqa qilib zimiston deya qoldik.Tilshunos olimlarimiz baraka

  • topsinlar,xaloyiqning aytgani bo’la qolsin,deb,lug’atlarda zimistonga qop-qorong’I kecha deya izoh berdilar.Xato qonuniy tus oldi.

  • Bir tomchi shabnamdek mo’jaz va tiniq elchi degan sof o’zbekcha turkiy so’zda qancha hikmat bor!

Erkin Vohidov."So‘z latofati".

I bosqich.
1-topshiriq.Matn mazmuni bilan tanishing.
2-topshiriq.Matn orqali muallif qanday g’oyani ilgari surganligini tushuntirushga harakat qiling.Ushbu matndagi fikrlarni ng fanimiz uchun ahamiyatini va muhim jihatlarini aniqlang.
3-topshiriq.Matnda berilgan so’z variantlarini faoliyatingiz davomida uchratganmisiz?


II bosqich.
1-topshiriq.Matndagi <>, <>, <>,
<>, <> va <> so‘z birikmalarini
1)tarkibi va tuzilishi;
2)tobe a‘zosi;
3)hokim a‘zosi;
4)ma‘noviy xususiyati;
5)lisoniy sintaktik qurilishiga ko‘ra tahlil qiling.


2-topshiriq.Ushbu birikmalarni o‘xshash va farqli jihatlarini izohlang.Matnda necha xil SBLSQining hosilalari voqelanishganligi va so‘z birikmasining qamday ma‘noviy turlari yuzaga chiqqanligini aniqlang.


3-topshiriq.Matnda olgan tushunchalaringizni xulosalang va ijodiy matn tuzing.
Keys.


"Ishning ko‘zini biladigan kishilar","iste‘dodli me‘mor","dard ustiga chipqon bo‘lmoq","guvullab uhayotgan bo‘ron","ketayotganlardan xabardor bo‘lmoq","hayotning chigalligi","yo‘lda davom etmoq",biqiniga xanjar tiqmoq",hordiq olgan aravakash",sovigan qumlar","qiynalmay nafas olmoq",kaftlarini ishqalamoq","qolib ketayotgam og‘li",muhtasham imorat","terlab-pishib borayotgan ot","otdan sakrab tushmoq","jimirlab oqayrgan",omon-eson yetib bormoq" ushbu so‘z birikmalarini sintaktik birliklarga ajratib jadvalga joylashtiring.


Mirmuhsin."Me‘mor"romani
Sintaktik birliklar



Otli so‘z birikmalari

Fe‘lli so‘z birikmalari



















































Download 12.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling