Eron aqsh bilan nizo fonida Iroqqa raketa va harbiylarini joylashtirdi Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Islom inqilobi muhofizlari korpusi yaqin haftalarda mintaqadagi nishonlarga zarbalar berishi mumkin


Yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilandi


Download 1.13 Mb.
bet7/8
Sana02.01.2022
Hajmi1.13 Mb.
#191405
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
jahon yangiliklari

Yolg‘on axborot tarqatganlik uchun javobgarlik belgilandi

O‘zbekiston Respublikasining ayrim kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uni obro‘sizlantirishga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internet tarmog‘ida tarqatish bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Agar tarqatilgan yolg‘on axborot jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid solsa uni tarqatgan shaxs bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha (22 mln 300 ming so‘m) jarimaga tortilishi mumkin.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, yolg‘on axborot tarqatganlik uchun ma'muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ushbu huquqbuzarlikka takroran yo‘l qo‘ysa, bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravarigacha (89 mln 200 ming so‘m) miqdorda jarimaga tortilishi yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash jazosi bilan jazolanishi mumkin.


Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling