Eron islom respublikasi


Download 38.88 Kb.
bet2/10
Sana05.05.2023
Hajmi38.88 Kb.
#1431143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ERON ISLOM RESPUBLIKASI (Xpdjayev S)

Tarixi. Forslar dastlab m.a.IXasrlarga oid Ossuriya manbalarida tilga olinadi. M.a.556-550-yillarda Buyuk KirII qadimgi dunyoda buyuk imperiyani yaratgan fors podsholari sulolasiga asos soldi.DoroI(M.a.522-486-yillarda) davrida imperiya o‘zining rivojlanish cho‘qqisiga ko‘tarildi. Imperiya hududi Hindistondan O‘rta dengizgacha kengaydi. Misr, Kichik Osiyo va Frakiya yerlari imperiya tarkibiga kiritildi. M.a. V asr oxirlarida forslarning ekspansiyasi greklar tomonidan to‘xtatildi. M.a. 330-yilda Fors imperiyasi Aleksandr Makedonskiy qo‘shinlari tomonidan zabt etildi. M.a. 224-yilda mamlakatni to‘rt asr davomida idora qilgan sosoniylar sulolasi hokimiyat tepasiga keldi. Fors imperiyasi VI asr oxirlarida va VII asr boshlarida rivojlanishning eng yuqori darajasiga ko‘tarildi.
Arablar bosqini imperiyani zaiflashtirdi, islom dini kiritildi. XI asrda mamlakat saljuqiy turklar tomonidan zabt etilgandan so‘ng islom-fors sivilizatsiyasi inqirozga uchradi. 1221-1222-yillarda Chingizxon, XIV asrda Amir Temur tomonidan bosib olindi. XVI asr boshlarida mamlakat yana forslar-saffaviylar sulolasi tomonidan boshqarildi.XVIII-XIX asrlarda bu hududlar o‘z ta’sir doiralariga ega bo‘lish uchun intilgan Rossiya va Buyuk Brutaniyaga qarshi kurashishga to‘g‘ri kelgan bir qancha fors sulolalari almashdi. 1925-yilda hokimiyatga kelgan pahlaviylar sulolasi mamlakatni 1979-yilgacha shoh Muhammad Rizo Pahlaviy hukumatga qarshi chiqishlar natijasida taxtdan ag‘darilganiga qadar idora qildi. 1934-yildan boshlab mamlakat Eron deb nomlana boshlandi. 1980-yilda Eron Islom Respubliasi deb e’lon qilindi.


Davlat tuzumi va siyosiy partiyalari. Boshqaruv shakli: teokratik respublika. Poytaxti – Tehron. Ma’muriy tuzilishi: 30ta ostondan iborat. Mus­taqillik kuni 1979-yil 1-aprel (shu kunda Eron Islom Respublikasi deb e’lon qilingan). Milliy bayrami: 1-aprel Respublika kuni (1979-yil). Amaladagi konstitusiyasi 1979-yil qabul qilingan bo‘lib, 1989-yili unga o‘zgartirish kiritilgan. Unga ko‘ra Bosh vazir lavozimi yoqotilib, uni vakolatlari prezi­dentga berildi. Ijro hokimiyati: davlat rahbari: Oliy rahbar Oyatulloh Ali Husayni-Xumayni (1989-yil 4-iyundan). Isolm Inqilobi yetakchisi (oliy rahbar) Ruhoniylar Kengashi tomonidan umrbod muddatga tayinlanadi.
Prezident xalq tomonidan 4 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hoki­miyati - bir palatali parlament – Islom qo‘mitasi Kengashi (majlis). Eron Islom Respublikasi (EIR) Konstitutsiyasiga ko‘ra Eronda noislomiy siyosiy partiya va tashkiloylar faoliyati taqiqlanadi. Shunga qaramasdan mamlakatda bir qator oppozitsion partiyalar: Eron Kurdistoni demokratik partiyasi (EKDR), Eron xalq partiyasi (EXR) va boshqalar faoliyat ko‘rsatadi.

Download 38.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling