Eron islom respublikasi


Download 19.55 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi19.55 Kb.
#1504858
1   2   3
Bog'liq
50-амалий Форс тили ўзбек

Qisqartirilgan infinitiv مصدر مرخم masdare mo‘raxxam
Fors tilida fe’lning infinitiv shaklidan tashqari مصدر مرخم masdare mo‘raxxam deb ataluvchi qisqartirilgan infinitiv shakli ham mavjuddir.
Qisqartirilgan infinitiv fe’lning to‘la shaklidan ن – an qismini olib tashlash orqali hosil qilinadi. Qisqartirilgan infinitiv shakl jihatdan o‘tgan zamon fe’l negiziga mos keladi.
Infinitiv Qisqartirilgan infinitiy
رفتنraftan رفت raft
خواندن xondan خواند xond
نوشتن naveshtan نوشت navesht
Qisqartirilgan infinitiv gapda mustaqil ravishda ishlatilmaydi. U ma’lum fe’l shakllari bilan birikib, shaxssiz gaplar va aniq kelasi zamon fe’li hosil qilishda qo‘llaniladi.
Shaxssiz gaplar
Shaxssiz gaplarda ega grammatik jihatdan ifoda etilmaydi.
Fors tilida shaxssiz gaplarning kesimi می شود mishavad ( bo‘ladi ), نمی شود namishavad ( bo‘lmaydi ), می توان mitavon ( bo‘ladi ), نمی توان namitavon (bo‘lmaydi ), باید boyad ( kerak ), نباید naboyad ( kerak emas ) so‘zlarini qisqartirilgan infinitiv shaklidagi fe’l bilan birikuvi orqali ifodalanadi.
می شود رفتmishavad raft borish mumkin, می توان رفت mitavon raft- borish mumkin, نمی شود رفتnamishavad raft- borib bo‘lmaydi, نمی توان رفت namitvon raft- borib bo‘lmaydi,باید رفت boyad raft- borish kerak,نباید رفت naboyad raft- borish kerak emas.
قدیم ترین نسخ خطی آثار علیشیر نوایی را می توان در انستیتوی خاورشناسی مطالعه کرد.qadimtarin no‘saxe xattiye osore alisher navoyiro mitavon dar anstituye xovarshenosi mo‘tole’e kard – Alisher Navoiyning eng qadimgi qo‘lyozmalarini Sharqshunoslik institutida mutolaa qilish mumkin.
1-topshiriq. Matnni o‘qib tarjima qiling va undagi shaxssiz gaplarni aniqlang.
2-topshiriq. Quyidagi maqollarni ko‘chirib yozing, ularni yod oling va ulardagi shaxssiz gaplarnig yasalishini aytib bering.
1) سگ را به روز به شکار نتوان برد.
2) زنده را می توان کشت، کشته را زنده نتوان کرد.
3) از نردبان پله پله بالا باید رفت.
4) آفتاب را با دو انگشت نمی توان پنهان کرد.
5) کشته را با زر و زور زنده نتوان کرد.
6) به صبر از غوره حلوا می توان ساخت.
7) با یک دست دو هندوانه نمی توان بر داشت.
8) آتش را با آتش نمی توان خاموش کرد.
9) تا نهال تر است باید راست کرد.
10) تا صلح توان کرد در جنگ مکوب.

Download 19.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling